Har xil aniq vaziyatlar mavjud. Ular orqali tarbiyachilarning faolligi va qiziquvchanligini oshirish mumkin.
Illyustratsiyali vaziyat.Bu vaziyatda amaliyotdan ayrim voqealar yoritiladi. Shu yerning o’zida qaror ham chiqariladi.
2.Vaziyat- mashq. Bunda ba’zi bir topshiriqlarni bajargan holda muammoni hal qilish lozim. (reja tuzish, maktabgacha ta’lim muassasa ta’lim- tarbiya dasturi asosida u yoki bu bo’lim bo’yicha bolalar o’zlashtirishi jadvalini to’ldirish.)
3.Vaziyatli baholash.Bunda muammo hal qilingan bo’lishi, lekin pedagoglardan uning tahlili orqali chiqarilgan qarorni asoslay olishi, uni baholay olishi kerak.
4.Vaziyat- muammo Bu nisbatan murakkab faollashtiruvchi usul bo’lib, u muammoni yechishdan iborat. Yordam tariqasida tarbiyachilarga savollar beriladi.
5.Qarama- qarshi ikki taraflama nuqtai -nazardan muhokama qilish.
Bunda muhokama qilinadigan muammo ikki xil nuqtai nazardan ko’rib boriladi. Har bir tarbiyachi muammoga nisbatan o’z nuqtai nazarini aytishi va uni asoslab berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |