Мavzu Ma’naviy ma’rifatli komil insonlarni tarbiyalash, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng yaxshi omili. Reja


Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartidir



Download 29,7 Kb.
bet3/3
Sana26.05.2020
Hajmi29,7 Kb.
#56111
1   2   3
Bog'liq
Мavzu Ma’naviy ma’rifatli komil insonlarni tarbiyalash, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng yaxshi omili.

2. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartidir.

Azalazaldan bir haqiqat borki, huquqini bilgan inson – qudratli inson. Zero bunday shaxs o‘z huquqi paymol bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, adolatsizlik, qonunbuzarlikka qarshi kurasha oladi, ayni paytda o‘z zimmasidagi ma’suliyat va burchni ham chuqur his etadi. Demak bunday shaxslarning ko‘pligi har qanday jamiyatning boyligidir.

maqsadni amalga oshirishga qaratildi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, O‘zbekiston hududida davlat va huquqning, shu bilan birga huquqiy ta’limning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladiki, bu haqida zardo‘shtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"da ba’zi ma’lumotlar uchraydi.

"Avesto jamiyatda huquqiy ta’lim, huquqiy madaniyatni oshirishga va huquqiy manbasi sifatida ko‘pgina ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga hizmat qiladi. Avestodagi tartibga solish, jazo usuli yuksak insoniy qadrqimmatlarga asoslangan. U tabiat, suvni muqaddas deb bilgan va ularga qarshi chiqqan yovvuz kimsalarni jazolagan". O‘rta Osiyoning Arablar tomonidan istilo qilinishi arafasida qonunchilikning rivojlanganligi, Sug‘dda mahsus sud notarial mahkamalarning mavjud bo‘lganligi haqida topilgan sud hujjatlari ham bu hududda o‘ziga xos huquq maktablari yaratilganligini, ularning an’analari avloddanavlodlarga O‘tib ketganligini ko‘rsatadi. Biroq O‘zbekiston hududida X asrdan ortiq hukum surgan va VIIXIII asrlarda o‘zining cho‘qqisiga erishgan islom huquqiy ta’lim tizimi sobiq Sovet tuzumigacha ajdodlarimiz huquqiy ongini tarbiyalagan asosiy ta’lim bo‘lib keldi.

Arab bosqinchilarinig O‘rta Osiyoni egallashi erli aholining huquqiy madaniyatida tub burilish yasadi. Jamiyatda Qur’on va hadislar asosiy huquqiy qoidalar sifatida amal qiladigan bo‘ldi. SHariat arabcha so‘z bo‘lib, to‘g‘rii yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik demakdir.

Darhaqiqat, shariatning har bir huquqiy yo‘nalishi qonunlarga tayanib ish tutishi, insonlar ongida yaxshilik, iymon va poklik yo‘lidan yurish, qonunqoidalarga amal qilish kabi aqidalarini singdiradi.

Huquqiy ta’lim o‘rta asrlarda, jumladan, arab istilosidan mo‘g‘ul bosqinigacha Movaraunahrda mavjud ta’lim tizimining barcha shakllarida ya’ni ommaviy ta’lim o‘choqlari bo‘lgan boshlang‘ich maktablar hamda o‘rta mahsus va oliy o‘quv yurtlari madrasalarda, shuningdek xususiy, ixtisoslashtirilgan mahsus va mustaqil o‘qish shakllarida olib borilgan, ta’lim sohasidagi bunday muhit huquq fanining keng yoyilishiga va fuqarola huquqiy ongining ommaviy o‘sishiga olib kelgan. Ayniqsa islom huquqining abadiy huquq sifatida talqin etilishi, uning ajdodlarimiz ongidan mustahkam joy olishiga sabab bo‘lgan. SHu sababli ham o‘tmish tariximizda jinoyatchilik, beodoblik, insoniy fazilatlarga zid ishlar kam uchragan. Bu o‘z o‘rnidan ko‘rinib turibdiki, aholi va davlat o‘rtasida qonunlarning kuchli yo‘lga qo‘yilganligi, aholining huquqiy madaniyati etarli darajada bo‘lganligidan iboratdir. Mazkur huquqiy qadriyatlar va bilimlar nafaqat ajdodlarimiz huquqi, tarixi, balki butun jahon huquqi tarixida juda qimmatli bo‘lib, ularni qiyosiy tahlil etish va umuminsoniy jihatlarini qadriyat sifatida Respublika zamonaviy huquqi va huquqiy ta’limini taraqqiy ettirishda foydalanmoq lozim. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olishda muhum omil bo‘lib hizmat qiladi.

Huquq va huquqiy madaniyat bir biri bilan bog‘liq tushunchalardir. Huquqiy madaniyat bu jamiyat, ko‘zgusidir. Agar jamiyatda har bir fuqaro huquqqa, qonunga hurmat bilan munosabatta bo‘lsa, huquq va qonunchilikning ustivorligini tan olsa, davlatda tartib o‘rnatiladi. Va aksincha, huquq normalariga hurmatsizlarcha munosabat qonunsizlikka, jamiyat turmush me’yorining buzilishiga, jinoyatchilikning o‘sishiga olib keladi. SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, huquqiy madaniyatni yaxshi bilmaslik, huquqiy ongni pastligi tufayli voyaga etmaganlar o‘rtasida talonchilik, bosqinchilik, odam o‘ldirish kabi holatlar uchrab turibdi. Sud amaliyotida ma’lum bo‘lishicha o‘zgalar mulkini talontaroj qilish jinoyatda uyushgan guruhning aksariyatini voyaga etgan shaxslar tashkil qiladi. Biroq voyaga etmaganlarning ular ichida mavjudligi tashvishli holdir.

Huquq va huquqiy madaniyat masalasi turmushimizning barcha jihadlarini qamrab olgan, va u har birimiz uchun dolzarb masalalarga aylanib borayapdi. Huquqiy madaniyat fuqoralar va mamlakatlar o‘rtasidagi mulkiy, iqtisodiy, ommaviy, milliy, shaxsiy va boshqa munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar, normalar, qoidalar majmuasidir. Agar inson ularni o‘zlashtirib, o‘z hayotiy faoliyatida ularni ongli ravishda qo‘llay olsa, uning huquqiy madaniyati shunchalik yuqori bo‘ladi, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya esa shunchalik darajada kamayib, yo‘qolib boradi. Huquqiy madaniyat davlat sud, prokuratura, advakatura, jazoni ijro etuvchi idoralarga tayanadi va u jamiyatda adolat, osoyishtalik, tinchlikni ta’minlashga hizmat qiladi.

"Tabobatda bemorni davolashdan ko‘ra, kasallikni oldini olish ko‘proq samara berishi isbotlangan. Prokuratura faoliyatida ham jinoyatchilikni oldini olish samarali usul sanaladi, buning uchun fuqoralarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamoatchilik birlashmalari va aholining keng qatlamlarini jinoyatchilikka qarshi kurashga jalb etish taqoza etiladi. CHunki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining bosh maqsadi bo‘lgan huquqiy, demokratik va adolatli jamiyatni qurish, yuksak huquqiy madaniyatni, yuqori saviyadagi ma’naviyatni amalda shakllantirish demakdir.

Halqimizning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish borasida ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda, viloyatlarda bir nechta huquqiy jurnal va gazetalar nashr etilmoqda. Televidenie va radio huquqiy mavzularda muntazam ravishda ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilmoqda. Bu albatta, fuqoralarimizda qonunlarni, hurmat qilish va unga amal qilish hissini o‘yg‘otadi. Fuqoralarimiz qonunlarni qanchalik chuqur bilsalar, huquqbuzarlik holatlari shunchalik kamayadi. Bu borada prokuratura organlari xodimlari O‘tkazayotgan juda ko‘plab Huquqiy targ‘ibot ishlarining samarasi kattadir.

Barcha qonunlarimiz konstitutsiyaga mos ravishda qabul qilingan va qabul qilinmoqda. SHu tufayli qonunlarni o‘rganishda eng avvalo, konstitutsiyani halqimiz o‘rtasida keng tushuntirishni tashkil etib, undagi har bir tushunchani fuqora ongida singdirishni yo‘lga qo‘yish dolzarb masala bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001yil 4 yanvar kunidagi "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘riisida"gi farmoyishining maqsadi ham "hayotimizning asosiy qonuni bo‘lmish O‘zbekiston Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, ma’no mazmuni va mohiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri, madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish, shuningdek Konstitutsiyasini bilish, uning mazmun mohiyatini targ‘ib va tashviq qilishdan» iboratdir.

Demokratik mamlakatlardagi jamiyat a’zolari huquqiy ongining yuksak darajada shakllanishi perovardida barcha ijtimoiy islohatlar evolyusiyaviy rivojlanish tussini olib kelmoqda. Davlat hokimiyatining amalga oshirilishida jamiyat a’zolarining faol ta’sirini ham bevosita huquqiy ong darajasiga bog‘lab ko‘rsatish mumkin.

Huquqiy ongning shakllanishida huquq manbalarining ahamiyati yuqori bo‘lib, ular ichida Konstitutsiya shubhasiz, birinchi o‘rinda turadi. Konstitutsiyani mukammal o‘rgangan shaxs ongida huquqning barcha sohalari bo‘yicha aniq tasavvur, ko‘nikma, tushuncha hosil bo‘ladi va u orqali inson o‘zining tabiat yaratgan eng oliy ne’mat ekanligini his qiladi va jinoyatchilik, kolrrupsiyaviy illtalardan hazar qiladi.

Konstitutsiyani bilish o‘z huquqini bilish, o‘zgalar huquqini hurmat qilish, jamiyat va davlat oldidagi o‘z ma’suliyatini anglab etish demakdir. SHu o‘rinda Konstitutsiya jamiyat a’zolari huquqiy ongining mahsuli ekanligini e’tirof etish bilan birga, Konstitutsiya yuksak huquqiy ong mahsuli deb qarashini ta’kidlamoqchimiz.

Istiqlolga erishgan O‘zbekistonda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, jamiyatning huquq tizimi, ma’naviyat va ma’rifat sohalarida keng ko‘lamda islohatlar amalga oshirilmoqda. Islohatlarning mufaqqiyatli va jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan fuqoralarning huquqiy ongi va madaniyati darajasiga bog‘ltiqdir.

Darhaqiqat, huquqiy madaniyat jamiyatda demokratiyani rivojlantirishga, ijtimoiy adolatning qaror topishiga, jamiyat yaxlitligi, osayishtaligini saqlashga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Respublikamizda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamiyat hayotini demokratlashtiruvchi shartsharoitlarni vujudga keltirish uchun aholiga huquqiy ta’lim berish tizimini tashkil etish g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Respublikamiz huquqiy ta’lim va tarbiya uchun ob’ektiv zaruriy muhitni yaratdi. CHunki yuzaga kelgan yangi turmush ijtimoiy ahloq va qiymatlarning sifat jihatidan o‘zgarishini ham talab qilmoqda. Bu ayni paytda kishilarning huquqiy jihatdan ma’lumotli bo‘lishi, ularning bozor munosabatlariga moslashishi va unda yashash istagi bilan aynibir paytda sodir bo‘lmoqda.

Kishilarning hozirgi kunda huquqiy ongi o‘sish uchun eng muhim omil bo‘lgan mulkka munosabatning, o‘zgarishdir. Bu hol mamlakatga va mulkka egalik hissini rivojlantiradi, ishlab chiqarish intizomiga, yuridik va jismoniy shahslar orasidagi huquqiy mehnat munosabatlariga javobgarlik tuyg‘usini hosil qiladi. Ijtimoiy jaroyonning o‘zi ham mulk egasi oldida huquqiy malaka va bilimga ega bo‘lish talabini qo‘ymoqda.

Rivojlangan huquqiy madaniyat qishloqda amalga oshirilayotgan ijtimoiysiyosiy islohatlar uchun eng yaxshi asos hisoblanadi. SHu sababli huquqiy islohatlar, aholining har bir qatlamiga xos hususiyatlarni inobatga olgan holda, izchil amalga oshirilmog‘i kerak.

Huquqiy madaniyat tushunchasini aniqlashda uning qaysi sub’ektga nisbatan qo‘llanilayotganligi (Jamiyat, sinf, qatlam, ijtimoiy guruh ayrim shaxslar) huquqiy faoliyatining shakl va turlari, shart sharoitlarini nazarda tutish lozim. CHunki odamlarning hayoti turli xildagi turli faoliyatlar majmuidan iborat. Bu majmuaning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy tamonlari bor.

Huquqiy madaniyatni fuqarolarda shakllantirish, uning mazmunmohiyatini aniq ravshan tushuntira oladigan, barcha qrnun tizimlarini puxta o‘rganishga jalb qiladigan qayta malakalash muassasalarini kengaytirish lozim. Bu muassasalar huquq va erkinliklarni, qonunlarni mukammal egallanishda, huquqiy madaniyatni keng rejalarini o‘rganilishida asosiy ta’lim o‘chog‘i bo‘lib xizmat qiladi.



SHunday ekan, huquq va huquqiy madaniyat demokratik tamoyillarga asolangan ijtimoiy adolatni tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, uning jamiyatdagi targ‘ib tashviqin keng yo‘lga qo‘yish kerak. Mana shunday onlarda biz korrupsiyaning jamiyatdan yo‘qolishiga erishamiz. Biz bir narsani yaxshi anglashimiz zarurki, fuqoralarimizda komil insoniylik g‘oyasini singdirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz, korrupsiyaning tomiriga bolta urish bilan barobardir.

YUqorida keltirilgan ma’lumotlardan shuni isbotlaymizki, huquqiy madaniyat va huquqiy ongni yanada shakllantirishimiz kelajagimiz rivojidir.
Download 29,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish