Mavzu: Mahmudxo’ja Behbudiyning hayoti va faoliyati


Behbudiyning 1917-18 yillardagi faoliyati



Download 296 Kb.
bet5/9
Sana31.01.2022
Hajmi296 Kb.
#419916
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
“м.бехбудий-туркистон маърифатпарварлик харакатининг асосчиси

Behbudiyning 1917-18 yillardagi faoliyati
Mahmudxo’ja Behbudiy XX asr boshlarida Turkistondagi ma’rifatparvarlik harakatining yo’lboshchisi hisoblanadi. U o’zining butun hayoti, faoliyati davomida eini ozod, hur qilish orzuvi bilan yashab o’tgan. Millatparvar ziyolilarimizdan biri. “Sobiq Turkistonning” har bir kent58 va dahasida qozixonalarning, ularda xizmat qilgan qozi va muftilarning son-sanog’i bo’lmagan. Biroq, Behbudiydek barkamol shaxs faqat diniy bilimlarnigina emas, shu bilan birga zamonaviy ilmlarning ham zo’r bilimdoni, xalqni ma’rifatli qilish uchun kurash yo’lida o’z moddiy boyliklarini, hattojonini ayamagan. Saxsning misli nihoyatda siyrakdir, hatto yaktodir59.
Ha millat fidoyisi Behbudiy hazratlarining muborak nomlari bugungi matbuotimiz sahifalarida tez-tez tilga olinayotir. Behbudiy hayoti va ijodidagi mazmun mohiyat bugun ko’pchilik olimlarimizni o’ziga jalb etib undan xulosalar chiqarishga urinishlar bo’lmoqda.
Behbudiy 1917 yil fevral inqilobidan so’ng Turkistonlik ko’pgina ziyolilar – Hamza, Avloniy, Ayniy, Tavallo va boshqalar kabi mustabid chor hukumatining ag’darilib, o’rniga burjua erkinligi hukumati o’rntilganligini tabrikladi. Behbudiy 1917 yil 18 aprelda umumturkiston musulmonlari qurultoyida Turkistonda Rossiya tarkibidan ajratib, alohida davlat tuzishni talab qilgan bo’lsa, Toshkentda chiqib turgan “Ulug’ Turkiston ”gazetasinig 1917 yil 12 iyunida bosilib chiqqan “Haqiqatning bayoni” nomli maqolasida bu federasiyaning mohiyatini yana ham konkretlashtirib, uni despotik zulm, istibdodli davlatga qarshi erkin, demokratik ruhdagi ittifoq tarzida izohlab, shunday deb yozadi: “Biz istaymizki, butun Rusiya musulmonlari usuli yuzasidan tiriklik qilsunlar. Biz istaymizki, Turkiston musulmonlari, bundagi rusiy, yahudiy va boshqalar qo’shilgan holda o’z boshlariga rusiyaning bir parchasi hisoblantirg’on Turkiston hukumatida ta’sis etsak, o’zimizning majlis, parlamentarizmimiz bo’lsun. Turkiston musulmonlari shariat va odatlarga ko’ra, o’z zakon va dinlariga muvofiq tiriklik qilsunlar. Turkiston yahudiy, nasroniy musulmonlari uchun hammalarining manfaatlarini e’tiborga olaturg’on qonunlar tuzilsin”60.
Behbudiy eng avval, Turkistonni chor hukumati qo’lidan qutqazish g’oyasini elga talqin qiluvchilardan, aholining ezilgaligini birinchi sezganlardan va bu haqda turli usta yo’llar ila xalqni istiqlol kurashiga chaqirganlardandir.
Turkistonning uyg’onish davrini uch qismga : maorif, matbuot va jamiyatga bo’lib, shu davr tadbirlarini boshiga Behbudiy turganini ko’ramiz. Millat ozod bo’lib, o’zining mustaqil davlatini o’rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo’lmaydi. Behbudiy qilgan bu birinchi xulosalardan edi. Behbudiy hamisha xalq bilan birga bo’ldi. Vatan taqdiri kun taqdiriga qo’yilgan 1917 yilning 16-23 aprelida Toshkentda bo’lib, Turkiston musulmonlarining 150 vakili ishtirok etgan o’lka qurultoyida hayajonli nutq so’zladi. Millatni o’zaro ixtiloflardan voz kechishga buyuk maqsad yo’liga birlashishga chaqiradi. Agarda biz Turkiston musulmonlari xoxlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga, ittifoqqa qadam qo’ysalar, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz boy va ulamolarimiz birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, o’zimizning bora-bora tadrijiy suratda askarlarimiz bo’lsin. Ul milliy askarlarimizni vazifasi, qiyofa va shaklini, libos va tarzi maishatini o’zimiz tayin qilurmiz. Mana, bizning oldimizga katta ishlar turibdir. Hozirgi Turkiston ahvoliga qaraganda yana biz musulmonlar ruslarning fuqarosi va ra’iyasi bo’lgan o’lkadek, alardan dast va rijoga qilurmiz. Koloniya ixtilofimiz sabab bo’lur61.
Xuddi shu ixtilofimiz sababli “mustamlakat qoidasi ila bizni idora eturlar” deb ochiq aytdi. U haq edi. Mustamlakachilar “ilm-ma’rifatdan chetda saqlab kelganlari” Turkistonni osonlik bilan qo’ldan chiqarmas edilar. Fitna va ig’vo tinimsiz davom etar edi. 1917 yilning bahori Buxoroda yuz bergan voqealar shundaylardan biri edi.
1917 yilning apreli boshlanganda, Buxoroda “usuli qadim” va “usuli jadid” o’rtasida dahanaki tortishuvlar juda qizib ketgan, ish hali ochiq jang va alg’ov-dalg’ovga yetib bormagan, vaziyat qil ustida turardi. Amir va uning a’yonlari ikki o’t orasida qolgan edilar. Amir nima qilishini bilmas, tinmay telefon orqali o’z konsuli Miller va uning ishochli odamlari bilan maslahatlashardi. Konsulning o’zi ham fevraldan beri yangi hukumatning siyosatiga o’rganolmas. Shuning uchun oson va qulay deb eski, o’ziga yaxshi, tanish siyosatni davom ettirardi.
Buxoroning o’t-olov yoshlari esa islohotlar va erkinliklar talab qilar edilar. Ular o’z vaqtlari kelganligini anglab va zamon endi o’zgarishlar zamoni bo’lganligini amirdan ko’ra teranroq tushunar edilar. Amir ham yevropacha o’qigan, dunyoning past-balandiga aqli yetar, Rusiyadek ulug’ mamlakatda chor ag’darilib, g’aroyib o’zgarishlar bo’lib turganda Rusiyaga qo’shni va do’st Buxoroda bunday o’zgarishlar bo’lmasligiga hech kim kafolat bera olmas edi62.
Amir fevral o’zgarishlarini hisobga olib, rus elchixonasining maslati bilan Buxoroda islohotlar o’tkazishga qaror qildi. Miller janobi oliylari nomidan bir manifest tayyorlaydigan bo’ldi. Uni saodatli bir ayyomda, tantanali bir vaziyatda e’lon qilishga kelishdilar.
Millerning odamlari butun Buxoroda islohotlar manifesti e’lon qilinarmish degan gapni bir necha kun burun tarqatdilar. Xaloyiq o’rtasida shov-shuv qizib ketdi. Manifest xabari usuli qadimchilar va usuli jadidchilar o’rtasidagi alangali bahslarni yanada qizitib yubordi63. Miller tomonidan tayyorlangan Buxoro amiri Olimxonning islohot haqidagi farmoni e’lon qilinmasdan o’n kun ilgari Turkiston gubernatori Kuropatkinga murojaat qilishib, Rus islohotlari to’g’risidagi farmondan xabardor etishgan va shu bilan birga shu islohoti shariya munosabati bilan Buxoroga qo’shni xalq o’rtasida qo’zg’olon va norozilik chiqishidan hadik bayon qilgan edi.
Kuropatkin qo’shni Turkistondan Buxoroga thdid solishini oldini olish maqsadida Samarqand volostiga ogohlantirish xati bilan murojaat etgan edi. Kuropatkinning ushbu xati Samarqand ijroiya qo’mitasi majlisiga maxfiy muhokama qilinib, ahvolni bilish uchun Buxoroga bir necha kishini vakil qilib jo’natiladi. Mahmudxo’ja hazratlari Samarqand ijroiya qo’mitasining 2 - raisi sifatida Buxoroga yuborilgan Samarqand, Qarshi, Turkiston vakillari orasida bor edi.
“Hurriyat” gazetasining 1919 yil 1may sonida shu voqealar munosabati bilan mufti Behbudiyning “Buxoro voqealari va daf’i tuhmat” degan maqolasi chop etildi. Avvalo u amirning manifesti qanday siyosiy vaziyatda va nima maqsadlarni ko’zlab qabul qilinganligini ko’rsatgan, ikkinchi yoqdan Behbudiy taqdirida burilish nuqtasi bo’lganligini anglatadi64.
Behbudiyning yozishicha, general Kuropatkinning Samarqand volostiga yozgan rasmiy maktubi muzokaraga qo’yilib, majlis qaroriga ko’ra, Ovrupo ahllaridan janob Chartuf va Porsfil’d musulmonlardan Behbudiy va mulla Haydarbek Abdusaid o’g’li, yahudiylardan Isoxorovlar Buxoroga yuboriladigan bo’lishadi. Bu yerda bir savol tug’iladi: nima uchun amir Kuropatkinni o’z islohotidan xabardor qilayotir? Nega shart’iy islohot joriy etishni maqsad qilib qo’ygan amir shu bois Buxoro hamsoyalaridan, bu o’rinda Samarqand xalqidan xavfsirab turibdi. Amir va Buxoro hukumati Rossiyadagi fevral qilobiga g’oyatda shoshib qolganini yuqorida aytib o’tgan edik. U, qaqnday bo’lmasin demokratik islohotlarni to’xtatib qolishni istardi. Buxoroga chetdan isyon aralashishini istamas edi. Allaqachon chirib tugagan hokimiyatni yana biroz cho’zish uchun bir nayranglar ustida bosh qotirardi. U hammani chalkashtirib yuborishni xoxlardi.Amir jahonshumul siyosiy girdob ichiga allaqachon tushib qolgandi.
Millerning manifestni Behbudiyga ko’rsatishdan maqsadi nima, uning fikrini olmoqchimi yoki bir narsaga tayyorlamoqchimi? Bu yerda yana manifest, ya’ni islohot to’g’risidagi amir farmonining egasi kim degan savol tug’iladi.
Amir hazratlari nega “ovrupolik”larga alohida e’tibor berib, izzat-hurmat ko’r satdilar-u, o’z millatdoshlariga kelganda ulardan yuz o’girdilar. Nega amir hazratlari zamonasining taniqli adibi bo’lib tanilgan “Padarkush” bepoyon Turkistonga ovoza bo’lgan Behbudiydek munavvar bir insonni tanimagandek bo’lib o’tdi. Ovrupoliklarga amir tobe edi. Ulardan, ularning kuch-qudrati va harbiy mashinasidan qo’rqar, ulardan o’zini ehtiyot qilardi. Amirda o’zi istaydimi yo’qmi qullik alomatlari zohir bo’lgan edi. Amir Behbudiyni tanimagan, bilmagan deyish qiyin. Harholda u zamonasining o’qimishli kishisi edi. Ehtimol, u Behbudiyni tanigani va juda yaxshi bilishi uchun ham u bilan ko’rishib o’tmagandir. Uni qattol dushman deb qo’l uzatmagandir. O’shanda amir tez orada Behbudiyni qo’lga tushirishni ko’zlamaganmikan? Ayg’oqchilar, badhohlar, Behbudiyning izida edilar65.
7 aprel islohot oldidan mo’ljallanganidek,tantana fojiaga aylanadi. Miller esa buning aybini Behbudiyga qo’yadi. Faqat Miller emas, 9 aprelda boshlangan Turkiston ishchi va soldat deputatlari sovetlarining I o’lka s’ezdida ayrim rus deputatlari Buxoro fojeasini Samarqanddan borgan vakillarga to’nkaydilar. Behbudiy mazkur s’ezdda so’zga chiqib, bor voqeani tushuntirib bergan66. Behbudiy Buxoro voqealari va daf’i tuhmat maqolasida bunday yozgan edi: “Hammamiz va elchi chiqib ketdik. Ark atrofida bir necha ming xalq to’plangan edi. Chartuf mulla Haydarbek va Isoxorovni yoshlar bir hovliga taklif etdilar. Bordik 50-60 nafar to’plandi. Tabrik etdik. Alar ko’chalarga chiqib namoyish qilmoqni mashvarat qildilar. Bizlar man etdik. Yoshlar qabul qilmadilar. Oxiri biroz e’tibor ila harakat etmoqqa shiddatli suratda tavsiya etib chiqdik. Borib biroz istirohat va taom etdik. Soat 3da yana majlisga qaytdik. 200 ga yaqin kishi to’plangan ekan. Farmonni baland ovoz ila o’qib, xaloyiqqa tushuntirdilar: “Bizlar (Mahmudxo’ja va Mulla Haydarbek) bir islomiya tuzib, ta’sis etmoqqa mashvarat etdik. O’zlari ham bir jamiyat xayriya uchun qonun tuzatgan ekanlar. Bizlar ham a’zo yozildik. Ertaga namoyish qilib amir hazratlariga arzi tashakkur va izxofi ubudiyat uchun alam ko’tarib, arkka bormoqchi edilar. Bizlar ulamoga qattiq tegar deb man etdik”67.
Lekin yoshlar Mahmudxo’janing vazmin gaplariga quloq soladigan vaziyatda emas edilar. Ularning ko’zlariga ajib bir g’alaba jilvalanib ko’rinmoqda. Ular nazarida amir bir farishtaga aylanib qolgan edi. Behbudiy namoyishni man etib, qanchalar haq ekanligi bir necha soat ichidayoq dahshatli bir tarzda namoyon bo’ladi qo’yadi.
1917 yilning 26 noyabrida Qo’qonda o’lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi ish boshlaydi. 27 noyabrda o’tar kechasi Turkiston muxtoriyati e’lon qilinadi va bu mustamlakadan mustaqillikka tomon qo’yilgan jiddiy va jasoratli qadam edi. Ma’naviy otasi shubhasiz Behbudiy edi. “27 noyabrda Qo’qonda Turkiston muxtoriyati 10 ming musulmon s’ezdida e’lon qilindi. Muborak va xayrli bo’lsun. Kamina ham Turkiston muxtoriyati deb iftixor etaman. Yashasin Turkiston muxtoriyati!” deb yozgan edi Behbudiy. Fitrat esa muxtoriyat e’lo qilingan kunni “Milliy laylat-ul qadrimiz” deb aytgan edi. Behbudiy iztirob bilan mayning boshlarida Samarqandga qaytadi. U u yerda tura olmay Toshkentga keladi. Turkiston rus sovet hukumati rahbarlari bilan muzokara olb borishga intiladi. Tabiiyki muzokaralar atija bermaydi.
Mutaffakir adib Turkiston fojiasining navbatdagi silsilasi boshlanganini butun vujudi bilan his etadi.
1918 yil ittifoq jamiyati Mahmudxo’jani musulmon maorif shu’basiga mudir qilib tayinlaydi. Lekin uvaqtda tor millatchi ruslar bu ishga istehzo bilan javob berdilar. Mahmudxo’jani yolg’iz komissiya a’zosi deb qabul qildilar. Lekin maorif kollegiyasida musulmon maorifi uchun voqea bo’laturg’on har bir masalani Mahmudxo’jaga anglatmasdan o’zlaricha hal qilaverdilar. Nochor Mahmudxo’ja iste’fo berdi.
Osipov voqeasidan so’ng Samarqandda ko’p talon-tarojlar boshlandi, nohaq xibslar ko’paydi. Maorif ishlari nihoyat darajada tazyiqqa uchradi. Bu ishlarga biror chora topa olurmenmi, deb fevral oyinda Toshkentga bordi. Bu safardan hech bir natijani qo’lga kirgiza olmadi. Millatning milliy taraqqiyotini inkor etgan sho’rolar yo’li aldov va zo’ravonlikka asoslanganini Mahmudxo’ja bilardi.


Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish