Mavzu: Ma’lumotlarni qayta kiritish. Noto’g’ri ma’lumotlar



Download 21,88 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi21,88 Kb.
#551550
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1


Laboratoriya ishi 1
Mavzu: Ma’lumotlarni qayta kiritish. Noto’g’ri ma’lumotlar

Hozirgi zamonda iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu informatsion


texnologiyalar (ya’ni, axborot texnologiyalar) hisoblanadi. U ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlashni amalga oshirib, asoslangan boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
"Axborot" (informatsiya) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib biron-bir voqea, hodisa, fakt yoki faoliyat haqida xabar qilish ma’nosini bildiradi. Axborot tushunchasi real voqe’likning amaliy holatini to‘la mazmunda aks ettirishdan iboratdir.
Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va
holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat
saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham bo‘ladi.
Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy
axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy zahiralar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir.
Axborot texnologiyasi (AT) ob’ekt , jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
3.Axborot jamiyati
Axborot jamiyatiga o‘tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari
negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Axborot jamiyati - ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatidir.
Axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
- axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya’ni axborot mo‘l-ko‘lligi va axborot taqchilligi o‘rtasidagi ziddiyat yechildi;
- boshqa zahiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta’minlandi;
- rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo‘ladi;
- eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan holda
bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllandi;
- axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib,
umumiylik xususiyat kasb etmoqda;
- butun insoniyat sivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda;
- zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun sivilizatsiya axborot zahiralariga erkin kirishi amalga oshdi.
Ijobiy tomonlardan tashqari, salbiy oqibatlar ham oldindan ko‘rilgan:
- ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi;
- axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib yuborishi;
- sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi;
- ko‘pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi.
Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Axborot zahiralari - alohida hujjat va alohida hujjat to‘plami, axborot tizimlari
(kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamidir.
Moddiy zahiralar - ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun
mo‘ljallangan mehnat predmetlari yig‘indisidir, masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hokazolar.
Tabiiy zahiralar - kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun
jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat ob’ektlari, jarayonlari, sharoitlaridir.
Mehnat zahiralari - jamiyatda ishlash uchun umumiy ma’lumot va kasbiy bilimlarga
ega kishilardir.
Moliyaviy zahiralar -davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘laridir.
Energetika zahiralari - energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko‘mir, neft,
mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar.
Kibernetika, so‘ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi bilan axborot so‘zi o‘zining dastlabki ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsada, ayni paytda bir qator yangi ma’nolarga ham ega bo‘ldi. Axborot deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma’lumotlar, dalillar, bilimlar yig‘indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yokikuzatish yo‘li bilan yoki ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida yoki mavhum gipotetik tizimlarni o‘rganish - mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.
Tajriba o‘tkazilguncha mavjud bo‘lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi – aposterior deyiladi. U shuningdek chin yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Axborot olish jarayoni ko‘pincha statistik xususiyatga ega bo‘lgani uchun tizim haqidagi axborot (ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki ehtimollashgan ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga
kelgan: Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira bo‘lib, energetika
yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot,
fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda.
Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma’lumotlari,
bilimlari yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining ma’lumoti va “xom-ashyo”sidir.
Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar
tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig‘indisidir, ya’ni axborot zahiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi. Ko‘rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to‘liq, axborot jarayonlari ko‘p
qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.
Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot
sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi.
Axborot texnologiyasi (AT) ob’ekt, jarayon yoki xodisaning xolati haqida yangi sifat
axboroti olish uchun ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang‘ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va
kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil
tizimlar tashkil etadi.
Download 21,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish