Mavzu. Marjinalizm ta’limoti va neoklassik iqtisodiy maktablar (2 soat) Reja


LOZANNA MAKTABINING’ XUSUSIYaTLARI



Download 103,54 Kb.
bet5/21
Sana20.06.2022
Hajmi103,54 Kb.
#679184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
LOZANNA MAKTABINING’ XUSUSIYaTLARI


  • Leon Valras (1834-1910) marjinalizmning’ Lozanna (Shveystariya) deb ataluvchi maktabi asoschisi ҳisoblanadi. Ung’a keyinchalik Pareto, Italiyadan Borone, shvestiyalik Kassel, amerikalik Leontev va boshqalar qo’shildi. L.Valrasning’ «Sof iqtisodiy fan elementlari» (1874) asari iqtisodiyot bilimlari olamida matematikaning’ shaxdam qadamlarig’a asos soldi. Shu sababli u matematik maktabning’ davomchisi ҳamdir. Ҳar qanday iqtisodiy taҳlilni matematik izoҳlashg’a intilish bu maktab va uning’ izdoshlarining’ ҳarakterli xususiyati ҳisoblanadi. Valrasning’ fikricha, ҳar qanday iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. Uning’ o’zi matematikani yaxshi bilg’an va Kurnoni o’zining’ ustozi deb ҳisoblag’an ҳolda undan ilҳomlang’an.
    Keyinchalik «eng’ yuqori foydalilik» (naf) deb atalg’an tushunchani L.Valras «noyoblik» (rarete) deb izoҳlaydi. Buni u miqdor iste’molning’ kamayuvchi funkstiyasidir deb ifodalaydi (ya’ni biror noz-ne’matning’ iste’mol soni oshishi bilan uning’ noyoblik miqdorining’ ko’rsatkichi tobora pasayadi). L.Valras shuni aniqladiki, eng’ yuqori foydalilik - bu iste’molchi tomonidan (mazkur daromad doirasida) sarflanayotg’an mablaG’’larning’ so’ng’g’i porstiyalari (ulushi) uning’ uchun iste’mol qilinayotg’an barcha noz-ne’matlardan bir xil qoniqish ҳosil qilishidir. Shu bilan birg’a iste’molchi A ne’mat B ne’matdan qimmatliroq ekanlig’ini o’zi belg’ilaydi. Masalan, ung’a paypoq g’alstukdan, g’o’sht paypoqdan qimmatliroqdir va ҳokazo. Boshqacha qilib aytg’anda, iste’molchi o’zining’ belg’ilang’an daromadini g’alstukka nisbatan paypoqqa tezroq, paypoqqa nisbatan g’o’shtg’a tezroq sarflaydi. Mana shunday turli-tuman eҳtiyoj bo’lg’anlig’i tufayli, iste’molchi ҳar bir ne’matdan shunday miqdorda ҳarid qiladiki, so’ng’g’i juft paypoq, oxirg’i g’alsto’qva so’ng’g’i nimta g’o’shtdan bir xil qoniqish ҳosil bo’ladi.
    Iqtisodchilar ikki xil o’zaro boG’’liqlikni ajratadilar: o’zaro almashinuv va o’zaro to’ldirish. Ularning’ ҳar biri talab soҳasida ҳamda ishlab chiqarish soҳasida qayd etilishi mumkin. O’zaro almashinuvg’a oid misollar iste’mol tovarlarida ko’p uchraydi: plashch va zont, pivo va koka-kola, qo’y g’o’shti va tovuq g’o’shti, qand va shakar... Ishlab chiqarish soҳasida: G’’isht va beton, paxta tolasi va sintetik tola, ko’mir va g’az... O’zaro almashinuv ҳar doim ҳam to’la-to’kis bo’lavermaydi, shuning’ uchun odatda tovarlarning’ biri ikkinchisig’a nisbatan afzalroq bo’ladi (ҳammasi ҳaridorning’ beradig’an baҳosig’a boG’’liq).
    Meҳnat va mashinalar ayrim ҳolatda o’zaro almashinuvchi resurslar sifatida, boshqa ҳolatlarda o’zaro to’ldiruvchi bo’lib kelishi mumkin. Xuddi shu fikrni meҳnat, kapital va erg’a qo’llash mumkin. Klassik maktab vakillari uch resurs, ya’ni meҳnat, er va kapitalni faqat o’zaro to’ldiruvchilar deb ҳisoblashg’an. Neoklassiklar (Tyunendan boshlab) esa ularni ma’lum darajada o’zaro almashuvchi deb qaray boshlashg’an. Iqtisodchilar ana shu ikki tipdag’i boG’’liqlikni aniqlashning’ aniq yo’llarini ishlab chiqdilar.
    Amalda tovarlarning’ o’zaro almashinishi yuqorida keltirilg’an misollardag’idan ancha keng’dir. Bu ҳar doim iste’molchi sotib olish fondini uning’ daromadi cheklang’anlig’idan kelib chiqadi. Iste’molchi ҳar doim tanlashg’a muҳtoj, chunki u o’z daromadini imkoni boricha maksimal umumiy foydalilikka eg’a bo’lish uchun sarflashi kerak. Inflyastiya sharoitida aҳolining’ daromadi qadrsizlanib boradi. Bu sharoitda shuni ko’zatish mumkinki, bir tovar iste’moli boshqa tovar iste’moli bilan almashtiriladi. Bunda keying’i tovarning’ sifati pastroq va ammo ҳar ҳolda talabni koniqtiradi.
    Ҳaqiqiy iqtisodiyot ҳaqida g’ap borg’anda er baҳosi renta meҳnat baҳosi ish ҳaqi bilan ifodalanadi. Oxir-oqibatda Valras qonuni yuzag’a keladi, uning’cha bozor muvozanati sharoitida umumiy talab umumiy taklifg’a teng’dir; boshqacha aytg’anda umumiy daromadlar umumiy ҳarajatlarg’a teng’dir. Bu yuqoriroqda aytib o’tilg’an Sey (bozorlar) qonunini eslatadi. Farq shundan iboratki, Sey bo’yicha maҳsulotlar maҳsulotlarg’a almashadi, deb aytilg’an bo’lsa, Valras tovarlar ro’yxatig’a iste’mol ne’matlari va ishlab chiqarish omillarinig’ina emas, balki pullarni ҳam kiritdi.

    Download 103,54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish