Uchinchi bosqichda — Uzoq muddatda-majburiy tibbiy sug‘urtani kengaytirilgan joriy etish bosqichi – axolining barcha qatlamlarini sug‘urta bilan qamrab olish (2023-2025 yy.)
2023–2025-yillar davomida yana oltita viloyat qamrab olinadi.
2025-yildan boshlab barcha hududlar to‘liq qamrab olinadi.
Majburiy tibbiy sug’urtani moliyalashtirish.
«Endi moliyalashtirish masalasiga o‘tsak. Rejaga ko‘ra, 2020 yilda maxsus jamg‘arma tashkil etilib, uning manbalari (Moliya vazirligi hali ushbu moliyaviy manbalarni tasdiqlamaganligi sababli ushbu ro‘yxat o‘zgarishi mumkin) quyidagilar bo‘ladi:
1) aholi daromadidan to‘lanadigan sug‘urta badallari;
2) alkogol va tamaki mahsulotlarini sotilishidan tushgan tushumlardan qilinadigan ajratmalar (masalan, aksiz solig‘i hozir 12% bo‘lsa, majburiy tibbiy sug‘urta joriy etilgandan keyin u 1%ga oshirilishi mumkin va shu 1 foiz jamg‘arma hisobiga o‘tkaziladi);
3) inson sog‘lig‘i va atrof-muhitga zarar keltiruvchi zavod-fabrikalardan to‘lanadigan ajratmalar (bunda ham xuddi shu tartib amal qiladi).
Yana bir muhim ma'lumotga e'tiboringizni qaratmoqchiman: majburiy tibbiy sug‘urtalashni faqatgina mana shu jamg‘arma amalga oshiradi. Nima uchun sug‘urta kompaniyalari jarayonda ishtirok etmaydi? Chunki xalqaro tajribani o‘rganganimizda, ular faqat vositachi vazifasini bajarishi mumkin, ya'ni mijozni topib, shartnoma tuzadi xolos. Moliyalashtirish esa jamg‘arma zimmasiga yuklanadi. Sug‘urta kompaniyalarining ishtiroki ijobiy hol, albatta. Ammo buning salbiy jihatlari ko‘proq ekanligi isbotlangan. Bitta misol: ushbu vaziyatda sug‘urta kompaniyalari aholining sog‘lom qatlamiga ko‘proq e'tibor bera boshlaydi. Aksincha, qariyalar, nogironlarga sug‘urta polisini rasmiylashtirishdan qochishga harakat qilishadi, chunki kompaniyalarning asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, majburiy tibbiy sug‘urtalashni jamg‘arma bajaradi (ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bundan mustasno.
“Shifokor bemorning sog‘lig‘iga qayg‘uradi, uning cho‘ntagiga emas”. Majburiy tibbiy sug‘urta afzalliklari,
Birinchidan, Unga ko‘ra, eng katta muammo – korrupsiogen harakatlar kamayadi. Sug‘urta polisi bilan kelgan bemorga shifokorlar har qachongidan ko‘ra sifatliroq xizmat ko‘rsatishadi, chunki u o‘zi bilan mablag‘ olib kelyapti, ya'ni sug‘urta kompaniyalari tibbiy xizmat haqini to‘lab berishadi. Buning ortidan shifoxonalarning moddiy ahvoli yaxshilanadi. Natijada, xodimlarga yuqori maosh to‘lanadi. Oldingidek bemorlarning cho‘ntagiga «ko‘z tikilmaydi» . Asosiy e'tibor uning sog‘lig‘ini tiklashga qaratiladi.
Ikkinchi ijobiy tarafi tibbiyot muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat kuchayadi. Bunda ular ko‘proq bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun sifatni oshirishga harakat qilishadi: moddiy-texnik bazani yaxshilash, malakali kadrlarni jalb qilishga urinishadi.
Uchinchidan, tenglik prinsipi shakllanadi. Bemorning ijtimoiy kelib chiqishiga e'tibor berish barham topadi. Shifokor uchun boy-kambag‘alning ahamiyati yo‘qoladi»
Do'stlaringiz bilan baham: |