Mudiraning tashkiliy ,ma'muriy,pedagogik jarayonlarga rahbarligi
Tanqidiy tahlil qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.3
Shavkat Mirziyoyev,
Mudira maktabgacha ta'lim muassasalarning butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u obodonlashtir ish, ko'kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo'yicha xarajatlarni to'g'ri taqsimlash, muassasasini boy oziq-ovqat moddalari bilan ta'minlash, kun tartibini to'g'ri tashkil etish, reja bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasalarni bolalar bilan to'ldirish, ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog'lomlashtirish ishlari, taomnoma sifatini vitaminga boy bo'lgan moddalar bilan ta'minlashi (kamida haftada 2 marta], xamir ovqatlari (bo’lochka, picheni)pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularning malakasini oshirish ishlari bo'yicha bosh rahbardir. Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilishi uchun maktabgacha ta'lim muassasasida to'g'ri kun tartibi jarayonlari, lozim-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyenik qoidalarningbajarilishiga, yong'inga qarshi tadbirlar o'tkazadi. Qishga boy oziq-ovqat va mahsulotlarini g'amlaydi. Vitaminga boy bo'lgan mevali o'simliklarni o'stiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlari o'z vaqtida oylik maosh bilan ta'minlanadi. Ishchilarning mehnat intizomiga qat'iy rioya qilishlarini nazorat qiladi. Ish yuritishni qattiq nazorat qiladi. Bo'sh guruhlarni xodimlar bilan o'z vaqtida ta'minlaydi. Faol xodimlarni rag'batlantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarda o'tkaziladigan joriy, kapital ta'mirlashga bosh rahbardir. Moliyaviy-xo'jalik ishlari bo'yicha javobgar shaxs, oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha javobgar shaxs, kir yuvuvchi, bog'bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, haydovchi bilan yakkama-yakka suhbat o'tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat’iy nazorat tashkil etadi. 556 Mudira muassasani kerakli texnikaviy va xo'jalik materiallari bilan muntazam ravishda ta'minlab turish, binoni jihozlash bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o'z vaqtida ta'mirlash va o'quv-ko'rgazmali qurollari bilan to'ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dastur - metodik hujjatlarda tavsiya etilgan. Ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlash, bolalar maydonchasini to'g'ri rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar bilan ishlash tajribasiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy yordam ishlarini nazorati va bolalarni tizimli tibbiy yordam ko'rigidan o'tkazish ishlari kiradi. Moliyaviy-xo'jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy, ma'naviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir.
Tashkiliy pedagogik ishlarga rahbarligi.
Mudiraning tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarligi
Tashkiliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi:
1) Bayram ertaklarini o'tkazish va rahbarlik qilish.
2) Ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va tahlil qilish (masalan, ochiq mashg'uloti sayrlarni kuzatish).
3) Maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va bolalarni ko'rik-tanlovlarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, san'at va sport bayramlarini o'tkazish.
Ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik.
Mudiraning ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagilar:
har bir guruhdagi ta'lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil qilish,
b).tarbiyachining ish hujjatlarini o'rganish va tahlil qilish, guruhning ta'lim-tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o'tkazilgan ishlarning hisobotidir guruhning jihozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi.
O'yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab ish.
Bu o'yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, maktabgacha ta'lim muassasasida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan o'rni, o'yin turlarining xilma-xilligi va ularni rivojlantirish xususiyatlari bilan bog'liqligi tufaylidir.
Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o'yin faoliyatini chuqur tahlil qilishni va mudira tomonidan tarbiyachilarga o'z vaqtida yordam ko'rsatishni ta'minlaydi. Bolalarning o'yinlari xilma-xilligi bilan farqlanadi.
U maktabgacha bo'lgan butun bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o'yinda bolaning faolligini namoyon qilish xarakteriga ko'ra, ularning bolalarga ko'rsatadigan ta'siri va nihoyat kelib chikishiga ko'ra katta o'zgarishlarni boshidan kechiradi:
Mudira ishni o'yin turlarini tanlashga qaratadi. Mashg'ulotdagi didiktik o'yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakatli, musiqaviy didaktik o'yinlari, stol ustida o'ynaladigan o'yinlar, tinch o'yinlar va ijodiy o'yinlar tarbiyachi tomonidan rejalashtirishning maqsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini nazorat qilib borib, tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy maslahatlar beradi. Turli yosh guruhlardagi o'yin tizimini "Ilk qadam" dastur asosida ishlab chiqadi va o'yin jarayonini kuzatish jadvalini tuzadi. O'yin faoliyatining paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun sharoitlarning ta'minlanganligi (o'yin uchun berilgan vaqtning yetarliligi, o'yin faoliyatini kengaytirish uchun joyning, zarur o'yinchoq va qollanmalarning mavjudligi va kabinetda ularni to'g'ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va yaxshi kayfiyatlari); O'yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi - bolalarning emotsional ijobiy holatlarini qo'llab-quvvatlash va yaxshilashga yo'llangan metod va usullar, o'ynovchilarning faolligini ta'minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'z vaqtida o'tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi? O'yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning ilk yoshida o'yindan uning nutqini tushunishni rivojiantirish va faolligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, ijobiy o'zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Mudira o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi.
O'yinni faoliyat tarzida rivojiantirish;
O'yindan bolalarga taTim-tarbiya berishda foydalanish
Guruhda to'laqonli o'yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga:
a) tarbiyachining o'yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi;
b) o'yin muhitini yaratish;
v) kundalik kun tartibida o'yin uchun vaqtning yetarliligiga alohida e'tibor berib bordi. Tajriba shuni ko'rsatdiki, bolalarning o'yin jarayonidagi xatti-harakatlari, ularning katta yoshlilarga taqlid qilish istagidan dalolat beradi.
Bolaning o'yini odamlarning xattiharakatlari, xulq-atvori, o'zaro munosabatlarini o'yin roli vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo'ldi. g) ota-onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari. Mudiraning jamoatchilik va mahalla qo'mitasi bilan ish metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlar.
2. Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, maktabgacha ta'lim bo'limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetning asosiy maqsadi Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat. Mudira hududiga tegishli maktab bilan aloqa o'rnatib bir yilga mo'ljallangan reja asosida ish ko'radi. Ushbu reja asosida muassasaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta'limiga tayyorlash, lotin alifbosida o'qish, yozishni mukammal o'rganish va bunda mudira hamda maktab direktorining vazifalari belgilanadi.
a) ma'muriy xo'jalik faoliyat - bunda reja kontingenti bo'yicha bolalarni joylashtirish, maktabgacha ta'lim muassasasi dasturining maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarni o'z vaqtida joy-joyiga qo'yib ishlatishni tashkil etish, bolalarni ovqatlantirishni to'g'ri tashkil etish, yozgi sog'lomlashtirish mezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to'g'ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.
b) dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi va nazorati. O'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsiya shakllarini rivojiantirish maqsadida maktabgacha ta'lim muassasasida Pedagoglar kengashi faoliyat ko'rsatadi. Pedagoglar kengashi a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish mudira tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. - Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat lozimnomasi bir yil muddatga tuziladi. - Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |