Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma'lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog‘langandir. Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va metodlari ishlab chiqiladi. Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko‘mkmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Bular quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: -o‘yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish. orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash; - san'at asarlari (badiiy tarbiya] vositasida estetik tarbiya berish. Estetik tarbiyaning vazifalari.Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi go‘zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda va turmushda, yaratuvchilik, mehnatda, ijtimoiy hayotda, kishilar xatti-harakatida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zalliklarni ko‘ra bilishga o‘rgatish. Ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash, kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash. Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga, ashula aytishga va shunga o‘xshashlarga o‘rgatish metodikasi mukammal ishlab chiqilgan.
Bola ijodining mazmuniga ta’sir etadigan asosiy vosita, bolani hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta'sir etuvchi narsa tevarak-atrofdagi yorqin, jonli taassurotlardir. Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojiantirish estetik idrok va hislarni rivojiantirish bilan bog‘liq holda olib boriladi. Agar bola qishki tabiatning go‘zalligini his eta olsa, u, albatta, shu go‘zallikni rasmda, hikoyasida aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa, undagi qahramonlar bola tushuncha . Bolalami badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa, qo‘shiq, rasm va boshqalar) yaratilgan san’at asarlarini ko‘rish, tushunish va sevishga o‘rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini shakllantirish; chiroylini xunukdan, g‘amginlikni xursandchilikdan farqlay olish; ranglar, shakl, tovushlami bir-biridan ajrata olish kabi sensor etalonlar bilan tanishtirish. Bolani san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, she’г, ocqish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o‘yin, hikoya qilish, rasm chizish, biror narsa yasash yoki qurish) kabilarda yanada faolroq harakat qilish va o‘zini ko‘rsata bilishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni о‘stilish, fazoviy va rang munosabatlarini, mo‘ljalga olish, ko‘rish xotirasi, qo‘llami chaqqon harakat qildira olish malakasi, jo‘shqin kayfiyatni ko‘rsatuvchi hissiy sezgirlikni rivojiantirish va hokazo. yaqin bo‘lsa, bunday kitoblar bolalar o‘yini uchun rasm chlzish va loydan narsalar yasash uchun bitmas-tuganmas manba bo‘lib xizmat qiladi.
Agar bolalar tilning go‘zalligini, she'rning ritmini, ohangdorligini his eta olsalar, o‘zlari ham kichkina she'rlar to‘qib, qofiyalar tanlashga urinadilar. Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning hamma turlarida ham xayolning ma'lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi ta'minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo‘yishga o‘rgatiladi. Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko‘ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o‘yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o‘zlarining badiiy ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o‘ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o‘rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga havas juda erta uyg‘onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo‘lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi iste'dodning ilk kurtaklarini ko‘rishlari mumkin.
Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab o‘stirishlariga, ularga to‘g‘ri rahbarlik qilishlariga bog‘liq. Estetik tarbiya vositalari Bolalarda go‘zallik haqidagi bilimlar atrof voqelikni uning butun xilma-xilligida, shuningdek go‘zallik eng ko‘p jamlangan holda aks etadigan san'atni estetik o‘zlashtirish jarayonida tarkib toptiriladi. Hayot xilma-xilligi san'at turlari va janrlarning xilma-xilligiga sabab bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har biri o‘z janriga ega bo‘lgan grafika, rang-tasvir, haykaltaroshlik, manzarali amaliy san'at, adabiyot va musiqa bilan tanishadi. Bolalar shuningdek, bizni o‘rab turgan dunyoning eng muhim estetik tomonlari va xususiyatlarini ham egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi davrida musiqa, vokal va cholg‘u, undagi mavzuni xilmaxilligi, ayrim asarlarning janri, tuzilishi, musiqali ifoda vositalari, musiqa asboblari haqida ham bilim beriladi. Bolalar xalq qo‘shiqlari va raqslari, doira bo‘lib qo‘shiq aytish, klassik va zamonaviy musiqa asarlari bilan tanishadilar. MTMni o‘rab turgan go‘zailik muhiti bolalarning har tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Bolalarni o’rab turgan muhit ,
turmush tarzi
Tevarak-atrofdan olingan
muhit
Bolalarni tasviriy faoliyati
Bayramlar tadbirlar ko’nggil ochar tadbirlar
Do'stlaringiz bilan baham: |