Mavzu: Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarda dialogik nutqni shakillantirish usullari. Mundarija kirish


Nutqning grammatik tuzumini shakllantirish



Download 64,39 Kb.
bet4/9
Sana21.04.2022
Hajmi64,39 Kb.
#569548
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim yoshdagi bolalarda dialogik nutqni shakillantirish usullari.

Nutqning grammatik tuzumini shakllantirish
Bola tilining grammatik tuzumini o‘z vaqtida shakllantirish – uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Tilning grammatik tuzumini bola predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tuzumini shakllantirish morfologiya (so‘zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi.
Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim.
Bolalarda grammatik tuzumni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); ettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar - bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni «yozma nutq vaziyati»da, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.
SHunday qilib, nutqning grammatik tuzumini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola tilining grammatik tuzumini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo dialog va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim.
Nutqning tovushli tomonini rivojlantirish
Tilni amalda o‘zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo‘g‘in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari hisoblanadi.

Bolaga intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanishni, bildirilayotgan fikrning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda muhim. SHu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to‘g‘ri qo‘llash, tovushlar, so‘zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllantirish ishlari ham olib borilishi lozim.


Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o‘ziga xos bo‘lgan sifati) va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalarning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matnga mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z munosabatini bildirishni o‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyatlar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlarni tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish uchun zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos kelishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. YAxshi, to‘g‘ri nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulyasion va intonatsion qobiliyatlarning uzviy bog‘liqligi keng ma’nodagi tinglash va artikulyasion-talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini, so‘zdagi urg‘u o‘rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vaznni his qilish tuyg‘usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanishi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni talab qiladi.
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini ajratar ekanmiz, ularning barchasi o‘zaro bog‘liqlikda va yaqin o‘zaro hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim.
Ravon nutqni o‘stirish va rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan (so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida) foydalanish, turli toifadagi matnlar – tasvirlash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish qobiliyatini o‘rgatish yotadi.
Lug‘atni rivojlantirishda so‘zning mazmuni ustidagi ishlar dastlabki o‘ringa chiqadi, chunki aynan so‘zlarni matnga muvofiq holda semantik tanlab olish (ko‘p ma’noli so‘zlar mazmunini ochib berish, sinonimik va antonimik taqqoslashlar) til va nutq hodisalarini anglab etishni shakllantiradi.
Nutqning grammatik tuzumini o‘zlashtirish ustidagi ishlar jarayonida nutqning turli qismlarida so‘z hosil qilish usullarini o‘rganish, til umumlashmalarini shakllantirish, shuningdek sintaktik tuzilmalar qurish (oddiy va qo‘shma gaplar) vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo‘ladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko‘proq ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu ko‘nikmalarga asoslanadi.
 Obrazli nutqni rivojlantirish
Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi, bu esa fikrni so‘zlarda izchil, ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlarni tanlashga, talaffuzning sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu darajada ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli metodik usullarni qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihatlarini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zahiralarining tez ortishiga olib keladi.
Bolalar lug‘atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, birinchi navbatda, bolalarni o‘qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli so‘zlarni, ifoda va qo‘llash usullarini o‘zlashtirib oladilar; ular nima yaxshi-yu nima yomonligini ajratib ololmaydilar, va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid qiladilar. SHuning uchun tarbiyachining nutqi namunaviy bo‘lishi lozim.
Obrazli nutqni o‘stirish va rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu o‘rinda nutq madaniyati deganda, adabiy til normalariga rioya qilish, o‘z fikrlarini, hissiyotlarini, tasavvurlarini aytilayotgan gapning yo‘nalishi va maqsadiga muvofiq holda mazmunli, grammatik to‘g‘ri, aniq va ifodali bera olish tushuniladi.
Nutq faqat bolada til boyligiga nisbatan qiziqish tarbiyalangan, nutqda turli xil ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi rivojlantirilgan taqdirda obrazli, bevosita va jonli bo‘ladi.
Badiy adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyotiga oid asarlar, shu jumladan kichik folklor janrlari (maqollar, matallar, topishmoqlar, tez aytishlar, sanoq she’rlar va boshq.) bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Badiiy adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyoti – bu inson hayotining birinchi yilidan boshlab unga hamroh bo‘ladigan san’at turlaridir.
Folklorning tarbiyaviy, bilish va estetik ahamiyati juda katta, zero u bolaning atrofdagi borliq haqidagi tasavvurini kengaytirgan holda ona tilining badiiy shakli, musiqasi va ritmini chuqur his qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Bolani kichik folklor shakllari bilan tanishtirish badiiy adabiyotda ifoda vositalarining (taqqoslash, kinoya, epitet) rolini tushunishni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Obrazlilik nutqning turli jihatlarining muhim xususiyati hisoblanadi.
Leksika tomoni obrazlilikning tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki so‘zning mazmuniy tomoni ustidagi ishlar bolaga mazmuni va ifodaliligi bo‘yicha aniq bo‘lgan so‘zlar va so‘z birikmalarini bildirilayotgan fikrning matnidan kelib chiqqan holda qo‘llashga yordam beradi.
Obrazlilikning grammatik jihati ham juda muhimdir, chunki bola turli xil stilistik vositalardan (so‘z tartibi, turli toifadagi gaplarni tuzish) foydalangan holda, o‘z fikrlarini grammatik jihatdan to‘g‘ri va shu bilan bir vaqtda ifodali tarzda bildiradi.
Fonetika esa matnning tovush orqali (intonatsion ifodalilik, to‘g‘ri tanlangan sur’at, diksiya) ifodalanishini o‘z ichiga oladi, bu esa ko‘p jihatdan nutqning tinglovchilarga emotsional ta’sirini belgilaydi.
Obrazli nutq ustida ishlash jarayonida tarbiyachi ertaklar bilan ishlashning turli metodik usullaridan foydalanishi lozim: ko‘rgazmali materiallarini namoyish qilgani holda, ertak mazmuni bo‘yicha o‘qish va suhbatlar, o‘yin-sahnalashtirish, rolli o‘yinlar va h.k.; bolalarda badiiy ifoda vositalarini ajrata olish, ulardan nutqda foydalanish qobiliyatini shakllantirishga oid ishlarni muntazam ravishda o‘tkazish; badiiy-ifoda vositalari bilan boyitilgan nutq qiziqarli va go‘zalligini aniq misollar orqali bolalarga ko‘rsatish, shuningdek, bolalar obrazli so‘zlar va ifodalarni qo‘llash zaruratiga duch keladigan turli vaziyatlarni yaratish.


Bolalarning o‘zga tildagi nutqini o‘stirish va rivojlantirishga turlicha yondashuvlar.Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimidagi boshlang‘ich bo‘g‘in hisoblanadi. O‘zbekistondagi rus tilida ta’lim oluvchi maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘ziga xos xususiyati – undagi tarbiyalanuvchilarning ko‘p millatliligi – ko‘proq – turk millati vakillari, eng avvalo o‘zbek bolalarining ko‘pligidir. Shundan kelib chiqqan holda ushbu bolalarga ta’lim berishga nisbatan yondashuv rus tili ular uchun ona tili hisoblangan kichkintoylardan farq qilishi lozim.
L.S.Vыgotskiy o‘z asarlarida ko‘p bor ta’kidlaganidek, «tarbiyaning yo‘naltiruvchi ahamiyati hech qaerda bola nutqi va uning intellektual rivojlanishi taqdiri uchun bolalar aholisining ikki tilliligi yoki ko‘p tilliligi holatidagidek hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Ta’lim rivojlanishdagi yangilik vujudga kelishining manbai hisoblanadi va u doimo rivojlanishdan oldinda yurishi zarur»6.
Shundan kelib chiqqan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitish modeli motiv, maqsad, fikr va uning xususiyatlari – avtomatizm, barqarorlik, moslashuvchanlik, mustaqillik kabi nutqiy harakat tamoyillarini hisobga olgan holda jiddiy psixolingvistik poydevor asosida qurilishi lozim.
Bola o‘z ehtiyojlarini, intilishlarini ifoda qilish uchun so‘zlashishni boshlashi zarur. Zero bu ehtiyojlarning qondirilishi bola organizmi, uning rivojlanishi uchun hayotiy muhimdir, lekin u bu ehtiyojlarni uning o‘zi, kattalarning yordamisiz, qondira olmaydi. Muayyan til muhiti ushbu muhitga mos bo‘lgan nutq mexanizmlari faoliyatini rag‘batlantiradi.
Chet tilda so‘zlashni boshlash, ya’ni unda mustaqil fikrlarni tuzish uchun tildan foydalanishning muayyan qoidalarini o‘zlashtirib olish lozim.
Hozirgi zamon sharoitida inson faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborot hajmining beqiyos darajada ortib borayotganligi ta’lim oldiga yangi talablarni qo‘yadi. Gap qandaydir dalillar, bilimlar va hattoki ko‘nikmalar to‘plami haqida emas, balki ta’lim natijasida bilimni, malaka, ko‘nikmalarni mustaqil egallash va ularni ijodiy ravishda qo‘llay olish qobiliyatlarini hosil qilish to‘g‘risida bormoqda. O‘qishni o‘rgatish – bugungi kunda ta’lim oldida turgan eng dolzarb vazifadir.
Tilni o‘rganish ushbu til vositalari yordamida o‘zi xohlagan mazmunni uzata olishni anglatadi. Tilni o‘rganishni o‘rgatish ushbu til borliqni aks ettiradigan usullarni izlashni o‘rgatishni anglatadi, ya’ni o‘qishda til materiali bilan tahliliy ishlarga alohida o‘rin ajratilishi va bu ish boshqariladigan bo‘lishi darkor.
O‘zga tilda so‘zlashni boshlash uchun ushbu tilga mos keladigan qobiliyatni shakllantirish, tegishli qoidalar tizimini o‘zlashtirish lozim.
Til qobiliyati faqat nisbatan keng faoliyat doirasidagina, ya’ni predmetli faoliyatda, muloqotdagina rivojlanadi. Bola so‘zlarni o‘zi hoxlagani yoki unga buni majbur qilishayotgani uchungina emas, balki unda bunga keskin hayotiy ehtiyoj mavjud bo‘lgani uchun ham tahlil qilib, esda saqlab qoladi. So‘zni esda saqlab qolmadimi – demak, xohlagan narsaning nomini ayta olmaydi, so‘rashni o‘rganmadimi – demak, unga hech narsa berishmaydi, ko‘plik sonlarni aytishni o‘rganmadimi – demak, unga bir nechta o‘yinchoq o‘rniga faqat bittagina o‘yinchoq berishadi.
Begona tilni o‘rganib olishning psixologik qonuniy yo‘li – bu «nutqning anglab etish va maqsad bilan bog‘liq oliy, murakkab xususiyatlari rivojlanadigan, va faqat keyingina begona nutqdan ixtiyoriy ravishda, erkin foydalanish bilan bog‘liq eng oddiy xususiyatlar paydo bo‘ladigan» yo‘ldir.
Chet tilini o‘zlashtirish qonuniyati o‘zga tilni egallashning umumpsixologik vaziyati – ixtiyoriylik, anglab etganlik va maqsad bilan bog‘liqdir. Bu psixologik vaziyatni inkor etmagan holda, bolani u ona tilini o‘zlashtirish uchun borgan yo‘ldan olib borish zarur.
Yangi bilimlar va harakatlarni o‘zlashtirishni boshqarish konsepsiyasi (P.YA.Galperin, N.F.Talizina) asosida ta’lim berilayotgan bolani (o‘quvchini) harakatlarning alohida namunalarini namoyish qilish emas, balki umumlashtirilgan usullari bilan tanishtirish samarali metod hisoblanadi. Bu eng avvalo, shuni anglatadiki, o‘quvchiga u yoki bu til hodisasini shunchaki majburlash, shunchaki qandaydir til mashqlarini bajarishni buyurish, shunchaki «berilgan mavzu asosida suhbatlashish»ni taklif qilish emas, balki bolani (o‘quvchini) tegishli faoliyatga jalb qilgan holda, ushbu faoliyatning motivini kafolatlash lozim.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj har doim muayyan vaziyatda yuzaga keladi. Nutqiy harakat muayyan maqsadda amalga oshiriladi, ya’ni so‘zlayotib, biz suhbatdoshimizga muayyan darajada ta’sir o‘tkazishni ko‘zlaymiz.
Nutqiy harakat alohida operatsiyalardan, eng avvalo biz istayotgan fikrni bera oladigan so‘zlarni tanlashdan iboratdir. Har qanday til so‘zlari minglab kombinatsiyalarga birlashishi mumkin va so‘zlovchi bu so‘zlarni mazkur fikrni, ya’ni fikr konstruksiyasini berish uchun bir-biri bilan bog‘lash, gap tuzish uchun zarur bo‘lgan grammatik elementlarni (qo‘shimcha, old qo‘shimcha, suffikslar) tanlash imkonini beradigan usulni topishi zarur. Fikr bildirish jarayoni kerakli tovushlarni va ularning birikmalarini talaffuz qilish, fikrlarni kerakli ohangda aytish bilan nihoyasiga etadi.
Fikrni hosil qilish jarayonida ushbu operatsiyalar bir zumda amalga oshiriladi. Ammo ularni ham tahlil qilish, ham o‘qitish maqsadlarida ajratish zarur, chunki ulardan birini amalga oshirishni bilmaslik noto‘g‘ri fikr hosil qilishga yoki uni umuman hosil qila olmaslikka olib keladi. Nutqiy faoliyat motivlari va maqsadlari doimo nutqdan tashqarida yotadi; biron narsani aytish istagi, bundan ko‘zlangan maqsad odatda, biron-bir nutqiy faoliyat – o‘yinlar, ta’lim, mehnat va hokazolar doirasidagi muloqotlarda vujudga keladi.
So‘zlar tartibini, ularning fikrdagi bog‘lanishini tanlashdan tashqari «grammatik mashqlar»ni ham bajarish lozim. Rus tilida iltimosni (buyruqni) ifodalash, harakatga undash uchun buyruq mayli f’elining maxsus shakli bo‘lmish – day foydalanidadi. Xushmuomalalik talablari mazkur fe’lni ko‘plik son shaklida qo‘llashni talab qiladi, buning uchun alohida grammatik element zarur – day – te.
Hattoki, eng oddiy fikrni hosil qilish jarayoni ham murakkab va ko‘p bosqichlidir. Boshqa kishi bildirgan fikrni qabul qilish va tushunish jarayoni ham shu tarzda kechadi. Tinglash, tushunish va so‘zlash - aynan bir nutqiy faoliyatning uch turi bo‘lib, ular o‘xshash ichki psixologik tabiatga ega va aynan bir xil sharoitlarni talab qiladi. Fikrni hosil qilish ham va uni qabul qilish ham ichki nutq ishtirokida ro‘y beradi. So‘zlash va nutqni tushunish til tizimini, ya’ni mazkur til muayyan til hodisalarini va borliq munosabatlarini beradigan usullar tizimini o‘zlashtirishni talab qiladi.
Nutqiy ko‘nikmalarning muhim xususiyati shundaki, ular yangi, hali uchramagan til birliklariga oson ko‘chib o‘tadi. Bu «Til sezgisi» deb ataladigan va nutqda to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajratib olish hamda nutqiy ko‘nikmalarni notanish materialda qo‘llash, uni darhol tahlil qilish, yangilikni til ko‘rinishlarining ma’lum bo‘lgan biron-bir toifasiga o‘tkazish (masalan, yangi so‘zning turini, uning sonini, fe’l turlarini aniqlash va boshq.) imkonini beruvchi hodisadir.
Nutqiy muloqot til birliklarini fikrga aylantirishni nazarda tutadi. Nutqiy muloqotning doimiy o‘zgarib turuvchi vaziyatlari bizni hali uchramagan iboralar hamda ularning kombinatsiyalari, majmualar, matnlarni yaratish va qabul qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Bu vaziyatning o‘zgarishi yangi fikrlarning paydo bo‘lishi, demak, uni til vositalari orqali ifodalashni talab qilishi bilan bog‘liqdir. Aynan muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda nutqiy qarorni topa olish qobiliyatini shakllantirish o‘zga tilni o‘rgatishdagi eng qiyin va ayni paytda zarur vazifadir.
Nutqiy faoliyatning yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlari yoshdan qat’iy nazar, chet tiliga o‘qitishning asosiy psixologik, pedagogik shart-sharoitlarini tashkil qiladi. Bu – so‘z va harakat birligi, nutqni tushunish va uni hosil qilishdagi nutqiy malaka va ko‘nikmalarning tabaqalashuvi; operatsiyalar va harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish; yakka va jamoaviy topshiriqlarni navbatma-navbat berish, vaziyatlilik va ko‘rgazmaviylikka tayanish; motivlilik; maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitish jarayonida hisobga olish zarur bo‘lgan o‘rganuvchining katta yoshli odamga – o‘rgatayotgan til egasiga bo‘lgan ijobiy munosabatidir.
Nutqiy funksiyaning qayd etib o‘tilgan xususiyatlari bolalikda bolaning tilni qanchalik engil va oson o‘zlashtirishini belgilab beradi.
Mamlakatimizda va chet el maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘zga til sifatida rus tilini o‘qitish borasidagi tajribalari (F.R.Qodirova, 1989; R.M.Qodirova,1990; G.Jumasheva, 1996; L.R.Mirjalolova, 2002; N.SH.Nurmuhamedova, 2004; A.M.SHaxnorovich, 1993; E.YU.Protasova, 1996 va boshq.) shuni ko‘rsatdiki, rus tilining bironta ham konstruksiyasi darhol va to‘liq o‘zlashtirilishi mumkin emas, bu amaliy malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich egallashning uzoqqa cho‘ziladigan va murakkab jarayonidir: nutq oqimida konstruksiyani tanib olish va ushbu konstruksiyaga kiruvchi so‘zlar qo‘shilgan munosabatlarnigina tushunish; kerakli so‘z shakllarini hosil qila olish qobiliyati; masalan, mustaqil so‘zlarni (otlarni) olmoshlar bilan, savol bo‘lmagan so‘zlarni so‘roq so‘zlar bilan o‘rnini almashtirish orqali bu konstruksiyalarni o‘zgartira olish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga boshqa tilni (rus, o‘zbek, ingliz va boshq.) o‘qitish jarayonini yosh xususiyatlarini, ta’limning psixologiya, pedagogikaga oid tamoyillarini hisobga olgan holda, qurish zarur. Bu shuni anglatadiki, birinchidan, nutq mazmuni qiziqarli va mazmunli bo‘lishi, bolaning yosh imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari doirasiga mos kelishi lozim. Folklor asarlari, bolalar adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmunning yosh qiziqishlarini hisobga olgan holda tanlanishiga o‘ziga xos misol bo‘la oladi.
Nutqiy faoliyatning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni (rus, o‘zbek va boshq.) o‘qitish metodikasi uchun zarur bo‘lgan xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
- Ta’limning boshidan boshlab so‘zlash va tushunishning faol jarayoni sifatida bolalarning o‘rganilayotgan tildagi nutqiy faoliyatini shakllantirish zarur.
Bu talab shuning uchunki, so‘zlash va tushunish bitta umumiy psixologik asosga – til qobiliyatiga ega (qisman bir-biriga mos keluvchi ichki jarayonlar).
- Ta’lim metodikasi nutqiy harakat tamoyillariga asoslanmog‘i lozim. SHuni unutmaslik kerakki, har qanday nutq tovushlarini talaffuz qilish ham nutq bo‘lavermaydi (garchi bu yaxlit matnlar bo‘lsa ham). Bolaning o‘rganilayotgan tilda aytayotgan so‘zlari faqat bir qator shart-sharoitlarga rioya qilingan taqdirdagina nutqiy harakat natijasi bo‘ladi: o‘rganuvchida ichki motiv (nima uchun u buni aytishi kerak), maqsad (nima uchun buni aytish lozim, buni aytish natijasida nima ro‘y beradi), fikr (qaysi mazmunni so‘z bilan aytish kerak) bo‘lishi lozim.
- O‘quv jarayonini shunday qurish lozimki, unda bola harakatlari ta’limning har bir daqiqasida haqiqatdan ham nutqiy bo‘lsin.
- Metodik jihatdan to‘g‘ri o‘qitish natijasida bolalarda o‘rganilayotgan til materialida ularsiz har qanday, hattoki eng oddiy fikrni ham tuzishning (so‘zlarni tanlash, ularni o‘zgartirish, konstruksiyani tanlash, «grammatik majburiyatlar»ga rioya qilish, ushbu grammatik majburiyatlarga muvofiq holda so‘zlarni o‘zgartirish va boshq.) imkoni bo‘lmagan nutqiy ko‘nikmalar shakllantirilishi mumkin.
Nutqiy ko‘nikma faqat yangi, bola hali uchramagan so‘zlar va nutqiy vaziyatlarga ko‘chirilgan taqdirdagina shakllantirilgan, deb hisoblanishi mumkin.
O‘zga tilni o‘qitishning maktabgacha davrida o‘rganilayotgan tilda muloqot qilishning dastlabki ko‘nikmalari, nutqiy vaziyatda yo‘nalish topa olish ko‘nikmasi, ushbu vaziyat asosida mazmuni va nutqiy ifodalanishi jihatdan eng oddiy fikrni yaratish ko‘nikmalari hosil qilinishi darkor. Aks holda, ta’lim tayyor ibora va dialoglarni qotib qolgan va shuning uchun sun’iy bo‘lgan vaziyatlarda yod olishdan iborat bo‘lib qoladi va bunda bola o‘rganilayotgan tilda real muloqot qilish sharoitlarida ilojsiz bo‘lib qoladi.
F.R.Qodirova tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda nutqli vazifalar qo‘yilgan ijodiy o‘yinli mashqlar asosida bolalarning o‘zga (rus, o‘zbek) tilni bilish darajasi keltirilgan. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (katta guruh) bilan uchta leksik mavzu, ya’ni: «O‘yinchoqlar», «Hayvonlar» (uy va yovvoyi hayvonlar), «Gullar» (jami 7 ta mashq) bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar (maktabga tayyorlash guruhi) bilan quyidagi uchta leksik mavzu, ya’ni «Bizning uyimiz», «Bayramlar va dam olish», «Yil fasllari» mavzulari bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi.
Bolalar nutqini tadqiq etish chog‘ida maktabgacha yoshda so‘z ustida ishlashni bolalar nutqi tuzilmasini rivojlantirishning muhim sharti, deb hisoblaydigan O.S.Ushakova va E.M.Strunina (semantik metod) metodikalaridan foydalanildi. Mazkur ish ular tomonidan boshqa nutqiy vazifalarni hal etish bilan o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. So‘zni erkin egallash, uning mazmunini tushunish, so‘zni qo‘llashning aniqligi grammatik tuzumni, tovushli nutqni o‘zlashtirishning, shuningdek, ravon fikrni mustaqil tuza olish qobiliyatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi.
Nutqiy muloqot amaliyotida bolalar mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan so‘zlarga (antonimlar, sinonimlar) duch keladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mazmunli tarkibga yo‘naltirish yaxshi rivojlangan, chunki bola uchun so‘z eng avvalo mazmun, mohiyatni aks ettiruvchi vosita sifatida ishtirok etadi (L.S.Vыgotskiy).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning mazmunni (mohiyatni) tushunishlarini aniqlash uchun O.S.Ushakova va E.M.Strunina turli vazifalarni taklif etgan bo‘lib, ular asosida diagnostika tuzilgan va bolalarning quyidagi nutqiy ko‘nikmalari tashxis qilingan:
5-6 yosh (katta guruh) – so‘zni turli grammatik shakllar va mazmunlarda tushunish va qo‘llash; nutqda iltimos qilishda, minnatdorchilik bildirishda xushmuomalalik shakllaridan foydalanish; boshqa shaxs harakati haqida suratlarga qarab hikoya qilish; hayvonlar (tashqi ko‘rinishi, qaerda yashaydi, nima qila oladi, nimalar bilan oziqlanadi) haqida ravon hikoya tuzish (6-10 ta ibora);
7 yosh (maktabga tayyorlash guruhi) – nutqda o‘tgan va kelgusi zamon shakllarini tushunish va qo‘llash; o‘z shahri, ko‘chasi haqida ravon hikoya qilib berish; bayonning ravonligi, ravon nutqda uzilishlar va takrorlashlarning, pauzalarning yo‘qligi; 8-12 ta iboradan tarkib topgan ravon hikoya tuza olish qobiliyati.
O‘rganilayotgan tildagi (rus, o‘zbek) dasturiy talablar asosida aniqlangan nutqiy ko‘nikmalar darajasi quyidagi mezonlar bo‘yicha baholandi:

Download 64,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish