Zeeymanning anomal effekti.
Keyingi tadqiqotlarning ko’rsatishicha, spektral chiziq bo’linishining (ajralishining) yuqorida tavsif etilgan turi, ya'ni ikkita δ- komponenta va bitta π- komponentadan iborat triplet hosil bo’ lishi juda kamdan-kam yuz berar ekan. Bo’linishning bu turi amalda bitta tayinli monoxromatik to’lqindan iborat bo’lgan va singlet chiziqlar deb ataladigan oddiy spektral chiziqlarni harak terlaydi. Bu bo’linish normal bo’linish deb
ataladi. Spektral chiziqlarning aksariyati murakkab bo’ladi, ular multipletlar bo’lib, bir-biriga zich joylashgan ikki yoki bir necha chiziqdan iborat bo’ladi. Oddiy multiplet - dublet, masalan, natriyning sariq
Chizig’i bo’lib, u to’lqin uzunliklari deyarli 6 A ga farq qiladigan ikkita D1 va D2 chiziqdan (λ1 = 5895,920 A va λ2=5889,963 A) iborat; D2 chiziqning intensivligi Dl chiziqning intensivligidan ikki marta ortiq. Ko’pincha ko’p komponentalardan tuzilgan yanada murakkabroq, multipletlar uchraydi.
Bu multipletlarga magnit maydoni ta'sir etganda spektral chiziqlarning bo’linish manzarasi yuqorida tavsif etilganidan murakkabroq bo’ladi. Masalan, natriyning dubleti shunday bo’linadiki, bunda D2 chiziq 6 kompo- nentaga, D1 chizi 4 komponentaga ega bo’ladi. Ularning bir qismi δ- komponentalar, bo’lib, bir-biridan shunchalik qochiq turadiki, ayni o’sha magnit maydonida ba'zilarining bo’linishi normal bo’linishdan ortiq, boshqalarining bo’linishi normal bo’linishidan kichik bo’ladi; alohida π- komponenta va δ-komponentalarning intensivligi shundayki, hamma chiziqlarning
aralashmasi qutblanmagan yorug’lik bo’ladi. 31.5-rasmda bu bo’linishning fotosurati, 31.6-rasmda esa bundan ham murakkab hol tasvirlangan, 31.6- rasmda xrom septetining 21 komponentga bo’linadigan bitta chizig’i tasvirlangan; suratning pastki qismida 14 ta δ-komponenta, yuqorigi qismida 7 ta π- komponenta bo’lib, ba'zi zaif komponentalar aniq chiqmagan.
Zeeymanning bu anomal effekti manzarasinnng murakkab bo’linishi chiziq harakterinning tashqi magnit maydoni bo’lmagan holda murakkabligiga tasodifan bog’liq bo’lib qolgan emas. Umumiy sabab elektronning elektr zaryadiga ega bo’lishdan tashqari yana ma'lum bir magnit momentiga ham ega bo’lishidadir. Bu magnit momenti bilan atom ichida ta'sir qiladigan magnit maydonining o’zaro ta'siri natijasida spektral chiziqlar murakkab struktu rali bo’ladi, bu magnit momenti bilan tashqi magnit maydonining o’zaro ta'siri natijasida chiziqlar murakkab (anomal) ravishda bo’linadi. Bunday o’zaro ta'sirlar faqat kvant nazariyasi yordamida hisobga olinadi. Faqat kvant nazariyasigina Zeeymanning anomal effekti ni qanoatlanarli darajada talqin etish bilan baravar spektral chiziqlar strukturasining murakkab bo’lish sababini ham aniqladi.
Zeeymanni oddiy (normal) effekti ham kvant nazariyasida talqin etiladi, buning ustiga, kvant nazariyasi yordamida topilgan natija Lorents yaratgan oddiy nazariya natijalari bilan bir xil bo’lib chiqadi. Zeeymanning dastlabkitajribalarida normal triplet kuzatilish fakti juda qulay hol bo’lib, biroq u optik hodisalarning elektron nazariyasini rivojlantirishda g’oyat muhim rol o’ynadi.. Elektron nazariyaning talqiniga amal qilib, bu murakkabroq hollar anomal hollar jumlasiga kiritildi; haqiqat da esa ular umumiyroq hodisa bo’lib, normal effekt esa bu umumiy hodisaning atigi xususiy holidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |