Mavzu: Maktabgacha ta’lim taraqqiyoti



Download 1,45 Mb.
bet44/56
Sana18.11.2022
Hajmi1,45 Mb.
#868146
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
MARUZA MATNI рахбарни ташкилот лотинча

12-Mavzu: Mudira
Reja:

  1. Mudira-tashkilotchi, ma’muriyatchi, yuqori malakali pedagog.

  2. Mudirani tayinlash va uni bo‘shatish tartibi.

  3. Mudiraga qo‘yiladigan talablar: “Maktabgacha ta’lim bo‘yicha pedagogik va rahbar xodimlarining mutaxassislik tavsifnomasi”-bilimi, ish staji; yuqorig‘oyaviy –siyosiy va mutaxassislik bo‘yicha saviyasi.

  4. Mudira ishining mazmuni: ma’muriy-xo‘jalik va tashkiliy-pedagogik faoliyatga rahbarlik qilish, tarbiyaviy va metodik ishlar, ota-onalar bilan ishlarga rahbarliq

  5. Ma’muriy-xo‘jalik ishlarining mazmuni: muassasasining moddiy bazasini vujudga keltirish va takomillashtirish (ko‘kalamzorlashtirish uskunalar, remont).



Tayanch so’z va iboralar:

Maktabgacha ta’lim muassasasi murakkab sohalardan biri bo’lib, uni samarali boshqarishda mudiraning o’rni beqiyosdir. Muassasa tashkilotchisi, rahbari, malakalipedagog — mudiraning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifasini tulaqonli hal etishga qaratilgan. U mazkur muassasalardagi ta’lim-tarbiya, pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Mudira jamoaga umumiy rahbarlikni amalga oshirib, muassasa zimmasidagi maqsad hamda vazifalarni e’tiborga olgan holda, unda ishchanlik uyushqoqlik o’zaro hamjihatlik va hurmat muhitining qaror topishiga intiladi. Mudira o’z faoliyatida amaldagi qonunchilik hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qarorlar, buyruq va ko’rsatmalarga amal qiladi, u o’z ustida tinimsiz ishlab, rahbarlik faoliyatini, muassasadagi ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga intiladi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, o’ziga va qo’l ostidagi xodimlarga talabchanlik va qat’iyat mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir. Maktabgacha ta’lim muassasasi- murakkab tarmoq bo‘lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko‘p qirralidir. Mudira – maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to’laqonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta’lim-tarbiyaviy, pedagogic va gigienik talablarga muvofiq ravish­da amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. 0‘z jamoasida ishchanlik maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o‘z ishida davlatimiz va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o‘z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik prinsiplilik o'ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik – bu mudiraga qo‘yiladigan asosiy talablardir.




Jamoadagi to‘g‘ri, o‘zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta’minlaydi.
Rahbarlik mavqei mudira o'z g‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy, huquqiy saviyasini va mintaqaviylik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta’lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida turgan vazifalarni bilishga, o'z bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanishga majbur etadi. U programma, metodik instruktiv, normativ hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yutuq va kamchiliklarini darhol bartaraf qilish choralarini ko‘rish lozim.

Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Xalq ta’limini boshqarish organlari tomonidan oliy ma’lumotga va kamida uch yillik pedagogic ish stajiga ega bo’lgan shaxslar orasidan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash bo’yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim muassasasi kengashi faollari ishtirokida ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning bilimi va kasb mahoratini hamda umumiy madaniy darajasini muntazam o’stirib borishiga gamxo’rlik qiladi: xodimlar malakasini e’tiborga olgan holda hamda maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni xizmat lavozimlari bo’yicha o’z vaqtida joydan-joyga qirib turilishini ta’minlaydi.





Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish