Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Manometrik termometrlar
Manometrik termometrlarning ishlash prinsipi germetik berkitilgan termosistemadagi bosim (p) ning haroratga bog‘liqligiga asoslangan. Manometrik termometrning chizmasi 6.1- rasmda ko‘rsatilgan.
Asbobning termosistemasi termoballon 1, kapillar naycha (3) va manometrik prujinadan iborat. Uning bir uchi kapillar bilan, boshqasi, ya’ni kavsharlangan uchi esa o‘lchash asbobining (2) ko‘rsatkichi bilan ulangan.
Manometrik termometrlar ishchi moddasiga ko‘ra gazli, suyuqlikli va kondensatsion (bug‘-suyuqlikli) termometrlarga bo‘linadi. Bu asboblar suyuq va gazsimon muhitning — 200° dan +600 °C gacha bo‘lgan haroratini o‘lchashga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |