Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat reja



Download 31,87 Kb.
bet3/4
Sana30.03.2022
Hajmi31,87 Kb.
#517378
1   2   3   4
Bog'liq
4-мавзу

Akmeologik yondashuv ta’limning shaxsiy yo’nalgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning mohiyati shundaki, ta’lim shaxs hayotiy olami, pedagog va bolaning mazmuniy reallik yuzasiga o’tadi. Ta’lim pedagog va bolaning nafaqat fikr va munosabatlarini o’zgartirishga, balki o’zaro ta’sir sub’ektining shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunday yondashuv ta’limni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitishga, ya’ni hamkorlikka, birgalikda ijod qilishga aylanishiga xizmat qiladi. Bunda ta’lim jarayonida asosiy qarama-qarshilik, ta’limni ideal shaklga olib kelish uchun ta’lim mazmunida mavjud pedagog va bolaning real hayotiy pozitsiyasi amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv ta’limning yakuniy natijasiga erishishiga – pedagog va bolani universallashtirish (takrorlanmaslik, noyoblik) va amaliy funksiyani bajarilishiga yo’naltiradi.
Fan va jamiyat tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni inobatga olgan holda bugungi kunda ta’limda barcha yondashuvlardan birgalikda foydalanish ma’qul. Chunki, ularning har biri alohida bitta funksiyani, ta’limning bitta maqsadini amalga oshiradi.Ta’lim islohoti texnologiyasini didaktika va metodika pozitsiyasi nuqtai nazaridan ko’rib chiqish zarur. Maktabgacha yosh davrida bolaning nutqiy rivojlanish uslubiyati asosiy ahamiyatga ega (nutqiy faoliyatning rivojlanishi). Bolaning nutqiy hulqi asosida “uning dolzarb rivojlanish darajasi”ni, “yaqin kelajak taraqqiyot darajasi”ni aniqlash mumkin. Binobarin, gap bolaning nutqiy faoliyatini rivojlantirish uslubiyati haqida borishi kerak.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining didaktik modeli shunday omillarni qamrab olishi kerakki, pedagog ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni amalga oshirishi, ta’lim shartiga bog’liq ravishda o’z qoidalarini ishlab chiqishi mumkin bo’lsin. Bular quyidagicha: pedagog va bola o’zaro ta’sirining didaktik tamoyillari, vositalari, bosqichlari, turi va yo’llari
Didaktik tamoyillar: faollik tamoyili bola xususiyatlarini bilish faoliyati sub’ekti sifatida hisobga olishga asoslanadi; ko’rgazmalilik tamoyili bolalar tomonidan tevarak olamni idrok etish xususiyatlariga asoslanadi; tushunarlilik tamoyili bolalar bilish faoliyatining rivojlanish qonuniyatlari bilan bog’liq; amalga oshiriluvchi tamoyil ta’lim jarayonida bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olishni taxmin qiladi; tizimlilik tamoyili bolaning tevarak-atrofni anglashi orqali muloqot darajasini hisobga olish bilan bog’liq. Ta’lim vositalari: nutqiy, faoliyatli, moddiy, texnik. Bosqichlari: tanishtiruvchi, differensiatsiya, integratsiya.
O’zaro ta’sir turlari:
I-tur – emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifasi - emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi bilan almashish, kelgusi birgalikdagi faoliyat uchun emotsional kayfiyat va motivatsiyani yaratish.
II-tur – ijodiy faoliyat tajribasini o’zgartirish. O’zaro ta’sirning mazkur turi ta’limning bilish jihatini, ta’lim maqsadini amalga oshirib, bolani individuallashtirishga qaratilgan.
III-tur – o’quv vazifalarini yechish mumkin bo’lgan vositalarni mustahkamlash uchun faoliyat usullarini amalga oshirish tajribasi bilan almashish. O’zaro ta’sirning bu turi ta’limning psixologik jihatiga asoslanib, rivojlanuvchi maqsadni amalga oshiradi va bola shaxsi shakllanishiga yordam beradi.
IV-tur – ta’limning akmeologik jihatini amalga oshirish. Pedagog notanish sharoitlarda yo’nalish olishni yaratadi. O’zaro ta’sir mazkur turining vazifasi – mazmun va munosabatlarni anglash jarayonida bola tomonidan tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsi fikrlash sohasida “olam obrazi”ning, ya’ni “olamni bolalarcha ko’rish”ning shakllanishidan iborat.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasini amalga oshiruvchi o’zaro ta’sirning 4 ta turi faqatgina pedagog va bolalarning hamkorlikdagi faoliyat vositasi va xarakterini aniqlabgina qolmasdan, balki bolalar o’rtasidagi o’zaro ta’sirni ham belgilaydi. Bu esa shaxsiy faoliyat metodida asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining uslubiy modeli ta’lim jarayonining yaxlit sub’ekti sifatida pedagog va bolalar fikrlarini shakllantirish va munosabatlarini boshqarishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Uslubiy model uslubiy tamoyillarni, vositalar, bosqichlar, metod va yo’llarini o’z ichiga oladi. Uslubiy tamoyillar, ta’lim maqsadlarining o’zaro bog’liqlik va o’zaro shartlanganlik tamoyili; tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi va isloh qiluvchi ta’lim tamoyili; ta’limni hissiy-amaliy yo’nalganlik tamoyili; ta’limni syujetli-vaziyatli shartlanganlik tamoyili. Ta’lim jarayonida uslubiy tamoyillarni amalga oshirish. Ta’lim maqsadlari: tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
Ta’limning tarbiyaviy maqsadi – bola ehtiyojlarini tarbiyalash, pedagogik jihatni amalga oshirish (kattalar tomonidan boshqariladigan jamoa faoliyatida bola o’z xatti-harakatlarining kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni egallash yo’li). Tarbiyaviy maqsadni mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga emotsional baholovchi munosabat shakllanadi. Ta’lim maqsadi shundaki, bola ta’lim jarayonida uni o’rab turgan haqiqatni anglab, bilish ehtiyojini qondiradi. Bilish ehtiyojlarining mazmuni maktabgacha yosh davrining turli bosqichlarida: ilk bolalik davrida (1 yoshdan 3 yoshgacha) bilish ehtiyojlarini qondirish “Men predmetlar olamida”; kichik maktabgacha yosh davrida (3 yoshdan 5 yoshgacha) “Men tabiat olamida”; o’rta va katta yoshlarda (5 yoshdan 7 yoshgacha) “Men odamlar olamida” kabi munosabatlarda o’zgaradi. Bilish ehtiyojlarini qondirish jarayonida, bola hayotiy vaziyat munosabatlarida til vositalaridan, shu bilan bir qatorda faoliyatning turli turlarida foydalanishni o’rganadi (o’yin, tasviriy, musiqa va b.). Namoyon bo’lishni mos (adekvat) vositalarini qidirish bilish faolligini, qiziquvchanlikni, tashabbuskorlikni oshishiga turtki beradi va bilishga qiziqishni rivojlantiradi. O’qitishning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadi – uslubiy tamoyillarni mos kelgan usul va uslublarini aniqlovchi bosh omildir. Har bir xususiy metodika o’z mashqlar tizimini taklif etishi mumkin. Misol sifatida mashqlarni lingvistik tizimi keltirilgan. Bu tizim quyidagi tavsiflar bilan aniqlanadi: belgilangan vazifasiga ko’ra mashqlar kommunikativ, nutqiy va tilga oid bo’lishi mumkin. Kommunikativ – ehtiyojlar xarakteriga ko’ra maishiy faoliyatga qaratilgan. Og’zaki-nutqiy eshitishda va gapirishda (dialog va monolog). Tilga oid – fonetik, leksik, grammatik yoki leksik-grammatik; o’yin harakatlarining xarakteri bo’yicha – predmetli, tabiiy, syujetli-rolli, harakatchan va kam harakatli, ijodiy va qoidali, harakatlarni bajarish usuli bo’yicha – tanishuv-imitativ, qidiruv (taqlid qiluvchi va loyiha bo’yicha tuzuvchi), reproduktiv (qayta tiklovchi), produktiv (ijodiy); bajarish usullarining xarakteri bo’yicha – taxmin bo’yicha harakat, biror hodisani vaqtidan avval bo’lishi (aktivizatsiya), idrok qilish, taqlid qilish (imitatsiya), tashkil etish, o’zgarishi (transformatsiya), modellashtirish.
Aniq vazifani bajarish uchun mashq tanlaganda pedagog yuqorida keltirilgan barcha tavsiflarni hisobga olishi kerak. Shunday qilib, turli vosita, uslublar va uslubiy tamoyillar asosida qurilgan o’qitishning uslubiy modeli ta’lim islohoti texnologiyasini tashkil etish usulidir. Didaktik va uslubiy modellar birligi maktabgacha ta’lim muassasalarida o’qitish jarayonini tashkil etishga yo’naltirilgan asos bo’lib xizmat qiladi.
Pedagog isloh qilingan ta’lim texnologiyasini egallab, “bolaning dolzarb rivojlanish darajasi”ni, “yaqin kelajak taraqqiyot darajasi”ni aniqlashi mumkin. O’zlashtirilgan ma’no va munosabatlar erkin, o’qishdan tashqari faoliyatda qo’llanilgandagina o’qitishning amaliy maqsadi to’liq amalga oshirilgan hisoblanadi. Pedagog bola shaxsining rivojlanish ko’rsatkichlari va shaxsiy yondashuvni amalga oshirishga o’zining tayyorgarlik darajasini hisobga olsagina ta’lim-tarbiya jarayoni yanada muvaffaqiyatli o’tadi. Bolaning rivojlanganlik va maktabga tayyorgarlik ko’rsatkichlari quyidagicha: jismoniy tayyorgarlik (bola fikrlash sohasi rivojlanishining fiziologik darajasi); psixologik tayyorgarlik (bola shaxsining emotsional, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi); ijtimoiy tayyorgarlik (bola fikrlash sohasining ijtimoiy rivojlanish darajasi). Pedagogni maktabgacha ta’limda shaxsiy yondashuvni amalga oshirishga tayyorlik ko’rsatkichlarini aniqlashda uch jihatni hisobga olish kerak: shaxsiy, kasbiy va refleksiv.

Download 31,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish