Gipertenzion-gidrotsefal sindrom-kalla suyagi ichki bosimining oshishi sindromi. Bunda bosh o‘lchamining kattalashuvi, peshona do‘ngalagining bo‘rtib turishi, chakka sohalarida vena qon tomirlarining kengayishi kuzatiladi. Bu sindrom eng avvalo aqliy ish qobiliyatining buzilishida ixtiyoriy faoliyat va bolalar xulq-atvorida, shuningdek, faoliyatning istalgan turidan tez toliqish va zerikishda, yuqori darajadagi qo‘zg‘oluvchanlikda, ta’sirlanuvchanlikda, harakatchanlikda namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda, telbanamolik va beg‘amlik ko‘rinishlari bilan ko‘tarinkieyforik kayfiyat kuzatiladi. Bunday bolalar issiq, dim havoga chidamsiz bo‘lib, bosh og‘riqlari va bosh aylanishlaridan shikoyat qiladilar.
Tserebrastenik sindrom-yuqori darajadagi nerv-psixik toliqish, hissiy turg‘unsizlik, faol diqqat, xotira funksiyalarining buzilishi ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda bu sindrom giper qo‘zg‘aluvchanlik-umumiy hissiy va harakat notinchligi belgilariko‘rinishlari bilan: boshqa hollarda-tormozlanganlik, lanjlik, passivlikning ustunligi bilan uyg‘unlashib keladi.
Xarakat buzilishi sindromlari mushaklar tonusining o‘zgarishi, Engil geli va monoparezlar, yaqqol ifodalanmagan muvozanat va harakatlar koordinatsiyasi buzilishlari, qo‘l barmoqlari differensirlashgan motorikasining Etarli emasligi, umumiy va oral praksisning shakllanmaganligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalarda ko‘pincha Engil dizartriya ko‘rinishlariga asos bo‘luvchi Engil parezlar, alohida til mushaklarining majburiy xarakatlari ko‘rinishidagi artikulyatsion motorika buzilishlari kuzatiladi.
Klinik va psiholgo-pedagogik tekishirishlar, bu guruh bolalarida bilish faoliyatining xarakterli kamchiliklari mavjudligini ko‘rsatdi. Bunday bolalarninig oliy psixik faoliyatlarini tekshirish jarayoni, ularda alohida gnozis, praksis ko‘rinishlarining O‘choqli Etishmovchili mavjudligini ko‘rsatdi. Bu neyropsihologik va elektro ensefalografik tarqiqotlarda tasdiqlangan. Xususan, geometrik shakllardan nusxa olishdagi, rasm chizishdagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, ko‘ruv-fazoviy gnozisning shakllanmaganligini ko‘rsatadi.
Bu guruhdagi ko‘pgina bolalar umumiy motor kamchiligi bilan farq qiladilar, ular bir harakat turidan ikkinchisiga qiyinchilik bilan o‘tadilar. U yoki bu harakatli vazifalarni avtomatik tarzda bajara olmaydilar va hattoki oddiy ritmlarni ham amalga oshirolmaydilar. Umumiy va oral praksisning buzilishi, bunday bolalr uchun xarakterlidir.
Ko‘rsatilgan buzilishlar odatda fonematik idrok buzilishi bilan uyg‘unlashadi.
Bunday bolalarda hissiy-irodaviy sohaning shakllanmaganligi aqliy ish qobiliyatining pastligi, hissiy labillik, gohida harakat qo‘zg‘aluvchanligi, yuqori affektiv qo‘zg‘alish, ko‘pincha telbanamo qiliqlar va eyforiya turi bo‘yicha ko‘tarinki kayfiyat ustunligi holati bilan birgalikda namoyon bo‘ladi.
Ularning ayrimlari uchun aksincha, yuqori darajadagi tormozlanganlik, ishonchsizlik, sustlik, mustaqil emaslik xarakterlidir. Bu bolalr odatda lanj, tashshabbussiz, kam harakat bo‘ladilar. Ularning faoliyati samarasiz xarakterga egadir.
Bu guruh bolalari uchun miqdor munosabatlarini tushunish, son va natural son qatorlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish birmuncha murakkabdir. Bunday bolalarning matematikani o‘zlashtirishlarida yaqqol ifodalangan va turg‘un qiyinchiliklar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |