Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik xususiyatlari. Reja: Kirish


Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari



Download 93,71 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2022
Hajmi93,71 Kb.
#676943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik xususiyatlari

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.

Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bog‘cha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi xamda shaxsiy individual xususiyatlari (insoniy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi.
Mashxur rus pedagoglaridan P.F.Lestgafning fikricha, insonning bog‘cha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo’lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi.
Bola bog‘cha yoshiga yetgach, uning psixik taraqqiyotida jiddiy o’zgarishlar yuzaga keladi. Chunki xuddi ana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati anchagina kuchaya boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bola mustaqil faoliyatda bo’la olishi uchun zarur bo’lgan ikkita qudratli kuchga ega. Birinchidan, ma’lum darajada o’ziga buysundirilgan xarakat apparatiga, ikkinchidan esa, atrofidagi katta odamlar va o’z tengdoshlari bilan bir qadar erkin munosabatda bo’la oladigan nutqga ega.
Mana shuning uchun bu yoshdagi bolalarning xulq-atvorlari, xatti-xarakatlari, qizikish va extiyojlari bog‘chaga tarbiya yoshidagi bolalarnikidan keskin farq qiladi. Bu esa, uz navbatida, bog‘cha yoshidagi bolalar bilan bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga xam turlicha munosabatda bo’lishni taqozo qiladi.
Bog‘cha yoshidagi davrda bolaning barcha psixik jarayonlari jadal borib, uning tashqi muxit bilan bo’lgan munosabatlarida anchagina o’zgarishlarni yuzaga keltiradi.
Bir tomondan, bola bog‘cha yoshiga yetgach, kattalarning doimiy yordamlaridan ancha ozod bo’lib, ulardan bir qadar uzoqlashadi, ikkinchi tomondan, kattalar bilan bo’lgan munosabatlari murakkab, ko’p tomonlama xarakter kasb eta boshlaydi.
Shu narsa xarakterliki, kichik bog‘cha yoshidagi bola doimiy yordam va g’amxurlik talab qiladigan ob’ektdan sekin-astalik bilan oila xolida bog‘cha bolalar gruppasining faol a’zosiga aylana boshlaydi.
Demak, bu davrdan boshlab, muxtojlikdan qutilib, o’zi xam boshqalarga ma’lum darajada yordam bera oladigan, o’zining burchi, vazifalari, qiziqishlari xamda xilma-xil extiyojlariga ega bo’lgan shaxsga, jamoa a’zosiga aylana boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jixatdan rivojlanishlarida ularda paydo bo’ladigan xilma-xil extiyoj va qiziqishlar bolalarni u yoki bu xarakatga undovchi, ularni ishga soluvchi (omil) xisoblanadi. Ma’lumki, ilk yoshdagi bolalarda (Yangi chaqaloqlarda) asosan organik extiyojlar (masalan: ovqatlanish, tashnalikni qondirish, uxlash kabi) mavjud bo’ladi. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar esa bunday organik extiyojlardan tashqari ijtimoiy va intellektual extiyojlarning dastlabki kurtaklari yuzaga kela boshlaydi.
Masalan: bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar yaxshi gapira olmasalar xam, xaddan tashqari qiziquvchan bo’ladilar. Ular ko’zlariga ko’ringan xar bir narsani qo’llari bilan timirskilab ushlab ko’rgunlaricha tinib tinchimaydilar.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda uchraydigan mana shunday qiziquvchanlik ularda intellektual extiyojlarning yuzaga kelayotganidan dalolat beradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy intellektual va axloqiy extiyojlar yaqqol ko’rina boshlaydi. Agar bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bola uzoq vaqt davomida yolg’iz o’zi biron o’yinchoq bilan mashg’ul bo’lib o’tira olsa, bog‘cha yoshidagi (xususan urta va kata gruppa bolalari) bola bunday yolg’iz o’ynashga toqat qila olmaydi.
Ularda o’zlariga yaqin bo’lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo’lish extiyoji tug’iladi. Ular tor oila doirasidagi munosabatlar bilan o’z extiyojlarini qondira olmay kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar.
Natijada bu yoshdagi bolalarning ijtimoiy munosabat va faoliyat doiralari tobora kengayib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar tabiatlariga xos bo’lgan kuchli extiyojlardan yana biri xar narsani bilib olishga bo’lgan extiyojdir.
Bolaning faoliyat doirasi kengaygan sari atrofidagi narsalarni bilishga qaratilgan extiyojlari xam orta boradi. Bunga sabab bolada turmush tajribasining ozligidir. Xar bir narsa bola uchun yangilik bo’lib tuyuladi va bola uni xar tomonlama bilib olishga intila beradi. Shuning uchun xam ular juda ko’p savollar beradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jixatdan rivojlanishlarida bog‘cha muxiti juda katta rol o’ynaydi.



  1. Download 93,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish