Qoraqalpog`istonda mezolit davri makonlari Orol dengizi
Qoraqalpog`istonda mezolit davri makonlari Orol dengizi atrofidagi Ustyurt balandligida va Qizilqum cho`lida bor. Ustyurtdagi mezolit makonlari mil.avv. 8-6 ming yilliklarga oid. Qizilqum cho`lidan topilgan mezolit davri yodgorliklari mezolitning so`nggi bosqichlariga va o`rta tosh davridan yangi tosh davriga (neolitga) o’tish davriga tegishli.
Neolit davriga kelib qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo`ladi. Bu davr odamlari baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri kulolchilikning paydo bo’lishidir. Shuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quydagi madaniyatlarga bo`linadi: Jaytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati
Joytun madaniyati. Janubiy Turmaniston xududiagi mil.avv. VI-V ming yilliklarga oid madaniyat. Bu yerdan O’rta Osiyodagi birinchi paxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar na’munalari aniqlangan. Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug`ullangan.
Kaltaminor madaniyati. Qoraqalpogistonning janubidan topilgan bo`lib mil.avv.V-IV ming yilliklarga oiddir. Kaltaminor qabilalari baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug`ullangan.
Hisor madaniyati. Asosan, Xisor-Pomir tog`laridan topilgan. Mil.avv.V-IV ming yilliklarga oid.
Qoraqalrog`istonda yangi tosh (neolit) davri odamlari faqat dare sohillarinigina emas, balki Kizilkumning va Ustyurtning ichki xududlarini ham o`zlashtira boshlaganlar.
Qoraqalpog`istondagi yangi tosh (neolit) davri yodgorliklari Amudaryoning qadimgi Oqchadarem del`tasida (hozirgi To`rtkul tumani xudidan boshlab Taxtakupir tumani hududigacha bo`lgan oraliqda) va Ustyurt balandligida saqlangan.
Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metal bilan tanishdilar.
Bu davrga kelib dehqonchilik Urta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga ham yoyiladi.
Hozirgi kunda ibtidoiy jamoa tuzumining turli bahslarga sabab bulayotgan muammolaridan biri-antropognez-odamning paydo bo`lishi va rivojlanishidir. Fan insoniyat hayvonat olishdan ajralib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Insonning paydo bo`lishi millionlab yillar davom etgan rivojlanish jarayonining natijasidir.
O’rta tosh davrida, birinchi navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofadagi odamlarga aylana boshladilar. Ular jismoniy jixatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni tugadi (kroman`on ko`rinishidagi odamlar). Odamning paydo bo`lishi yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo`lib, u dastlab toshdan oddiy to`qmoq yasagan bo`lsa, uzluksiz mehnat, intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san`at, xususan, g`orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so`nggi paleolit davriga oiddir. O`rta Osiyoda g`orlar, ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo`ladi.
O`zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Birinsoy, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo`lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O`zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ulardan ibtidoiy buqalar, sherlar va yo`lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug`u va jayron kabilardir.
Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo`lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya`ni, mil.avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g`oyaviy qarashlari va diniy e`tiqodlarini o’rganishda ham muhim ahamiyatga ega.
Ko`pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo’lgan. Mil. avv. III ming yillikka kelib O’rta Osiyo xududlarida ham bronza qurollar keng tarqaladi. O`zbekiston xududlarida bronza davri yodgorliklari ko’plab uchraydi.
Ulardan eng yiriklari Tazabog`eb. Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqutan, Churs, Amirabod yodgorliklaridir. Bronza davrida kishilik jamiyati madaniy tarakkiyotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aholi xo`jalik yuritishning muayyan ko`inishlariga, ya`ni vohalarda, ko’llar, daryolar va soylar bo`ylarida dehqonchilikka, dasht va tog`oldi xududlarida chorvachilikka (mehnatning dastlabki yirik taqsimoti) o’tib oldi.
Bu davrga kelib O’rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o`zgarish jarayonlari bo’lib o’tdi. Urug`chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan bulsada, ona urug`ining mavqeyi yo`qolib bordi. Metall eritish va xujalikning rivojlanishi jatijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqeyi birinchi darajali ahamiyatga eg`a bo`lib bordi.
Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish erkaklar qo`liga o’tadi va ona urug`i tuzumi o’rnini ota urug`i (patriarxat) tuzumi egallaydi dastlab mulkiy tabaqalanish, keyin esa ijtimoiy talabaqalanish natijasida urug`chilik tuzumi harobalarida sinfiy jamiyat paydo bo’ladi.
Qoraqalpog`iston xududida bronza davrining eng yirik yodgorligi bu Tazabog`eb madaniyati deb nomlangan yodgorlikdir. Tazabog`eb madaniyati mil. avv. 2 ming yillikning o’rtalariga oid bo`lib u Qoraqalpog`istonning sug`orma dehqonchilik rivojlangan.
Bronza davrining oxirida yerni sug`orib ekish yanada rivojlandi. Qoraqalpog`istonning janubida hozirgi Turtkul tumani xududida Amirobod deb nomlangan yodgorlik qoldiqlari topilgan. Bu yerdan tarixchi-arxeologlar uzunligi bir kilometrga yetadigan sug`orish kanallari izlarini topganlar.
Markaziy Osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biridir. Bu muqaddas zaminda odamzotning ilk ajdodlari faoliyatidan guvohlik beruvchi ko’pgina materiallar topilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni Vatanimiz nafaqat Sharq, umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda deb qayd qilgandi. (Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. -T. «Sharq», 1998. 3-bet).
Sivilizatsiya so’zi – lotincha so’z bo’lib, fuqoraviy va ijtimoiy ma’nosida jamiyatning o’z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko’paytirib va takomillashtirib borish usullarning majmuidir.
Insoniyat o’z boshidan katta uch davrni: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizasiyani kechirdi. Sivilizasiya bundan 5-6 ming yil muqaddam boshlangan.
Sivilizasiya ayrim hududiy, bir-biri bilan bog’lanmagan sivilizasiya maskanlari sifatida shakllana boshlab (Qadimgi Misr sivilizasiyasi, Qadimiy Hind sivilizasiyasi, O’rta yer dengizi sivilizasiyasi, Markaziy Оsiyo sivilizasiyasi va hakozo), bozor munosabatlari iqtisodiy hukmronlik shakillanishi davrida umumjahon sivilizasiyasiga aylandi.
Sivilizasiyaning tarixi qonli urushlar va diniy jaholatparastlikka qarshi, dunyoviy madaniyat uchun kurash tarixidir. XX asrning 2- yarimiga kelib ilg’or fan, texnika va texnologiya asosida ish ko’rib, o’zlarida demokratik, insonparvar jamiyat va huquqiy davlat qurgan mamlakatlargina haqiqiy sivilizasiya yo’liga chiqmoqdalar. Sivilizasiya inson taraqqiyotining mahsuli va ayni vaqtda uning asosidir. U insoniyat jamiyatining nihoyatda nozik holati bo’lib, vaqt jihatdan 5 mln. yillik insoniyat tarixining bor-yo’g’i 0,1 foizni tashkil qiladi, ya’ni insoniyat o’zining bosib o’tgan yo’lining 99,9 foizi davomida ibtidoiy jamoa darajasida hayot kechirgan.
Mustaqil O’zbekistonning maqsadi – hozirgi zamonning insonparvar, demokratik va huquqiy davlatiga, ya’ni sivilizasiyali, ma’rifiy davlatga aylanib, xalqning
farovonligini ta’min etish hamda ilg’or mamlakatlar qatoridan joy olishdir. Buning asosi va zaruriy sharti davlatimizda ta’min etilgan tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikdir.
Tabiatshunos va jamiyatshunos olimlar inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan yuksak rivojlanishni kuzatar ekan, bu yo’lda ko’p yillar davomida izlanishlar olib borib, inson tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlarga va bosqichlarga bo’lib o’rganishni taklif qiladi.
Janubiy Qozog’iston, Tojikiston, O’zbekistonning Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq va Farg’ona vodiysidagi Selung’ur g’ori arxeologik qazishmalar natijalariga ko’ra, odamzotning O’rta Оsiyodagi ilk faoliyati ashel davriga, ya’ni bir million yilga yaqin yillarga tegishli ekanligi aniqlanmoqda. Endilikda hududimiz jahonda odamzodning ilk ajdodlari yashagan mintaqaga kiradi.
Eng qadimgi jamoa tuzimi – kishilik jamiyati tarixining boshlang’ich va tarkibiy qismidir. Bu tuzumning ilk bosqichi «ibtidoiy to’da» keyingi bosqichi esa «urug’chilik jamoasi» deb ataladi. Bu tuzumning boshlang’ich davrida odamlar toshdan, yog’ochdan va suyakdan har-xil qurollar yasab, oddiy termachilik bilan shug’ullanganlar. Bu davrda odamlarning turmush tarzi oddiy bo’lib, boy va kambag’al bo’lmagan. Ular har jihatdan tabiat ne’matlariga qaram bo’lishgan. Оdamlar g’or, ungur va chakalakzorlarda hamda qamishzorlarda yashab tunaganlar. Ularni umumiy turmush va umumiy mehnat birlashtirgan. Ibtidoiy jamoa tizimida qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti termachilik va ovchilik bo’ldi. Termachilik inson hayotida muhim vazifa bo’lib, insonlar qorin to’ydirish maqsadida nima uchrasa istemol qilgan. Bu ularning sog’ligiga ta’sir qilib manbalarda ko’rsatilishicha ilk paleolit odamlarining o’rtacha yoshi 28 dan oshmagan.
Eng qadimgi jamoa tuzumi odamlarning hayoti va ularning mashg’ulotlarining o’rganishda asosan moddiy manbalar yaqindan yordam beradi. Moddiy manbalar inson qo’li bilan yaratilgan barcha narsa kiradi. Ular asosan yer ostida topilgan mehnat va ov qurollari, odam va hayvon suyaklari, turli xil idishlar, turli xil manzilgoh qoldiqlari shular jumlasidandir. Umuman olganda tarix fanini o’rganishda moddiy va ma’naviy manbalar muhim rol o’ynaydi. Tarixni mana shu manbalar asosida o’rganadigan fan Arxeologiya deb atalib, bu esa «qadimiyat to’g’risidagi fan» demakdir. Arxeologlar moddiy manbalardan tashqari eng qadimgi odamlar suyaklarini ham topadilar. Оdamlar qiyofasi, kelib chiqishi va rivojlanishining o’rganadigan fan antropologiya – odam haqidagi fan deb ataladi. Xalqlarning urf-odatlari, xo’jalik va madaniyatni o’rganuvchi fan etnografiya, ya’ni yunoncha so’z bo’lib, «urf-odatlarni o’rganuvchi fan» shug’ullanadi.
Eng qadimgi odamlar yasagan qurollar asosan toshdan bo’lgani uchun insoniyat tarixining dastlabki bosqichi tosh davri deb ataladi.
Arxeologlar eng qadimgi jamoa tuzumi, uning tarixiy davrlarini quyidagicha bo’lib o’rgangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |