Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasining tibbiy bo’limiga qo’yilgan gigenik talablari va jihozlari
Reja:
1.Bolalar gigeniyasi
2. Maktabgacha ta’lim muassasining tibbiy bo’limiga qo’yilgan gigenik talablari va jihozlari
3. O‘yinchoqlar, ularga qo‘yiladigan gigiyenik talablar
Bolaning anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda gigiyena tadbirlarini qo‘llash bolaning o‘sishiga hamda rivojlanishiga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari bolalarning yashash joyi yoki qaramog‘ida bo‘lgan sanoat korxonalariga yaqinroq joyda bo‘lgani ma’qul. Shuningdek, yer uchastkasi shovqin, chang, bozor, kinoteatr hamda odamlar to‘planadigan joylardan, zavod-fabrikalardan uzoqroq, yashil, ko‘kalamzor, ozoda joyda joylashishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hamda qurilish bir- biridan ajratilgan guruhlar shaklida bo‘lishi kerak. Bunda har bir guruh bir-biridan mutlaqo ajratilgan bodishi ta’minlanadi. Bu xilda o‘ziga xos loyihalashtirish bolaning davriy rivojlanishini, ya’ni yuqumli kasalliklarga nisbatan aktivligini hisobga olingan- ligini bildiradi.
Bolalarni, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi uchun havo toza bo‘lishi kerak. Shuning uchun bolalar muassasalarining atrofiga daraxtlar ekilgan, sanoat korxonalaridan yiroq bo‘lishi zarur. Maydonni shunday loyiha- lash kerak-ki, unda tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari ochiq havoda olib boriladigan bo‘lsin. Shuning uchun maydon har bir guruh uchun atrofi butazor daraxtchalar bilan ajratilgan, sathi 130 m2 dan kam bo‘lmagan yer maydonini tashkil qilib, bunda shu guruh bolalarijismoniy tarbiya, o‘yin bilan shug‘ullanadilar. Bu yerda qumli yashiklar (l.5x|,5 yoki 2x2 m) bo‘lishi kerak. Bu yashiklar ichida kichkina stol va stullar hamda kichik tumbochka bodishi kerak. Qumli yashiklar salqin joyga qo‘yiladi va har oyda qum yangilanib turiladi. Iflos narsalar tushmasligi uchun kechqurun ustini berkitib qo‘yiladi. Maydonda jismoniy tarbiya ishlarini olib borish uchun har xil moslamalar — narvonchalar, pog‘onalar, arg‘imchoqlar va boshqalar bo‘lishi lozim.
Maydon markazida (chuqurligi 25 sm) oqar suvli hovuzcha bo‘lishi tavsiya etiladi. Bunday hovuzchalarni qurish imkoni bo‘lmaganda polietilen (puflanadigan) sun’iy chuqurchalardan foydalanish mumkin. Xo‘jalik bo‘limi bolalar maydonidan alohida, yo‘lagi ham alohidajoylashtiriladi. Maydon asfaltlanadi yoki shibbalab shag‘al solinadi. Bo‘lim asbob-uskunalar, oziq- ovqatlami saqlashga moslab quriladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan mebellar bolalar organizmining anatomik-fiziologik ehtiyojlariga, tarbiyaviy-sog‘lomlashtirishjarayonlarining tabiatiga mos kelishi, yengil, mustahkam, pishiq, arzon, tozalash qulay bo‘lishi lozim. Usti tekis, toza, suvga chidamli, loklangan va emulsiya qoplangan bo‘lishi lozim. Mebellar (stullar, stollar, karavotlar, shkaflar) bola gavda tuzilishining asosiy kohsatkichlariga va «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mebel o‘lchovlari» talablariga mos kelishi zarur.
Bolalar o‘z shkafchalarini, stullarini, stol va krovatlarini adash- may topishlari uchun mebellarga turli hayvonlar yoki o‘sim- liklaming rasmi yopishtiriladi.
Bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun stollami qo‘yishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
stollar chapdan yorug‘lik tushadigan, oynali tomonga qo‘yilishi;
ikki o‘rinli stollar 3 qatordan oshmasligi;
stollar orasidagi oraliq masofa 0,5 metrdan kam bo‘l- masligi;
devorlarga osilgan taxtaning sathi 0,71—1,5 metr bo‘lishi kerak.
Jihozlar va mebellar xonalarda shunday joylashtiriladiki, bolalarning bexavotir o‘ynashlari uchun xonadan ortiqcha va qo‘pol buyumlami chiqarib tashlash kerak.
Hojatxonalardagi unitazlaming balandligi 3—5 yoshli bolalar uchun 55 sm va kattaroq bolalar uchun 65 sm, jo‘mragining balandligi tegishlicha 65—75 sm bodishi kerak.
Sochiqlar uchun ilgaklar yerdan 90 sm balandlikka o‘matiladi. Tuvaklarni qo‘yish uchun maxsus xonachalari bor javonlar 3 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun alohida mo‘ljallangan bo‘ladi.
Hojatxona unitazining yerdan balandligi 3—5 yoshli bolalar uchun 25 sm va yoshi birmuncha kattaroq bolalar uchun 30 sm qilib o‘matilgani ma’qul.
Bundan tashqari, bolalar vannalari va dush tagligi, kattalar uchun unitaz, tuvaklar yuvish uchun jo‘mrak, artib-tozalashda ishlatiladigan buyumlami saqlash uchun shkaf bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |