VI. Muayyan holatni (vaziyatni) o’rganish
Bu o’qitish usuli real hayotdagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iboratdir. Bu usul kichik guruhlarda o’tkazilib, o’qish, o’rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga yetkazishni taqozo qiladi.
Qo’llanilishi:
- dars mazmuni haqida har tomonlama o’ylab so’zlashga o’rgatishda;
- muammoni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash va fikr yuritishni shakllantirishda;
- boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda.
Afzalligi:
- o’quvchilarning faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi;
- ta’lim olish tugagandan so’ng taqozo qilinadigan ijroni modellashtirishga yordam beradi;
- o’qitishni kuzatish mumkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |