O’lchanayotgan yoritilganlik qiymatini hisoblash qo’yidagi tartibda bajariladi: yuqorida aytilgan qoplamalar yordamida tanlangan o’lchov diapozonlarining eng katta qiymati bosilgan tugmaning qarama-qarshi tomonidan olinadi. Masalan, o’ng tomondagi tugma bosilsa / uning qarshisida 10 karrali o’lchash diapozonlarining eng katta qiymati ko’rsatilgan / 0 dan 100gacha bo’lgan shkaladan foydalanish kerak. Agar chap tomondagi tugma bosilsa / uning qarshisida 30 karrali o’lchash diapozonlarining eng katta qiymatlari ko’rsatilgan / 0dan 30gacha bo’lgan shkaladan foydalaniladi. Asbobning tegishli shkalasidan o’qilgan qiymatlarni “M” , “R” va “T” qoplamalarida ko’rsatilgan kamaytirish koeffitsientlariga ko’paytirish kerak. - O’lchanayotgan yoritilganlik qiymatini hisoblash qo’yidagi tartibda bajariladi: yuqorida aytilgan qoplamalar yordamida tanlangan o’lchov diapozonlarining eng katta qiymati bosilgan tugmaning qarama-qarshi tomonidan olinadi. Masalan, o’ng tomondagi tugma bosilsa / uning qarshisida 10 karrali o’lchash diapozonlarining eng katta qiymati ko’rsatilgan / 0 dan 100gacha bo’lgan shkaladan foydalanish kerak. Agar chap tomondagi tugma bosilsa / uning qarshisida 30 karrali o’lchash diapozonlarining eng katta qiymatlari ko’rsatilgan / 0dan 30gacha bo’lgan shkaladan foydalaniladi. Asbobning tegishli shkalasidan o’qilgan qiymatlarni “M” , “R” va “T” qoplamalarida ko’rsatilgan kamaytirish koeffitsientlariga ko’paytirish kerak.
Masalan: - Fotoelementda “K R” qoplamasi o’rnatilgan va chap tugma bosilgan, strelka 0-30 shkalasining 15 raqami ustida, o’lchangan yoritilganlik 15x100=1500lk bo’ladi.
Lyuksmetr - Lyuksmetrni uzoq vaqt to’g’ri ishlashini ta‘minlash uchun selenli fotoelementini ortiqcha yoritganlikdan asrash, qoplamalarining to’g’ri tanlanishiga ahamiyat berish talab etiladi. Shu maqsadda, o’lchanayotgan yoritganlik qiymati noaniq bo’lsa, o’lchashni eng katta diapozonli “KT” qoplamasidan boshlash kerak.
ISHNI BAJARISH TARTIBI: - Lyuksmetr Yu-116ning tuzilishi bilan tanishib chiqing
- Laboratoriyada derazada 1,2,3,4,5 m masofalarda poldagi belgilar bo’yicha yoritganlikni o’lchang. Bunda stol balandligida / 0.8m / fotoelement yuzasini tepaga qaratib polga parallel holda ushlang. Shu vaqtning o’zida tashqaridagi yoritilganlik ham o’lchanadi.
- Formula /3/ bo’yicha o’lchangan beshta nuqtaning har biri uchun tabiiy yoritilganlik koeffitsienti ye ni hisoblang.
- Olingan qiymatlar bo’yicha uning o’zgarishi grafigini chizing.
- 2- jadvaldan foydalanib, tabiiy yoritilganlik koeffitsienti qiymati va yoritish sistemasi bo’yicha oynadan 1,2,3, m va h.k. uzoqlikda bajariladigan ishning turi va razryadini aniqlang.
- Chiziqning yo’g’onligi 0,7 mm bo’lganda oynadan 2m masofada chizmachilik ishlarini va mikrometr shkalasining bo’limlari qalinligi 0,7 mm bo’lganda derazadan 4m masofada o’lchov ishlarini bajarib bo’ladimiq
- Olingan raqamlarni va qilingan xulosalarni laboratoriya ishiga oid hisobotingizni yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |