Ijtimoiy axloqiy marketing kontseptsiyasi - bu kontseptsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning talabini o’rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-axloqiy marketing kontseptsiyasi boshqarishning bozor kontseptsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning yetishmasligi, umumjahon inflyatsiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining g’arib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga to’g’ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib to’rgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab etdilar va natijada bozor marketinggi kontseptsiyasi paydo bo’ldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga qo’l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham uylay boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |