Mavzu: Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi davr tarixshunosligi
Case study
Yunon va Rim tarixchilari hamda Xitoy tarixchilarining Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o'rganishdagi o'xshash va farqli jihatlari.
Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida 0‘rta Osiyo xalqlari haqida turli ma'lumotlar uchraydi. Ushbu xalqlar tarixini yozish Gomer va Esxil kabi adiblar tomonidan boshlangan. Lekin, skif (sak va massaget), sugdiyonaliklar, baqtriyaliklar, xorazmiylar haqida keng va aniq ma'lumotlarni birinchi bo‘lib mil. avv. V asrda yashagan yunon tarixchisi Gerodot beradi. Umuman olganda O‘rta Osiyo haqida Gerodotdan tashqari muarrixlar ham 0‘rta Osiyo xalqlari turmush tarzi, urf-odatlari va mashg'ulotlari to‘g‘risida ma'lumotlar beradi. Yunon va Rim muarrixlarining asarlarida O‘rta Osiyo ko‘chmanchi chorva dori hamda o‘troq ziroatchi xalqlarining xo‘jalik hayoti, turmush tarzi va urf-odatlari haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan. O‘rta Osiyo xalqlarining ma'naviy hayoti va diniy qarashlari ham antik davr mualliflarining e'tiboridan chetda qolmagan.
O'zbekistonning uzoq o'tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini yoritishda Xitoy manbalari muhim rol o'ynaydi. Ularni tahlil qilish orqali mintaqa aholisi hamda madaniyati to'g'risida turli yangi, yunon va Rim manbalarida uchramaydigan ma'lumotlarga ega bo‘lamiz. Bu ma'lumotlarni qiyosiy tahlil qilish orqali mintaqa to'g'risida umumiy xolisona va tarixiy haqiqatga yaqin o‘tmish manzarasini qayta tiklash mumkin bo‘ladi. Xitoy manbalarining o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, ularda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi hududidagi eng qadimgi davlat hamda xalqlar to‘g‘risida qimmatli ma'lumot berilgan. Shuningdek, ushbu hududlarda mavjud davlatlar, shaharlar, xalqlar, qabilalar, daryo va tog‘lar haqida qimmatli tomoni mil ma'lumotlar ham bor.
Birinchidan, yunon va rim tarixchilari Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bo‘yicha keltirgan ma‘lumotlari nisbatan qadimiyroq ya‘ni miloddan avvalgi davr bo‘yicha ma'lumotlar hisoblanadi, Xitoy muarrixlari esa miloddan avvalgi davr tarixi bilan bir qatorda milodiy davrdagi, ilk o‘rta asrlar davrini ham qamrab oladi.
Ikkinchidan, Yunon va rim muarrixlari ko'proq Markaziy Osiyoning janubiy, g'arbiy va markaziy qismlari tog‘risida qimmatli ma'lumotlar uchraydi, Xitoy muarrixlari esa shimoliy - sharqiy va janubiy sharqiy qismlari haqida ma‘lumotlar batafsil yoritilgan
Uchinchidan, Markaziy Osiyo xalqlari haqida asarlarida keltirgan yunon rim muarrixlari asosan bu hududlarga o‘zlari tashrif buyurmagan, ko'proq eshitgan ma'lumotlardan foydalangan. Xitoy tarixchilari aksariyati esa bu hududlarga bevosita u yoki bu yumush bo‘yicha, misol uchun elchi, sayyoh yoki ayg'oqchi sifatida tashrif buyurgan.
To'rtinchidan, yunon-rim muarrixlari bu hududlarga bevosita harbiy maqsadlarda tashrif buyurgan kishilardan, bu hududlarni bosib olgan misol uchun, Aleksandr Makedonskiy bilan kelgan kishilarning tilidan eshitgan, bu ma'lumotlarda xolislik kam bo‘lishi mumkin. Xitoy muarrixlari esa ko'proq elchi, sayyoh bo‘lib tashrif buyurgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |