46-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami, ularni yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy bo‘linmalari va maktabgacha ta’lim organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning ovqatlanishini tashkil etish autsorsing uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |