Reklamada shaxsiy muloqot. Bevosita tadbirkor – xarid jarayonining ma’lum bir bosqichlarida, ayniqsa, xaridorning o‘zi sotayotgan tovarni afzal ko‘rishiga erishish va uni sotib olishga undash kerak bo‘lganda eng samarali kommunikatsiya vositasi hisoblanadi.
Shuning uchun, soddaroq vazifalar kommunikatsiyaning arzonroq texnik vositalari orqali uzatilgan sari, tadbirkorlik faoliyatining strategik marketingdagi roli kuchayib boradi. Reklama qilinishi lozim bo‘lgan obyekt ham nihoyatda ehtiyot bo‘lib va sinchkovlik bilan aniqlanadi. Bunda, masalan, tovarning qanchalik xaridorga mos kelishi, uning ehtiyojini qondirish xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu tovar reklama qilinar ekan, uning jamiyatga, atrof-muhitga zararsizligiga, ayniqsa, alohida e’tibor beriladi.
Reklama qiluvchi Tovar xaridorlarining kayfiyatini, ularning orzu-umidlarini, qiziqishlari va daromadlarini ham e’tiborga olmog‘i lozim. Shularni hisobga olish maqsadida ishlab chiqarish firmalari qoshidagi marketing bo‘limining reklama guruhlari yoki maxsus reklama bilan shug‘ullanuvchi firmalar (agentliklar) xaridorlar bo‘yicha ma’lumotlar banki tuzadilar va uni saqlaydilar. Bu bank doimo yangilanib va to‘ldirilib turiladi.
So’nggi yillarda, onlayn ijtimoiy tarmoqlar ko’rinishidagi ijtimoiy muloqotning yangi turi sahnaga chiqdi. Onlayn ijtimoiy tarmoqlari, insonlar o’z ma’lumoti va fikrini ulashuvchi onlayn jamiyatlari hisoblanadi. Ijtimoiy tarmqolar bloglar (Gizmodo, Zinhabits), xatlar chun (Craiglist) kabilardan tortib, veb saytlar (Facebook, Twitter, Foursquare), virtual hayot (Second world)larni o’z ichiga oladi. Marketologlar shu iste’molchilar bilan yaqinroq munosabat o’rnatish, mahsulotni targ’ibotqilish maqsadida “veb dunyo”ni o’zlariga bo’ysundirishg aharakat qilishmoqda. Bir tomonlama ma’lumot yuborish o’rniga, ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar bilan yaqin aloqada bo’lish, suhbatlarida qatnashish, ancha samaraliroq deb hisoblashmqodalar.
Misol uchun, “Red Bull”ning Facebookdagi a’zolari 8.4 milliondan ortiq. Twitter va Facebookda yuqori maktab o’quvchilari, talabalar bilan muloqotda bo’lishning eng yaxshi yo’li hisoblanadi. JetBlue o’z xaridorlari bilan, Twitterda muloqotda bo’ladi.
Coca – Cola kompaniyasi yaqinda Edition 206 ni yo’lga qo’ydi, bunga ko’ra kompaniya uchta “Baxt elchilari”ni tanlab olib, ularga 365 kun davomida 206 ta mamlakat bo’ylab yurib, dunyo bo’ylab xaridorlarni nima baxtli qilishini aniqlab ma’lumotlarni Facebook, Twitter, Youtube, Flickr kabi ijtimoiy tarmoqlarda va Expedition 206 veb saytida ulashishdi.
Ba’zi kompaniyalar, ijtimoiy tarmqolarda kuchli o’rnashib olishdi. Tabiatga zarar yetkazmaydigan har kunlik oyoq kiyim va soatlarni ishlab chiqaruvchi Timberland, o’zida tabiatni asrovchilarni birlashtiruvchi onlayn ijtimoiy jamoatchiligini tashkil qildi. (community.timberland.com)
Zero, marketologlar ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlikni unutmasliklari darkor. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar tomonidan boshqariladi, shu sababdan marketing harakatlari salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.5
Marketing tadbirlari qaysi firma tomonidan o’gkazilishidan qat’iy nazar – «Procter & Gamble» kompaniyasi ko’pgina insonlar ortiqcha vaznga ega bo’lgani va bunga qaramasdan o’z sevimli taomlaridan voz kecha olmasliklarini payqagan holda ularga yangi «Olestra» mahsulotini ishlab chiqdi va taklif qildi; Car Max, foydalanilgan avtomobillar xaridorlarining aniqlik va ishonchga intilishlarini sezgan holda ushbu guruh mahsulotlari bilan savdo qilishning yangi tizimini yaratdi; yoki IKEA kompaniyasi, ko’pgina iste’molchilarning sifatli va arzon mebel mahsulotlariga ehtiyojini aniqlab, uni ishlab chiqarish, dizayn va savdosining yangicha tamoyillarini ishlab chiqdi. Bularning barchasi, shaxsiy yoki jamiyat ehtiyojlarini qondirish vositasi bilan foydali biznes imkoniyatlarini amalga oshirish uchun marketingni qo’llash maqsadga muvofiqligini o‘zida yaqqol namoyon qiladi.
Xulosa. Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bu siz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblash chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.
Marketologlar, soda veb sahifalarni tashkil etgan holda, iste’molchilarga yordam berib, kuchilroq iste’molchi munosabatini tashkil etishlari mumkin.
Axborot texnologiyasidagi rivojlanish, T-T ga marketing jarayonini o’zgartirib yubordi. Online sotib olish, ko’p hollarda e-xarid deb atalib, ohirgi yillarda tezlikda rivojlandi. 15 yil oldin nomalum bo’lgan, hozirgi kunda ko’p korxonalar uchun odatiy jarayonga aylanib ulgurdi.
E-xarid, ko’p hollarda korxonalarga yetkazib beruvchilarni aniqlashda yangi imkoniyatlarni ochib, xarid harajatlarini kamaytirgan holda, ishni ancha yengillashtirdi. O’z navbatida, marketologlar, iste’molchilar bilan onlayn tarzda aloqaga kirishgan holatda ma’lumot yetkazish, mahsulot yoki servisni sotish, iste’molchini quvvatlash xizmatini bajarib, mavjud iste’molchi munosabatini rivojlantirishi mumkin.
Reklama yo‘naltirilayotgan xaridor va bo‘lajak xaridorlarga ham aniq bo‘lmog‘i lozim.
Masalan, modali shimni yoki sport yengil avtomashinasini, asosan, yoshlar xarid qiladilar, shunday ekan, ularning reklamasi televideniyeda yoshlar uchun beriladigan ko‘rsatuvlar oralig‘ida berilmog‘i, ayollar bijuteriyasining reklamasi, ularga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar oralig‘ida berilsa maqsadga tezroq erishiladi. «Neksiya» yengil avtomashinasini yoki maxsus tikuv, to‘quv, presslash stanoklarini televideniyeda yoshlar uchun maxsus reklama qilish, ko‘zlangan natijani bermasligi mumkin, chunki ularning har birini o‘z iste’molchisi, xaridori bor.
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydlanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste’molsidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta’minlaydi. Bu esa o’z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga.
Sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish sohasiga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi.
Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to’liq halqilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas.
Zigmund Freydning ta’kidlashicha inson hatti harakatlariga asos bo’luvchi haqiqiy omillarni anglatmaydi. Masalan, BMW usti ochiq sport versiyasini olgan xaridor, xaridining sababi qilib shunchaki unga shamol esib turishi istagi deb keltirishi mumkin. Balki u boshqalarda taassurot qoldirishni yoki o’zini yana yosh his qilishni istaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |