Tijorat banklariga nisbatan o‘rnatilgan majburiy zaxira siyosati.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini asosiylaridan biri tijorat banklariga o‘rnatgan majburiy zahiralar siyosati hisoblanadi.
Markaziy bank ushbu siyosati orqali, birinchidan, banklarning resurslarini chegaralashi natijasida iqtisodiyotda pul massasini tartibga soladi, ikkinchidan, bank iqtisodiy jihatdan to‘lovga layoqatsiz holatiga tushib qolgan paytda, qisman bo‘lsada uning mijozlarining manfaatlarini himoya qiladi.
Tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi).
Bozor iqtisodiyotining doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib borishi iqtisodiyotda qo‘shimcha pul resurslariga bo‘lgan talabni keltirib chiqaradi.
Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy resurslariga bo‘lgan talabini iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini o‘ziga jalb qilish orqali qondiradi.
Markaziy bankning ochiq bozordagi siyosati – bu davlatning obligatsiyalari, xazina veksellari va boshqa qimmatli qog‘ozlarini yuridik va jismoniy shaxslarga sotishi va sotib olishi bilan bog‘liq operatsiyalaridir.
Markaziy bank davlatning va o‘zining qimmatli qog‘ozlarini sotish orqali iqtisodiyotda pul massasini pasaytiradi. Bu o‘z navbatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamlash va inflyatsiya darajasining pasayishiga olib keladi.
Ochiq bozordagi siyosati.
Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo‘lgan nisbatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Markaziy bank o‘zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari bo‘yicha siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.
Valyuta va depozit siyosati.
Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Vakolatli tijorat banklarining o‘zlari va mijozlari nomidan chet el valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilaydi. Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu aktivlarning majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va sotib olishni tartibga solib boradi;
Tijorat banklarida chet el valyutasi va to‘lov hujjatlari hamda boshqa qimmatliklar bo‘yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning tartibini belgilaydi;
Vakolatli banklarda norezedentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisob – varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi;
Vakolatli banklarda rezident va norezedent (yuridik va jismoniy shaxs)larga chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet el valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni tartibga soladi;
Investitsion loyihalarni erkin valyutalarda kreditlashning tartibini belgilaydi.
Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta intervensiyasidan keng miqyosda foydalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |