Mavzu: Mahsulot sifat darajasini baholash. Xulosa.
Reja:
Mahsulot sifat darajasini baholash usullari.
Mahsulot sifat darajasini baholashning kompleks, differensial hamda aralash usuli.
Mahsulot sifatini texnikaviy darajasini baholash.
Mahsulot sifat darajasini baholash usullari.
Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin (1-rasm).
Mahsulotning sifati ko'rsatkichlarini aniqlash usullari
|
|
|
|
1
|
|
1
|
|
|
|
O'lchash
usuli
|
|
Hisoblash
usuli
|
|
Ma'lumotlar manbaalari bo'yicha
|
|
Organaleptik
usul
|
|
Ro'yxatga olish usuli
|
1
|
|
|
|
1
|
|
An'anaviy usul
|
|
Ekspert usuli
|
|
Ijtimoiy usul
|
1 - rasm. Mahsulot sifati ko'rsatkichlarini aniqlash usullari
klassifikatsiyasi.
O'lchash usuli texnik o'lchov asboblari yordamida olingan ma'lumotlarga asoslangan. O'lchash usuli yordamida mahsulotning og'irligi, bo'yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.
Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog'lanishlar yordamida olingan ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og'irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko'rsatkichlarni aniqlashda qo'llaniladi.
Organoleptik usul - sezgi organlari: ko'rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma'lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko'rinishi, ko'zga tashlanuvchanligini baholashda qo'llaniladi.
Qayd etish usuli ma'lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o'tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo'li bilan olingan ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Ushbu usulda unifikatsiyalash ko'rsatkichi, huquqiy patent ko'rsatkichi kabilar aniqlanadi. Ma'lumot manbalariga qarab sifat ko'rsatkichlari an'anaviy, ekspert va ijtimoiy usullarga bo'linadi.
An'anaviy usul - muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo'liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).
Ekspert usulida mahsulot sifat ko'rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar guruhi, ya'ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga oshiriladi. Ekspert usuli yordamida boshqa usullarda aniqlab bo'lmaydigan ba'zi sifat ko'rsatkichlarini baholash mumkin. Bu usul ba'zi ergonometrik va estetik ko'rsatkichlarini baholashda qo'llaniladi.
Ijtimoiy usuli mahsulotning haqiqatdagi yoki potentsial iste'molchilariga tayanadi. Iste'molchilarning fikri to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, so'roq qilish yoki maxsus so'roq anketalari orqali, ko'rgazmalar, konferentsiyalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Mahsulot sifat darajasini baholashning kompleks, differensial hamda
aralash usuli.
Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differentsial, kompleks va aralash usullar orqali amalga oshiriladi. Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial usuli baholanayotgan mahsulot turining sifat ko'rsatkichlarini tegishli bazis ko'rsatkichlari bilan taqqoslash orqali, ya'ni baholanayotgan mahsulotning sifat ko'rsatkichi R1 taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namuna ko'rsatkichlari R1 baza bilan taqqoslanadi.
Ba'zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. Bunday xolatlarda barcha ko'rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko'ra ikki guruhga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Birinchi guruhga mahsulotning muhim xossa-xususiyatlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni, ikkinchi guruhga esa ikkinchi darajali ko'rsatkichlarni kiritiladi. Agar birinchi guruhga qiymati birdan katta yoki birga teng bo'lgan barcha nisbiy ko'rsatkichlarni kiritib, ikkinchi guruhga esa asosiy qismi birdan kichik bo'lmagan ko'rsatkichlarni kiritilsa, taqqosalanayotgan mahsulotning sifat darajasi namunaning sifat ko'rsatkichlaridan past emasligini ko'rishimiz mumkin. Aks holda mahsulotning sifati darajasini boshqa usulda, masalan, kompleks usulida aniqlash mumkin.
Sifat darajasini baholashning kompleks usuli sifatning kompleks (umumlashgan) ko'rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan mahsulot sifati darajasini faqat bitta son bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo'lgan holatlarda foydalaniladi. Kompleks usuliga ko'ra sifat darajasi baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning umumlashgan sifat ko'rsatkichi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
(1)
Kompleks baholashning mukammalligi umumlashgan sifat ko'rsatkichini obyektiv topishdadir.
Baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichlari bilan e'tiborga olinayotgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlikni tavsiflash imkoniyati bo'lgan barcha holatlarda quyidagi funktsional bog'liqlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
(2)
Barcha bo'lishi mumkin bo'lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu bog'liqlikning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda umumlashgan ko'rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri qabul qilinadi.
Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial va kompleks usullari har doim ham qo'yilgan masalalarni yechishga imkon beravermaydi. Sifat ko'rsatkichlarining keng nomenklaturasiga ega bo'lgan murakkab mahsulotni baholashda, differentsial usul yordamida aniq xulosa chiqarib bo'lmaydi, faqatgina kompleks usulni qo'llash esa baholanayotgan mahsulotning barcha asosiy xossa- xususiyatlarini obyektiv baholashga imkon bermaydi. Bunday holatlarda mahsulotning sifatini baholash uchun mahsulot sifatining birlik va kompleks ko'rsatkichlaridan differentsial va kompleks baholash usulini qo'shib, birgalikda foydalaniladi. Baholashning bunday usuli aralash usul deyiladi.
Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Sifatning birlik ko'rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar bo'yicha sifatning kompleks ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Mahsulot sifatini baholashda quyidagi tushunchalarni bir-biridan farqlash muhim ahamiyatga ega:
• Mahsulotning sifati ko'rsatkichi deb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.
Mahsulotning belgisi_- uning barcha xususiyat va holatlarining sifat va miqdoriy tavsifidir.
Mahsulotning parametri_- uning belgisi bo'lib, barcha miqdoriy xususiyat va xolatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko'rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o'tkazuvchanligi, cho'ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.
Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlarga aytiladi. Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichiga tortilgan o'rtacha qiymat ko'rinishida aniqlangan ko'rsatkichni misol qilib keltirishimiz mumkin:
Ko = KZ bu yerda
/=1
Ki- mahsulotning i xususiyatining ko'rsatkichi.
Zi- Ki ko'rsatkichning ulushini ifodalovchi koeffitsient.
Guruhlar bo'yicha aniqlangan kompleks ko'rsatkichlar hamda alohida ajratib ko'rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo'lgan birlik ko'rsatkichlar taqqoslash asosi qilib qabul qilingan ko'rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Odatda, o'lchash yo'li bilan mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Huquqiy-patent va iqtisodiy ko'rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko'rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi. Hisoblash yo'li bilan, yuqorida aytib o'tganimizdek, sifatning kompleks ko'rsatkichlarini aniqlash mumkin.
Mahsulot sifatini texnikaviy darajasini baholash.
Sifat ko'rsatkichlarini taqqoslashni intervallar shkalasi yoki nisbatlar shkalasi orqali ham ifodalash mumkin. Sifat ko'rsatkichlarini taqqoslashda ko'rsatkichlar dinamikasining tavsifi ham e'tiborga olinadi. Masalan, sifat ko'rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo'yicha taqqoslaganda ularning dinamikasining tavsifi ham e'tiborga olinadi. Masalan, sifat ko'rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo'yicha taqqoslaganda ularning dinamikasining tavsifi quyidagicha hisobga olinadi: sifat ko'rsatkichlari nisbatining miqdoriy qiymati sifat ko'rsatkichlari boshlang'ich ko'rsatkichga nisbatan ortsa, birdan katta, kamaysa birdan kichik bo'ladigan qilib tuziladi. 2-rasmda mahsulotning sifati darajasini baholashning sxemasi keltirilgan.
ёки
гбаз
P
Pi
P
гбаз
Texnikaviy daraja - mahsulotni texnikaviy takomillashtirishning nisbiy tavsifi bo'lib, mana shu mahsulot turini takomillashtirishda fan-texnika yutuqlarini tavsiflovchi, mahsulot sifatini belgilovchi eng asosiy xossa-xususiyatlarining yig'indisiga aytiladi.
1 Illi I I I I I—I—I =►
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
2- rasm. Sifat ko'rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo'yicha taqqoslash.
Texnikaviy darajani baholash - mahsulotning jahon, regional, milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o'rnatishdan iborat. Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko'rsatkichini bazis namuna ko'rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna - bu baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fan-texnikaning ilg'or yutuqlarini o'zida mujassamlashtiruvchi mahsulot namunasidir.
Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |