Mavzu: Marketing: vazifasi, tamoyillari, turlari va ahamiyati. Reja: Kirish Asosiy qism


Marketingni qo’llash samaradorligi tahlili



Download 479,67 Kb.
bet9/10
Sana01.06.2022
Hajmi479,67 Kb.
#629383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
60 new

4. Marketingni qo’llash samaradorligi tahlili

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi muhitning tez o'zgarishi va korxonalar bozor faoliyatining murakkablashishi bilan biznes jarayonlari, iste'molchilar ehtiyojlarini qondirish, har bir jabhada xizmat ko'rsatish sifatini oshirish shu jumladan marketing xizmati samaradorligini doimiy ravishda kuzatib borish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi.


Korxonalar faoliyatida marketing samaradorligini baholash qiyin vazifa bo'lib kelmoqda, marketing bo'limi xizmati orqali iste'molchilarga ko'rsatilgan xizmat ta'sirini har doim ham o'lchab bo'lmaydi va yaratilgan qiymat aniq natija bermaydi.


Marketing bo'yicha mutaxassislar korxona samaradorligi, marketing xizmati samaradorligi muammolariga yetarlicha e'tibor qaratganiga qaramay, hozirgacha marketing faoliyatini baholashga imkon beradigan aniq tuzilgan modellar, usullar va ko'rsatkichlar tizimi mavjud emas.


Adabiyotlar tahlili. Izlanishlarimiz natijasida, marketing faoliyati samaradorligini baholashni hisobga olgan holda Piter Doyl quyidagicha xulosaga kelgan: "Samaradorlik natijalarini xarajatlar bilan bog'laydi, bu ichki ko'rsatkich hisoblanadi, agar kerak bo'lsa uni o'lchash oson va yaxshilash imkoniyati mavjud. Samaradorlik tushunchasi iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq hamda tashqi ko'rsatkich bo'lib, uni o'lchash qiyin va uni amalga oshirish uchun uzoq vaqt talab etiladi". Bundan tashqari iqtisodchi olimlardan biri Piter Druker samaradorlik tushunchasini tahlil qilib, mahsuldorlik va samaradorlikni taqqoslaydi, ularning mohiyatini quyidagicha talqin qiladi: "Mahsuldorlik sizga kerak bo'lgan hamma narsani bajarish imkonini beradi, samaradorlik esa sizga kerakli narsani izlab topishdir".


Marketing sohasi olimlaridan biri Filipp Kotler o'zining ilmiy izlanishlarida marketing faoliyatining samaradorligiga e'tibor qaratib, quyidagi fikrni ilgari suradi: "Samaradorlikni doimiy kuzatib borish, har qanday firma uchun juda muhim jarayon ekanligini taklif qiladi".


Marketing faoliyati samaradorligi nazariyasi asosida marketing xizmati samaradorligini baholash jarayonida bir nechta usullarga bo'lib tahlil qilinadi. Marketing faoliyati samaradorligi va marketing xizmati samaradorligini baholash tushunchalarini qoida tariqasida, quyidagicha belgilash mumkin: baholash qanday maqsadda amalga oshiriladi?; natijalar kim uchun mo'ljallangan?; natijalarni qayerda va qanday ishlatish kerak? va boshqalar. Yuqorida aytib o'tilgan ushbu tushunchalar bir-biriga yaqin tushuncha bo'lib, biri ikkinchisini to'ldiradi. Tadqiqotlarimiz va o'rganishlarimiz natijasida, olimlar va tadqiqotchilar tomonidan bugungi kungacha marketing faoliyati samaradorligini aniqlashning quyidagi usullari tavsiya etilgan:


Marketing faoliyati samaradorligini baholash usullarining metodogik asosi


Sifat usuli marketing nazorati va auditidan foydalanishni o'z ichiga olib, uning davomida tashkilotning tashqi muhitini, shuningdek ichki muhiti SWOT tahlili natijalari orqali barcha tahdid va imkoniyatlarni har tomonlama tahlil qilish hisoblanadi. Natijaga yo'naltirilgan marketing nazorati va auditi, tashkilot faoliyatining sifat tomonlarini tahlil qilish yoritilgan.


Marketing faoliyati samaradorligini baholashning miqdoriy usuli marketing xarajatlari qilingandan so'ng olingan yalpi foydadan marketing va reklama xarajatlarini olib tashlash bilan solishtirishni talab qiladi, ular tashkilot faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalaydi.


Marketing faoliyati samaradorligini baholashning sotsiologik usuli amaliy sotsiologiya vositalaridan foydalanishga - sotsiologik tadqiqot dasturini ishlab chiqishga va shunga muvofiq tadqiqotni o'zini o'tkazishga qaratilgan bo'ladi


Marketing faoliyati samaradorligini baholashning balli usuli mezonlar ro'yxatiga rioya etilishini, tuzilmalar va jarayonlarning marketing konsepsiyasiga mosligini hisobga olgan holda har bir hodisa bo'yicha samaradorlikni har bir mezon uchun ma'lum bir ball qo'yish yo'li bilan aniqlash imkonini beradi.


Regressiv va korrelyatsion usul, marketing faoliyatini tavsiflovchi o'zgaruvchilar guruhlari o'rtasida munosabatlarni o'rnatish uchun ishlatiladi.


Ko'p omilli usul, faktorial va klasterli tahlillar o'zaro bog'liq bo'lgan ko'plab parametrlarga asoslangan marketing qarorlarini asoslash uchun ishlatiladi, masalan, yangi mahsulotni sotish hajmini uning texnik darajasiga, narxiga, reklama xarajatlariga va marketing elementlariga qarab aniqlash.


Statistik nazariya usuli, iste'molchilarning bozor kon'yunkturasining o'zgarishiga munosabatini stoxastik tarzda tavsiflash uchun ishlatiladi.


Biz yuqorida marketing faoliyati samaradorligini baholash usullari bila tanishdik, ularning nazariy jihatdan asoslanishini o'rgandik. Bundan tashqari, marketing faoliyati samaradorligini baholashda axborot usullari marketing faoliyati samaradorligini Sales Expert 2, Success va boshqalar dasturiy ta'minotlari yordamida baholash imkonini beradi, ularning maqsadi marketing ma'lumotlarini yig'ish vositasi hisoblanadi. Shuningdek, axborot marketing xizmati uchun kerakli manba hisoblanib, pochta jo'natmalari, nashrlar, reklama, seminar-treninglar va mijozlarga ta'sir darajasini tahlil qilish imkoniyatini beradi.


Tahlil va natijalar. Marketing faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va ko'rsatkichlarini shakllantirishga bir nechta yondashuvlar mavjud. Ba'zi ekspertlar marketing boshqaruvi tushunchasini samaradorlikni baholash mezonining asosi qilib olishadi.


Tadqiqotlarim natijasida shuni aytish mumkinki, agar tashqi marketing muhitining ta'siri va korxona ichki muhiti faoliyatining nomuvofiqligini hisobga olsak, bunday yondashuvni qo'llash va marketing samaradorligiga baho berish qiyin.


Marketingni boshqarish harakatlarining o'ziga muvofiq marketing faoliyatining mavjudligini va samaradorligini baholash imkoniyatiga ega. Ushbu yondashuv bilan baholash ko'rsatkichlari ro'yxati kompaniya hal qilishi kerak bo'lgan maqsad va vazifalarga qarab tuziladi.


Xulosa
Bugungi kunda mamlakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida uchraydigan muammolarni, ularda zamonaviy marketing tizimini samarali tashkil etish orqali echish vazifasi turibdi.
Marketing tizimi korxonalarni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni foyda olinadigan bozorlar ulushiga ega bo‘lish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.
Marketing strategiyasi - korxona imkoniyatlarining tahlili, maqsadlarni tanlash, rejalarni ishlab chiqish, marketing chora- tadbirlarini amalga oshirish va ularni ro‘yobga chiqarishni nazorat qilish jarayonidir.
Zamonaviy sharoitlarda marketing integratsiyalashgan tizimga aylanishi kerak. Bu degani, tizim faoliyati natijasi yuqori bo‘lishi uchun, u faqatgina marketing bo‘limi faoliyati bo‘libgina qolmay, u yoki bu darajada korxonaning barcha bo‘limlarini qamrab olishi lozim. Korxonaning raqobatdosh bo‘lmog‘i uchun, faqatgina - marketing uning biznes - strategiyasini harakatga keltiruvchi kuch bo‘lishi kerak.
Marketing tizimi bozorni korxonaning xo‘jjalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya’ni u uni u erda namoyon bo‘lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko‘radi. SHu tufayli barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u erda harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak.
Marketing – bu alohida shaxslar va shaxs guruhlari muhtojligi va ehtiyojlarini tovarlar hamda iste’mol qimmatlari orqali ayirboshlashga qaratilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir.
Zamonaviy marketing iste’molchilarni hohish va muhtojliklarini aniqlashdan boshlanib, ushbu korxona qaysi maqsadli bozorlarga samarali xizmat ko‘rsatib va ajoyib qimmatni taklif etib, ular asosan korxona maqsadli iste’molchilarini egallab hamda ushlab qolib, shuningdek, sonini ko‘paytirishga erishish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Agar korxona mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli echsa, u ma’lum miqdordagi bozor ulushiga, foydaga va mijoz kapitalini egallashga erishadi.
Hozirda O‘zbekistonda raqobat bozori sharoitida korxonalar amaliy faoliyatining muhim bo‘lagi hisoblangan marketing tizimiga bo‘lgan qiziqish keskin oshgan. Ammo, shu vaqtgacha ishbilarmonlar, tadbirkorlar orasida va jamiyatda marketing tizimi to‘g‘risida noto‘g‘ri tushuncha hukmronlik qilmoqda. Ular marketingni asosiy vazifasi, ishlab chiqarishning mahsulotini sotishga yordam berish deb biladilar. Haqiqatda esa, hammasi buning aksidir, ya’ni ishlab chiqarish marketingga yordam berish uchun mavjuddir.
Marketing bu ishlab chiqarilgan mahsulotni engil sotish san’ati emas, balki u iste’molchiga qimmatli bo‘lgan narsani berib, uni hayotini yaxshilashga yordam berishdir.
Mahalliy tadbirkorlar marketing tizimi sohasi bo‘yicha etarli bilim va tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli, ular xo‘jalik, tijorat hamda boshqaruv vazifalarini echishda tor doiradagi yondashuvlardan foydalanmoqdalar. Bu esa korxonalar faoliyati samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda zamonaviy marketing ko‘p xarajatli tizimga aylandi, shu tufayli korxonalar bozorni segmentlash masalalariga katta e’tibor qaratishlari lozim. Avvalgi davrlarda marketing asosiy e’tiborni mahsulotga qaratib, marketing strategiyasining maqsadi iloji boricha katta miqdordagi iste’molchilarni jalb etish bo‘lgan bo‘lsa, (ular kim bo‘lishidan qatiy nazar soni ko‘p bo‘lishi kerak) bugungi kunda esa, asosiy faoliyat differensiatsiyalashgan ehtiyojlarni qondirishga jalb etilishi lozim (alohida bozorlar bo‘shlig‘iga yo‘naltirilgan marketing).



Download 479,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish