SQL – strukturialashtirilgan so'rovlar tili. Ushbu til yordamida biz ma'lumotlar bazalari bilan turli xil harakatlarni amalga oshiramiz.
Ma'lumotlar – strukturialashtirilgan ma'lumot.
Ma'lumotlar bazasi - bu predmet sohasi tomonidan aniqlangan ma'lumotlar to'plamidir. Oddiy qilib aytganda: jadvallar to'plami
Jadval (mohiyat) - bu ma'lumotlarni relyatsion ma'lumotlar bazasida saqlanish usuli (ma'lumotlar bazasidagi minimal o'lchov birligi). Jadval oddiygina ma'lumotlar bazasidagi munosabatlar deb ataladi.
MBBT – ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi: ma'lumotlar bazalari bilan har xil amallarni bajarishga imkon beruvchi dastur.
Biznes qoidalari - ma'lumotlar bazasini loyihalashda ko'rib chiqiladigan rasmiy qoidalar. Boshqacha qilib aytganda: bu biz ma'lumotlar bazasi yordamida tavsiflashimiz va avtomatlashtirishimiz kerak bo'lgan jarayon yoki jarayonlar to'plami.
Predmet soha – bu ma'lumotlar bazasini yaratishda tasvirlangan yoki avtomatlashtirilgan real hayotning bir qismidir. Masalan: ombor, do'kon, kutubxona, yoqilg'i quyish shoxobchasi.
Mijoz - ma'lumotlar bazasiga kiradigan shaxs yoki dastur.
Kalitlar yoki kalit atributi - ma'lumotlar bazasida mohiyat/ob'ekt/jadvalni noyob ravishda aniqlaydigan atribut (ustunni misol qilsada bo’ladi) yoki atributlar to'plami.
Birlamchi (asosiy) kalit - ob'ektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladigan kalit.
Alternativ kalit (muqobil kalit) - bu ba'zi bir sabablarga ko'ra asosiy kalit sifatida ishlatilmaydigan kalit.
Kompozit kalit - bu bir nechta atributlardan foydalanadigan kalit.
Surroqat kalit - qiymati MB ma'lumotlar bazasi tomonidan generatsiya qilingan kalit tushuniladi.
Normal forma - bu ma'lumotlarning relyatsion modelidagi munosabatlar xususiyati bo’lib, uni ortiqcha nuqtai nazaridan tavsiflaydi, potentsial ravishda tanlashning mantiqiy noto'g'ri natijalariga yoki ma'lumotlarning o'zgarishiga olib keladi. Normal forma - bu munosabatlar qondirishi kerak bo'lgan talablar to'plami. Sodda qilib aytganda: Normal forma bu ma'lumotlar bazasining holati. Tabiatda modda to'rt holatda bo'lishi mumkin: suyuq, qattiq, gazsimon va plazma shaklida. Relyatsion ma'lumotlar bazalari to'qqizta holatda bo'lishi mumkin.
Munosabatlar - bu ma'lumotlarning relyatsion modelining asosiy tushunchasi. Shu sababli model relyatsion deb nomlanadi. Taxminan aytganda, munosabatlar- bu jadvaldir.