Yashash joyim modda ichi.
Biz tufayli sodir bo`lar.
Siz ham bizdek inoq bo`ling.
Birligim - chi grammdir.
Tarozini qo`liga olib quyidagi she`rni o`qidi.
Shaydir har doim.
Mag`rur bo`lishga haqman
Mensiz tiriklik bo`lmas
Oksidlaru asoslar
Men bilan olar nafas.
Atom nomli makonim bor,
Manfiy nomli zaryadim bor
Dono zukko o`quvchiga
Aytadigan so`zlarim bor.
Mening massam juda kichik
Shu boisdan turmayman tinch
Yadrojonning atrofida
Aylanaman parvonadek
7. Ampermetr
Vazifam tok kuchini o`lchashdandir iborat.
Peshonamda A harfi yoziladi hamma vaqt
Qisqichlarim orqali ketma - ket ulanaman
Manbadan o`ng so`lda ham bir xil qiymat beraman.
Voltmetr
Kuchlanishni hech kim
Menday o`lchay olmas
Kuchlanishni o`lchamasdan
Hech kim fikr qila olmas
Peshonamda V harfi bor
Shunga ko`ra tanir hamma
Parallel ulanishim
Kechiktirmay bilsin hamma.
Tinmay g`ir - g`ir aylanib
Elektr energiya sarfiga termulaman,
Kilovatt - soatlar bo`lib
Elektr tokining bajargan ishini o`lchayman.
Do`stlarim mening nomimni .
Reostatjon deydilar.
Tok kuchini rostlashga
Doim tayyor deydilar.
Mening turim juda ko`p
Pog`onali jilgichli
Jilgichini sur o`nga
So`ngra surgin chap tomon
Tok kuchi o`zgarganin
Bilib olasan shu on.
Lampochka
Bir narsa bor, xo`p qiziq.
Nur sochsa bo`lar issiq.
Na pilik bor, na moyi
Uyning o`rtasi joyi
Yonsa yo`qdir tutuni
Hamma sevadi uni
U egadir zo`r kuchga
Uning nomi ... (lampochka)
Magnit
Mehrlidir tortar o`ziga
Barcha metall buyumlarni
Yo itarar yo tortar biroq
Ular doim bir – birlarini
Hamkorlik darslari.
Hamkorlik darslarini tashkil etish Fizika informatika. Fizika fanidan tayyor o’quv dasturlari ham mavjud. Masalan: "Diffuziya. Broun harakati". Bu dasturdan 6 va 9 sinflarda dars berishda foydalanish mumkin. (Ilova konspekt). Fizika fanidan "RNISKLASS" nomli o’quv - ta'limiy o’yin tarzidagi dastur mavjud. Bu dastur 1993 y mart oyida Moskvada Shitov Yu.A tomonidan tuzilgan. (Ilova yo’riqnoma). Bu dasturlardan foydalanib fizika - matematika hamkorlik darslarini tashkil etish mumkin. (Vektorlar ustida amallar" mavzusini o’tishda).Fizika fanidan quyidagi elektron darsliklar mavjud.
1.Multimediya darslik.
2.Mexanika bo’limidan kompyuterlashgan laboratoriya ishlari.
3.Optika bo’limidan vizual laboratoriya ishlari.
4.Elektronika asoslari.
5.Elektr sig’imi.
6. Elektrotexnika.
7. Atom va yadro fizikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: