Mavzu: Maktabgacha ta’lim taraqqiyoti


Mavzu: Davlatga qarashli va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish, ta’lim muassasalarini boshqarish, boshqaruvni tushunish



Download 1,45 Mb.
bet6/56
Sana18.11.2022
Hajmi1,45 Mb.
#868146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
MARUZA MATNI рахбарни ташкилот лотинча

Mavzu: Davlatga qarashli va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish, ta’lim muassasalarini boshqarish, boshqaruvni tushunish.

Reja:

  1. “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, uning maqsad va vazifalari.

  2. “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq davlatga qarashli maktabgacha ta’limni tashkil etish.

  3. “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq nodavlat maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish.

  4. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish usullari va boshqaruvchining ilmiy saviyasi.



Tayanch so’z va iboralar: Nizom, maktabgacha ta’limni tashkil etish,qaror,nodavlat ta’lim muassasasidavlatga qarashli ta’lim muassasasi,boshqarish.

Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, uning maqsad va vazifalari.




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI11ING
19 IYo’l 2017 y. g. № 528 Toshkent sh.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 29 dekabrdagi PK-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Maxkamasi qaror kiladi:

  1. Quyidagilar:

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida nizom 1-ilovaramuvofiq;
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuksoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat Maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovkatlanishini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi ikki oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan xolda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy shtat birliklarini;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy ustavini ishlab chitssin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

  1. Belgilab qo’yilsinki:

davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida nutki, eshitishi va ko’rishida engil nuksonlar bo‘lgan bolalarga xizmat ko’rsatish uchun defektolog shtat birligi joriy etiladi;
psixik rivojlanishida nuksonlar bo‘lgan bolalarni jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuksoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridan tashqari boshka davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishga yo’l qo’yilmayds;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuksoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat makgabgacha ta’lim muassasalari raxbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqiorida kushi mcha gulov saklab kolinadi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Xal q ta’limi vazirligi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokomlaniyasi bilan birgaliqia ommaviy axborot vositalarida maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish hamda bolalarni maktabga tayyorlashning mazmuni va moxiyati yo’zasidan targibot-tashvitsot ishlarini keng yoritsinlar.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yukotgan deb xdooblansin.

  3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul kilgan normagiv-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-taxlil departamentiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov

Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq davlatga qarashli maktabgacha ta’limni tashkil etish.


Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 19 iyo’ldagi 528 –sonqaroriga ILOVA
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida NIZOM

  1. bob, Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi urinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena, yuktimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq o’qish va chet tillarnn o’rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy- estetik rivojlanishini ta’minlaydi.

  3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonyaari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustaviga amal kiladi.

  4. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxe hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muxrga, mustakil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gaznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxeiy gazna hisobvaraklariga ega bo‘ladi.

  5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

  1. 6ob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari

  1. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:

bolalarni har gomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orkali bolalarni maktab ta’lim iga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan kamrab olish.

  1. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:

bolalarning xayotini muxofaza qilish va sog‘lig‘ini mustaxkamlash;
bolalarda xalkimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadokat tuygularini shakllantirish;
bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan xolda uni boshlangich ta’lim ni olishga tayyorlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutkida, ko’rishida, eshitishida) engil nuksonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.


Z-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chikilib, O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish xaftasi uchun, qoida tarikasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;

  1. soatli;

9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan xududda yashaydigan axoli talablaridan kelib chikib, davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruxlarida 6 kunlik ish xaftasi ham joriy etilishi mumkin.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovkatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  2. Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan xududiy sog‘likni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgaliqia bolalarning xayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash- profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovkatlanish rejimi va sifatiga rioya kilinishi uchun mas’uldirlar.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning xayotini muxofaza qilish va sog‘lig‘ini mustaxkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi va Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish xududiy sog‘likni saqlash organlari tomoiidan amalga oshiriladi.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi raxbariyati tomoiidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (al oxi da xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.

  3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog‘likni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi.

  1. bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruyxatdan )?tkaziladi.

Davlat organlari, shu jumladan maxalliy davlat xokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muo‘ssislari bo‘lishi mumkin.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita raxbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi bilan kelishilgan cholda tegishlicha Qorakalpogiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi, viloyatlar xalk ta’limi boshkarmalari hamda Toshkent shahar xalk ta’limi bosh boshkarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mexnat shartnomasi bir yil muddatga to’ziladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri:

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy raxbarlikni amalga oshiradi;
bolalar xayoti va sog‘lig‘ini muxofaza qilish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan faoliyat ko’rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini mexnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul kiladi va ular bilan to’zilgan mexnat shartnomalarini bekor kiladi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’iaviy ragbatlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llaydi;
o‘z vakolatlari doirasida buyruklar chikaradi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatini takom illashtirish, moddiy-texnika bazasini mustao‘kamlash, xodimlarni ijtimony muxofaza qilishni ta’minlash bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, j i xoz., o’quv- metodik qo’llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat makgabgacha ta’lim muassasasining moliya-xo’jalik faoliyatiga javob beradi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlaitirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi.

  1. bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul kilinadilar.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tuman (shahar) xokimliklarining qarori bilan tashkil etilgan xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari ho‘zuridagi Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo’yicha qabul komissiyasi (keyingi urinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) tomonidan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi.

  3. Qabul komissiyasi xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi xo‘zurida besh kishidan iborat quyidagi tarkibda tashkil etiladi:

qabul komissiyasi raisi - xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudiri;
qabul komissiyasi a’zolari - davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, metodisti va fukarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili.
qabul komissiyasi kotibi - xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining maktabgacha ta’limi bo‘limi mutaxassisi.

  1. Muassislari maxalliy davlat xokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shaxdr) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning

1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo’llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshka tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh urinlar mavjud bo‘lgan taqiirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining yo’llanmalari bo’yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.

  1. Qabo‘l komissiyasi tomonidan xaftaning seshanba va juma kunlari bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish masalasida fukarolar qabul kilinadi.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga yo’llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning urnini bosuvchi shaxslar (keyingi urinlarda ota-onalar deb ataladi) tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqiim etiladi:

davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo’yicha yo’llanma berish to‘g‘risida ariza;
bolaning tugilganligihaqidagi guvoxnomasining nusxasi;
bolaning otasi yoki onasining pasporti nusxasi;
yashash joyidan ma’lumotnoma;
ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlasa).
Bolaning tugilganligihaqidagi guvoxnomasi va ota-onasi pasportining asl nusxasi qabul komissiyasi tomonidan ko’rilib, hujjatlar qabul qilinganidan sung egasiga kaytariladi.

  1. Quyidagi bolalar:

Iva II gurux nogironlari;
qo‘p bolali oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
chin etim va ota-ona karamogidan maxrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqiim etadilar.

  1. Taqiim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan etti kun muddatda ko’rib chikilib, quyidagi qarorlardan biri qabul kilinadi:

bolani ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko’rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun yo’llayma berish to‘g‘risida;
ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko’rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasida but urin bo‘lmagan xollarda topshirilgan hujjatlarni navbatga kuyish to‘g‘risida;
ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko’rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘shurin bo‘lmagan xollarda, ota-onalarniig xoxishiga ko’ra tegishli xududdagi bo‘sh urin (joy) mavjud bo‘lgan boshka davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga yo’llanma berish to‘g‘risida.
Qabul komissiyasining qarorihaqida uch kun muddatda ariza beruvchilarga ma’lum kilinadi.

  1. Qabul komissiyasi kotibi quyidagi hujjatlarni yuritadi:

mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq; shakldagi qabul komissiyasinish qaroriga asosan beriladigan yo’llanmalarni qayd qilish daftari;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasinish qaroriga asosan yo’llanma olish uchun navbatga qo’yilganlarni qayd qilish daftari.
Daftarlar rakamlangan, tikilgan va tegishli xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudiri tomonidan imzolangan hamda muxrlangan bo‘lishi shart. Ularning yuritilishi joriy yilning 2 sentyabridan boshlanib, keyingi yilning 31 avgustada tugatiladi hamda 3 yil mobaynida saklanadi.

  1. Berilgan paytdan boshlab 15 kun muddatda tegishli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga taqiim etilmagan yo’llanma o‘z kuchini yukotadi.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo‘shUrinlarhaqidaqabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot kiritiladi.

Bo‘sh urinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to’g’riligi va o‘z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi.

  1. Qabo‘l komissiyasi tomonidan yo’llanmalar davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bo‘sho‘rinlar haqidagi ma’lumotlarga asosan beriladi Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan bolani boshka davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga kuchirish qabul komissiyasi tomonidan yangidan yo’llanma berish orkali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruxidagi bola soni me’yori kamida 20 nafar bo‘lishi, birok 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim.

  3. Guruxlarni boshka yoshdagi guruxdan o‘tgan bolalar bilan tuldirish o’quv yili oxiridan yangi o’quv yil iga kadar (iyun, iyo’l, avgust oyida), yangi qabul kilinayotganlar bilan tuldirilishi urinlar bo‘shashiga qarab amalga oshiriladi.

  4. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o’quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o’quv yili boshlangunga kadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.

  5. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasasi kuvvatidan ortik bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha tuxtatish xududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko’ra xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari xo‘zuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.

Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqiirda, xududiy davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan xolda xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari xo‘zuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qabul kili nad i.


6-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruxlarning tashkil etilishi va ularning faoliyat yuritish tartibi

  1. Maktabgacha ta’lim bilan kamrab olinmagan bolalarni boshlangich ta’limga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida turt soatli ish tartibi asosida davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruxdar tashkil etiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida qisqa muddatli guruxlar xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining buyrugi bilan tashkil etiladi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida quyidagikisqa muddatli guruxlar faoliyat ko’rsatishi mumkin:

Rivojlantirish guruxi - soni 20 nafardan kam, birok 25 nafardan ortik bo‘lmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni har tomonlama rivojlantirish, tengdoshlar va katga yoshli bolalar jamoasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi;
“Kelajaqiagi o‘quvchi” guruxi - soni 20 nafardan kam, birok 25 nafardan ortik bo‘lmagan 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi;
Integrallashgan gurux - soni 15 nafardan kam, birok 20 nafardan ortik bo‘lmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bolalarni jamiyatga moslashtirish, rivojlanishida ruxiy nuksoni bo‘lgan bolalarga muntazam ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik yordam ko’rsatish, ularga ta’lim-tarbiya berish, ota-onalarni konsultativ-metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruxda sog‘lom bolalar bilan birgaliqia uch nafardan ortik bo‘lmagan “ruxiy rivojlanishi sust” tashxisli bolalar ham yakka tartibdagi reja bo’yicha ta’lim oladi;
“Muammoli bola” guruxi - soni 15 nafardan kam, birok 20 nafardan ortik bo‘lmagan 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar uchun ularga muntazam ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik yordam ko’rsatish, ta’lim jarayoniga jalb etish, ijtimoiy moslashtirish, bolalarni tarbiyalash va o‘kito‘SHyi tashkil etishda ota- onalarga yordam berish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruxda nogiron bolalar bilan birgaliqia sog‘lom bolalar ham bo‘lishi mumkin, nogiron bolalar (aqliy etukligi saklangan) soni 3 nafardan kam bo‘lmasligi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasida qisqa muddatli guruxdarning boshka turlari ham tashkil etilishi mumkin.
Qisqa muddatli guruxlarda bemor va nogiron bolalar bilan ishlaganligi uchun tarbiyachi va tarbiyachining yordamchisiga qo‘shimchahaq tulanmaydi.

  1. Quyidagilar qisqa muddatli guruxlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblaiadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xomiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida takiklanmagan boshka manbalar.

  1. Tarkibida qisqa muddatli gurux mavjud bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari bolalar xayoti va sog‘lig‘i uchun, qisqa muddatli guruxlarni tashkil etish shakllari, metodlari va vositalari bolalarning yoshi va ruxiy-fiziologik imkoniyatlariga muvofiqdigi uchun javob beradi.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zarur moddiy-texnika sharoitlari muassis tomonidan ta’minlanadi.

  3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi qisqa muddatli guruxdar soni gegishli ravishda Korakalpogiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi, viloyatlar xalk ta’limi boshkarmalari va Toshkent shahar xalk ta’limi bosh boshkarmasi tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarini hisobga olgan xolda, axolining extiyojiga hamda ta’lim jarayonini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlarga qarab belgilanadi.

  4. Qiska muddatli guruxlarni tashkil etish davlat maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar bilan to’ziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli guruxlarni tashkil etishda shtatlar jadvali, bolalarning kundalik faoliyatini tashkil etish tartibi, bolalar ruyxati va ta’lim dasturlari ishlab chikilgan bo‘lishi lozim.

  5. Qisqa muddatli guruxlarni tashkil etish guruxiga ko’ra bir xil yoshdagi hamda turli uch yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilish mumkin.

  6. Qisqa muddatli guruxlar ga bolalarni qabul qilish xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan berilgan yo‘llanmalar va bolaning sog‘lig‘ito‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.

  7. Qisqa muddatli guruxlarni tuldirishda tanlov asosida hamda tesa sinovi bo’yicha qabul qilishga yo’l qo’yilmaydi.

Qisqa muddatli guruxlar tarbiyalanuvchilarining kuniga bir marta ovkatlangirilishi (ergalabki yoki tushki nonushta) sanitariya qoidalari, normalari va gigiena iormativlariga muvofiqto’zilgan taomnoma asosida amalga oshiriladi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruxlarda kadrlar ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeta mablag‘lari doirasida belgilanadi.

Qisqa muddatli guruxlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta gurux uchun - 0,5 birlik tarbiyachi va 0,25 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita gurux uchun - 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musika raxbari.

  1. Qisqa muddatli guruxlarda bitta gurux hisobiga:

“Kelajaqiagi o’quvchi” guruxi uchun - 0,25 birlik o‘qituvchi-logoped;
Integrallashgan gurux uchun (15-20 nafar bolalar, shundan “ruxiy rivojlanishi sust” tashxisli - 3-5 nafar bolalar) - 0,25 birlik o‘qituvchi- defektolog;
“Muammoli bola” guruxi uchun (15-20 nafar bolalar, shundan 3-5 nafar nogiron bolalar) - 0,25 birlik O‘qituvchi-logoped yoki 0,25 birlik o‘qituvchi- defektolog kushi mcha shtat birliklari belgilanadi.

  1. Qisqa muddatli guruxlarda ta’lim jarayoni shakli davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim dasturlarida belgilanib, maktabgacha yoshdagi bolaning alohida, shaxsan yo’naltirilgan rivojlanishini ta’minlaydigan tez moslashuvchan shakl va pedagogik texnologiyani o‘z ichiga oladi.

  2. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish bolalarning imkoniyatlari, kizikishlari, extiyojlarini hisobga olgan xolda faoliyatning har xil turlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.

  3. Qiska muddatli guruxlarda belgilangan tartibda ota-onalar hisobidan, asosiy faoliyatdan tashqari, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari tashkil etishga yo’l qo’yiladi.

  4. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida qisqa muddatli guruxlarni kayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalk ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining buyrugiga muvofiq O’quv yili yakunida amalga oshiriladi.

  1. bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim- tarbiya jarayoni katnashchilari

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining katnashchilari hisoblanadi.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavida belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.

  1. Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ga’lim-tarbiya dasturlari va boshka hujjatlar bilan tanishtirishi shart.

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar urtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan to’zilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lishi vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.

  3. Ota-onalar:

o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishiii hamda bolaning shaxsiga nisbatan xurmat bilan munoeabatda bo‘lishni talab qilish;
muassasa bilan to’zilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga kulay bo‘lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshka huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

  1. Ota-onalar quyidagilarga majbur:

belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash;
bolalarning to‘laqonli ovkatlanishini, ularda shaxsiy gigiena kunikmalari shakllantirilishini kat’iy ko’zatib borish, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ozoda kiyingan xolda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshka majburiyatlar ham olishlari mumkin.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari urtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorliq bolaning shaxsini xurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi,

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

  3. Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Sud xukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarniig ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo’l qo’yilmaydi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek mexnat shartnomasida belgilanadi.

Xodimlarning vazifalari lavozim yo‘riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasida belgilab qo’yiladi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagihuquqlarga ega:

davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o‘z ustavida belgilanadigan tartibda katnashish;
o‘z kasbiy sha’ni va kadr-kimmatini ximoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshka huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:

ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbik etish;
il gor xorijiy tajribani hisobga olgan xolda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo’yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orkali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning kadr-kimmatini xurmat qilish, bolalarni tazyiqian ximoya qilish, ularni mexnatga, ota-onaga xurmat, atrof-muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruxida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy kunikmalarini va pedagogik maxoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshka majburiyatlar ham olishi mumkin.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi miedorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa raxbari pedagog xodimlarni ragbatlantirish maqsadida uetamalar, qo‘shimchahaq hamda boshka to‘lovlar turi va miedorlarini ish haqiga yo’naltiriladigan mavjud mablag‘lar doirasida belgilaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar belgilangan tartibda sog‘likni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko’riqian o‘tkaziladi.



  1. 8-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy texnik ta’minoti

  1. Muassis yoki u vakolat bergan organ davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga birnktirilgan mol-mulk uning operativ boshqarish huquqida bo‘ladi. Muassasa o‘ziga biriktirilgan mol~mulkni va xarajatlar smetasi bo’yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib oliigan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining raxbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag‘larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi,

  2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.

Muassislari davlat boshkaruvi organlari va maxalliy davlat xokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeta va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga mol iyal ashtiriladi.

  1. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari;
shartnoma asosida qonun hujjatlarida takiklanmagan pulli xizmat ko’rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xomiylik xayriyalari;
maxalliy, xalkaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida takiklanmagan boshka manbalar.

  1. Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badalto‘lovi miqiori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

To‘lov banklar orkali tegishli gaznachilik bo‘limlarida ochilgan shaxsiy gaznachilik hisobvaraqiariga naqi pul yoki pul o‘tkazish nuli bilan amalga oshiriladi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ruyxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga byudjetdan tashqari qo‘shimchamablag‘larning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida zarur moddiy-texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqiirda, ta’lim-tarbiya jarayoniga xalakit bermagan xolda pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko’rsatiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida pullik qo‘shimcha ta’lim-tarbiya xizmatlari ko’rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga xa k tulash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xolda belgilanadi.



  1. bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining javobgarligi

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi:

mazkur Nizomda va o‘z ustavida nazarda tutilgai vazifa va funksiyalarning bajaril maganl i gi;
ta’lim dasturlarining tulik xajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlarining sifati;
ta’lim jarayonini tashkil etishning qo’llanayotgan shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, kobiliyatiga, layokatiga, kizikishlariga va extiyojlariga nomuvofiqligi;
muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim jarayoni vaqtidagi hayoti va sog‘lig‘i uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish