Mavzu: Ma’naviyat, ruhiyat, madaniyat - Ma’naviyat va ruhiyat tushunchalari, ularning o’zaro nisbati.
- Inson tabiati va shaxsma’naviyati.Milliy ma'naviyatimizda ruhiyat muammolarining o‘rganilishi va bu sohada erishilgan yutuqlarning ahamiyati.
- Ma’naviyat va madaniyat nisbati.“Moddiy" va “ma’naviy” madaniyat masalasi.Madaniyat shaxs ma'naviyatining moddiy voqelikdagi izlari sifatida.
Ma’naviyatga oid ba’zi kitoblarda hanuzgacha ruhiyat bilan ma’naviyatni aniq farqlamaslik, ularni bir-biri bilan qorishtirib yuborish holatlari uchraydi. Masalan, ularning birida “ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmui” deyilsa, ikkinchisida “ma’naviyat deganda – shaxsiy ong, kishilarning ruhiy faoliyati, ... insonning his-tuyg‘ulari, ... kabilar tushuniladi” deb ta’riflanadi. “Ma’naviyat, -deyiladi yana bir ta’rifda, - millatning asrlar davomida shakllangan... Yevropapsixologiya fani inson ruhiyatini xolis o‘rganishga harakat qiladi va bugungi kunda psixologiyailmi falsafiy fanlar turkumidan aniq fanlar (aniqrog‘i, tabiiy fanlar) turkumiga o‘tib bormoqda. Ammo milliy ma’naviy merosimizda inson ruhiy olamini o‘rganish va, ayniqsa, uni ma’naviy jihatdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqish borasida shunday salmoqli yutuqlarga erishilganki, ularni hisobga olmaslik, nafaqat bizning millat uchun, balki umumbashariyat uchun ham katta yo‘qotishlarga olib kelishi shubhasizdir - Yevropapsixologiya fani inson ruhiyatini xolis o‘rganishga harakat qiladi va bugungi kunda psixologiyailmi falsafiy fanlar turkumidan aniq fanlar (aniqrog‘i, tabiiy fanlar) turkumiga o‘tib bormoqda. Ammo milliy ma’naviy merosimizda inson ruhiy olamini o‘rganish va, ayniqsa, uni ma’naviy jihatdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqish borasida shunday salmoqli yutuqlarga erishilganki, ularni hisobga olmaslik, nafaqat bizning millat uchun, balki umumbashariyat uchun ham katta yo‘qotishlarga olib kelishi shubhasizdir
-
- Inson tarbiya bilan haqiqiy shaxsga aylanadi. Go‘daklik paytida hayvonlar ichiga tushib qolgan inson bolasi, agar mabodo tirik qolsa (hayotda bunga misollar bor), u birnecha yil faqat maymunlar yoki boshqa jonzotlar bilan birga yashagach, shaklan inson qiyofasida bo‘lsa-da, ruhan o‘sha hayvonlar darajasida qoladi va uni endi qayta tarbiyalab insonga aylantirib bo‘lmaydi. F.Nitshe to‘g‘ri aytgan, insonning qalbidagi xudosi “o‘lsa”, axloq (aniqrog‘i, ma’naviy kamolot ehtiyoji) ham unga ortiqcha dahmaza bo‘lib qoladi. Ma’naviyat botiniy qudrat, u bo‘lmagan joyda zohiran jamiyatdagi axloqiy meyorlarga rioya qilish mag‘zi puch yong‘oqni, yoki achchiq mag‘izli bodomni savlat uchun vazaga solib mehmon oldiga dasturxonga tortishdek gap
Do'stlaringiz bilan baham: |