Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik xususiyatlari. Reja: Kirish



Download 93,71 Kb.
bet9/13
Sana16.06.2022
Hajmi93,71 Kb.
#676943
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik xususiyatlari

Didaktik o‘yinlar.
Kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi bolalar odatda berilayotgan bilim va ko‘nikmalar o‘yinda, rasm chizishda yoki boshqa ularni o‘ziga jalb qiluvchi harakatda qo‘llansagina, o‘quv topshiriqlarini darhol qabul qiladilar.
Maktab yoshiga yaqinlashgan bolalarda maxsus tashkillashtirilgan o‘quv sharoitida o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirilgan materiallarni amalga oshirish imkoniyati bilan bog‘lamasdan qabul qilish qobiliyati paydo bo‘ladi. Bilimni kelajakda «foyda keltiradigan» qilib o‘zlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yin (loto, rasmli kubiklardan har turli ko‘rinishlar chiqara bilish, son-sanoq, mozaika, shashka, topishmoqlar kabi) maktabgacha yosh davrida oddiy o‘quv topshiriq usuliga ko‘ra bilim olishning samaraliroq yo‘lidir, didaktik o‘yinlar ko‘pincha turli vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlar va tafakkurlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Bu jihatdan didaktik o‘yinlar katta guruh bolalarini maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorlash vositalaridan biridir. Biroq shu narsani eslatib o‘tish kerakki, bolalarning o‘qish faoliyati bevosita didaktik o‘yinlardan kelib chiqmaydi.
Ammo kichik va o‘rta maktab yoshida didaktik o‘yin asosiy o‘rin egallasa, katta bog‘cha yoshi davrida bu farq ancha pasayadi. Bu bolalarni o‘quv topshiriqlarini qabul qilish qobiliyati oshayotganini bildiruvchi ko‘rsatkichdir. Bu bolalarni amallarning bajarilish usullariga e’tibor bera boshlashi, ularni o‘quv topshiriqlari mazmunini tushuna boshlaganini bildiradi.
Ular ongli ravishda bu usullarni egallashga harakat qiladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar biror maqsadga qaratilgan kuzatuvlarni, predmetlarni tasvirlashni, qiyoslashni va ularni guruhlarga bo‘lishni, hikoya va suratlar mazmunini bir-biriga bog‘lagan holda gapirib berishni, arifmetik masalalarning hisob va yechim yo‘llarini topishni va hokazolarni o‘rganadilar.
Masalalarni to‘g‘ri bajarilishi va kattalar tomonidan qo‘yilgan talablar amalga oshishi muhim ma’noga ega bo‘ladi. Bunday hollarda bolalar kattalarga bajarilgan u yoki bu o‘quv topshiriqlari to‘g‘riligini baholashlarini so‘rab tez-tez murojaat qiladilar.
Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar masofaviy aloqani aniq tasvirlashni o‘rganish jarayonida, bir necha marta tarbiyachiga murojaat qiladilar: «Meni chizayotganim o‘xshayaptimi, iltimos, ko‘rib bering? »; «Burchagi burchagiga to‘g‘ri kelishi kerak, bu uchburchak narigisini to‘g‘risida bo‘lishi kerak. To‘g‘rimi?».

Download 93,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish