Mavzu: Marketing uning vazifalari va turlari
Mundarija:
Kirish
I BOB. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
1.1 Marketingni maqsad va vazifalari
1.2 Marketing mohiyati
II BOB. Marketingning turlari
2.1. Marketing turlarini amaliyotga yo‘naltirish
2.2. Marketing 4P va 5P
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar royxati
Mavzunig dolzarbligi. Zamonaviy odamni hayot faoliyati tovar va izmatlarni iste'mol qilinishiga asoslangan. Ularni yaratilishi, ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi va iste'mol qilinishi odamlar ehtiyojlarini qondirilishini dinamik rivojlanishini ta'minlaydi. Davlat iqtisodida xizmatlar sohasi va tovar ishlab chiqarish sohasi organik o'zaro bir-birini to'ldiruvchi tarmoqlar hisoblanadi. Bozor munosabatlariga otish sababli korxona va tashkilotlar oldida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar kop jihatdan korxona rahbar xodimlarining bozor qonunlari va uni organish usullari bilan yetarlicha tanish emasligi tufayli paydo bolmoqda. Tola xojalik hisobi va oz-ozini moliyalashtirish tamoyillariga otishda korxona va tashkilotlar ilgari hech bolmagan hodisaga duch keldilar: ular ishlab chiqaradigan mahsulotga talab yoq, korxona mutaxassislari esa uni qanday qilib ichki va jahon bozorlariga chiqarishni bilmaydilar. Shunday qilib, Ozbekiston bozor iqtisodiyoti sari bormoqda va shu yolda kop qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu muammolarning yechimi kop jihatdan marketingdan qanchalik ijodiy va maqsadli foydalanishimizga bogliqdir. Chunki, marketing bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning jahon tajribasi xazinasi hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 7-fevral kungi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda Ozbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi . Avvalo, ushbu ustuvor yonalishlar va ulardagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungi kunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini takidlash lozim. Shu jumladan milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini taminlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar korsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini kopaytirish, xizmatlar korsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning orni va ulushini oshirish, korsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan ozgartirish zarurdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o'sishga erishishdek dolzarb vazifa qo'yilgan. Bu esa o'z navbatida, iqtisodiyotda erishgan yutuqlarning asosi bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o'zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida xizmat korsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishga etibor kuchaya bormoqda. Mavzuning dolzarbligi xizmat korsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish zarurligidan kelib chiqadi. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |