L Flegmona. Biriktiruvchi to'qima bo'shliqlari: teri osti, muskullararo, qorin pardasi orqasi va boshqa kletchatkaning o'tkir sidirg'a yiringli yallig'lanishi. Abssessdan farqli ravishda bu kasallikda yiringli bo'shliq piogen pardasiz va tarqalishga moyil bo'ladi. Fleg-monalarni abssesslarni keltirib chiqaradigan omillar paydo qila-di. Stafilakokk va steptakokkdan tashqari, yallig'lanish jarayonini ichak tayoqchasi, ko'k yiringlatuvchi tayoqcha, gonokokklar va boshqalar keltirib chiqarishi mumkin. Flegmona karbunkul,chip-qon, gidrodenit xasmol kabi yaralarga o'z vaqtida davo qilinmas-ligi oqibatida kelib chiqadi. Yiringlanishning tarqalishi mikroorganizmlarning virulentligiga, organizm himoya kuchlari-ning birmuncha pasayganligiga va joylashgan sohasining anatomik xususiyatlariga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |