Ma`ruza 10
MAVZU:Loyihaviy o’qitish texnologiyasiga kirish
Reja:
1.
Loyihaviy o’qitish texnologiyasining ahamiyati
2. Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari
3. Ta’lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari va tamoyillari
Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli
kechishini ta’minlovchi muhim shartlaridan biridir. Pedagogik jarayonni
loyihalashda:
- pedagogik faoliyat mazmunini taxlil kilish;
- natijalarni oldindan kura bilish;
- rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar
bajariladi.
Bu bosqichda o’qituvchining mustaqil, shu bilan birga ukuvchi bilan
xamkorlikda ukuv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida
loyihalashtirilgan faoliyati yetakchi urin tutadi. Demak pedagogik jarayonni
loyihalash loyiha —► mazmun —>■ faoliyat uchligi asosida tashkil etiluvchi
pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit ifodalashga xizmat qiluvchi
loyixani yaratishdir.
Loyihalar predmet va uning yunalishiga kura bir-biridan farklanadi. Loyihalarda
pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashxisning kuyilishi bilan
yakunlanuvchi taxliliy faoliyat; oldindan kura bilish va loyihalash kabi ijodiy
faoliyaglar namoyon buladi Tashhis, oldindan va loyihalash xar kanday pedagogik
vazifani ajralmas uchligi xisoblanadi.
Loyihalash ta’limning ijtimoiy, pedagogik maksadlarga tayangan xolda,
pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya xisoblanadi. Loyixalashda
ukuv rejasi, dasturlari, darsliq metodik tavsiyalar va bopsha ukuv kullanmalar
muxim manba bulib xizmat kiladi.
Pedagogik vaziyatni tulaqonli anglash xamda vazifalarning aniq va to’g’ri
belgilanishi pedagogik jarayonni samarali hal etishning muhim shartidir.
Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish
bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi. Pedagogik faoliyatning
muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yula yoki birin-ketin anglanishiga
bog’liq. Pedagogik faoliyat uchun umumiy bulgan vazifalarni belgilab olish
muhimdir. Sungra pedagogik jarayonning ma’lum bosqichi mohiyatini aniq
ifodalaydigan bosqichli vazifalar (aloxida olingan bosqich vazifalari) ni, nihoyat
xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiq:
Bosqichli pedagogik vazifalar (ma’lum bosqich xususiyatlarini inobatga
olgan holda belgilanuvchi) Vaziyatli pedagogik vazifalar (muayyan vaziyatlarni
inobatga olgan holda belgilanuvchi)
Agar pedagogik vaziyat yetarli darajada tugri anglanmasa, u xolda
pedagogik vazifalarni xal etish yullari ham to’g’ri belgilanmaydi. Endigina kasbiy
faoliyatni boshlagan uqituvchi tajribasizligidan pedagogik vaziyatni tugri anglash,
vazifalarni to’g’ri belgilash malakasiga ega bulmaydi. Shu sababli ular uzlaricha
yul tutadilar va pedagogik vazifani darxol xal etmoqchi buladilar, natijada jiddiy
xatoga yul kuyiladi.
Ammo, ayrim xolatlarda tajribali pedagoglar xam pedagogik vaziyatni tugri
anglashga e’tiborsiz qaraydilar. Natijada pedagogik faoliyatda nomutanosiblik
vujudga keladi: pedagog uz faoliyatining pedagogik maqsadlarning xal etilishini
ta’minlay olisha olmasligini uylab utirmay, ukuvchilarni faollashtiradi, kurgazmali
kurollardan foydalanadi, bilimlarni nazorat qiladi. Pedagogik faoliyatning yana bir
nomutanosiblik tomoni shundaki, kupchilik pedagoglar pedagogik vazifalarni
ikkinchi darajali, funksional, utkinchi vazifalarga almashtiradilar va faqat
ulargagina uz diqqatlarini qaratadilar (darsni tashkil etish, tadbirlar utkazish va
xokazo - N.V.Kuzmina).
Pedagogik vazifani anglash mavjud ma’lumotlarni taxlil qilish va tashxis
qoyish uchun asos bulib xizmat kiladi.
Ma’lumotlarning taxlili vaziyat urnini aniklashdan tashkari, butun
pedagogik jarayonda tarbiyachi, tarbiyalanuvchi va ular urtasidagi munosabat
xamda ta’lim mazmuni, samarali vosita va pedagogik shart-sharoitlar kabi asosiy
tarkibiy kismlarni anikdashga yunaltirilgan bulishi lozim.
Ma’lumotlarning taxlili pedagogik jarayon moxiyati, jamoa va aloxida
ukuvchilar xarakatlari xolatini aniq vaziyatlarda rejali urganish kabi ilmiy
dalillarga ega bulishga yordam beradi. Ushbu dalillar amaliy faoliyat asosini
tashkil etadi. Mavjud dalillar pedagog faoliyat jarayonining kechishi va kutilgan
natijaning kafolatlanishini tashxislashga imkon beradi. Bizning nazarimizda
mazkur urinda “tashxis” tushunchasining mohiyatini yoritib utish maqsadga
muvofikdir.
Tashxis (grekcha diagnostikos — tez anglab olish) dastlab tibbiyotda
kullanilgan tushuncha hisoblanib, kasallik moxiyati va bemor xati, uning har
tomonlama izchil urganilishini anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e’tirof etib
kelingan.
Sunggi yillarda “tashxis” tushunchasi amaliy pedagogikada ham keng
kullanilmokda.
Pedagogik tashxis pedagogik jarayonni uning umumiy xolati, shuningdeq
tarkibiy kismlarini har tomonlama, yaxlit tekshirish orkali baxslashdir.
Pedagogik tashxis odatda pedagogik jarayonning psixologiq subektiv
xususiyatlarini inobatga olish (psixodiagnostik tekshiruv) asosida kuyiladi.
Psixodiagnostik tekshiruv ukuvchi shaxsi hamda uning faoliyatini yaxlit yoki
ma’lum jiatlarini alohida qamrab olishga asoslanadi. Psixodiagnostik tekshiruv
davomiyligiga kura tezkor yoki davomli bulishi mumkin:
Malakali pedagogik tashxisning zaruriyati o’qituvchidan o’quvchi shaxsini
o’rganish metodlari va maxsus metodikalarni, jamoa, shuningdeq yaxlit pedagogik
jarayon xususiyatlarini chukur o’rganishni talab etadi.
Tashxis kuyish ta’lim (yoki tarbiya) maqsad va vazifalarini xal etishning
umumiy talabi xisoblanadi. U mak.sadlarning anikligi, bir xilligi, ularni bajarish
usullari, ulchash va baxo berish bilan chambarchas bog’liq. Pedagogik tashxis
asosini ukuvchi shaxsini xar tomonlama bilish, jamoa sifatida sinfning xususiyatla-
rini urganish, aniq pedagogik vaziyatlarda ma’lumotlarni taxlil etish kabi xolatlar
tashkil etadiki, ular ta’lim jarayonini loyixalashning keyingi muxim bosqichiga
utish, ya’ni, pedagogik jarayonni oldindan kura bilish imkonini yaratadi. Bu xolat
pedagogik maqsadning shakllanishiga olib keladi va maqsad asosida puxta
uylangan pedagogik vazifalarni belgilash imkonini beradi. Shaxsning rivojlanish
darajasi ta’lim maqsadlari bilan uygun bulgandagina pedagogik maqsadga
erishmaslikning oldini olishga erishiladi. Ya’ni, pedagogik maqsad pedagogik
tizimning muxim omili sifatida muammolarni mukarrar xal etadi.
Pedagogik oldindan kura bilish obekt xaqidagi ma’lumotlarni oldindan
urganish jarayoni sanaladi. Bunda obekt sifatida sinf, ukuvchi, bilim, munosabat
vaxokazolar tanlanadi.
Oldindan kura bilish metodlari turli-tuman bulib, ukituvchi ularni
mukammal uzlashtira olishi kerak. Oldindan kura bilish metodlari sirasiga
modellashtirish, faraz kilish, sintezlash, dalillash, fikriy tajriba va boshqalar kiradi.
Ushbu metodlar bir-birlari bilan chambarchas bokliqdir. Oldindan kura
bilish pedagogning u tomonidan pedagogik vazifalarni fikran bajarishsa
kullaniladigan samarali usullarini faraz qilishida namoyon buladi.
Oldindan kura bilish qobiliyati uqituvchiga xos bulgan muxim kasbiy fazilat
xisoblanadi. Garchi erishish yullari murakkab bulsada, pedagogik faoliyat maksadi
xali amalga oshmagan faoliyatning modellashtirilgan natijasi va pedagogik jarayon
mikdor va sifat uzgarishlarining loyixasi sifatida aks etadi.
Pedagogik oldindan kura bilish maqsadga intiluvchanlik bilan bog’liq xolda
pedagogik vazifalarni aniqlashtirishning va ularni pedagogik vazifalar tizimiga
yunaltirishning sunggi natijasi xisoblanadi. Bunda pedagogik tashxisda ifoda
etiluvchi ma’lumotlar, ya’ni, shaxs va jamoaning kushimcha imkoniyatlari va
tayyorgarligi xisobga olinishi kerak. Ilmiy jixatdan asoslangan oldindan kura bilish
natija sifatida pedagogik vazifani, pedagog va ukuvchi faoliyatining mazmunini,
motivasiya va kiska muddatda xal etilishi zarur bulgan jihatlarni sintez kiladi.
Pedagogik vazifa pedagog tomonidan, avvalo, uzi uchun shakllantiriladi, sungra
e’tibor ukuvchilarning imkoniyatlariga tayangan xolda pedagogik vazifaning xal
etilishiga karatiladi.
Malakali pedagogning vaziyatni oldindan ko’ra bilishi va maqsadga intilishi
ta’lim jarayonini pedagogik loyihalashning asosini tashkil etadi.
Pedagogik loyixalashda pedagogik vazifaning yaxlit holda mazmunan,
tashkiliy—metodiq
moddiy—texnik
hamda
ijtimoiy-psixologik
(xissiy,
kommunikativ va xk.) jixatdan xal etilishini ta’minlash talab etiladi.
Pedagogik jarayonni loyihalash bosqichida pedagog duch keladigan birinchi
muammo - bu pedagogik faoliyat mazmunini loyihalash sanaladi.
O’quv dasturi yoki ukuvchi shaxsi ta’lim mazmunini loyixalashning asosi
bulib, bu vaziyatda ukituvchi pedagogik faoliyat, maqsad va sharoitlarga muvofik
xolda ukuvchilarga nimani takdim etish xususida mustaqil karor kabul kiladi.
Qaror kabul kilish jarayonida qoyidagilarni xisobga olish maksadga muvofiqdir:
ukuvchilar tavsiya etilayotgan ma’lumotdan nimani va kanday xajmda
uzlashtirishlari zarurligi;
ukuvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning ukuv ma’lumotlarini
kabul kilish imkoniyatlari;
o’qituvchining kasbiy mahorati, shuningdeq ta’lim muassasasining moddiy-
texnik bazasi.
Bu urinda ukuv ma’lumotlarini loyihalash texnologiyasi muhim urin tutadi.
Unda:
1) o’quvchilarga taqdim etiladigan materiallar;
2) o’quvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar;
3) o’quvchilar tomonidan uzlashtirilgan ma’lumot (bilim) turlari
(N.V.Kuzmina) uz aksini topadi.
Texnologik munosabatda ukuv materiali va uning tuzilishi muammosi
muhim axamiyat kasb etadi. Bu muammoni hal etishda “didaktik material” va
“ukuv materiali” tushunchalari mohiyatini farklay olish zarur. G.A. Ball nuktai
nazariga kura, didaktik material shunday obektlar tizimidan (ya’ni, didaktik
material obektlar tizimi) iboratki, ularning har biri ijtimoiy bilim va tajribadan
kelib chiqib, moddiy yoki moddiylashgan model tarzida kullaniladi.
Ukuv materiali materiallar tizimidan (ya’ni, ukuv materiali materiallar
tizimi) iborat bulib, u didaktik materialning moddiy yoxud moddiylashgan
modellarida aks etadi xamda ukuv faoliyatida ishlatish uchun muljallanadi.
Modomiki, ukuv faoliyati ukuv vazifalarini hal etish jarayoni sifatida qaralar
ekan, tabiiyki, o’quv vazifasi o’quv materialining ma’lum k^smlariga muvofiq
tuzib chiqiladi. Shu bilan birga ukuv materialini pedagogik jix,atdan maqsadga
erishishga yunaltirilgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin. Demaq uqituvchi
faoliyatida ukuv vazifalari tizimi ukuv materialini loyixalash va didaktik materialni
shakllantirish sifatida aks etadi.
Tajribalar taxlilining kursatishicha, pedagogik jarayonni loyihalash
murakkab jarayondir. Murakkablik pedagogik jarayonni loyihalashda asosan ikki
omil: cheklov va kursatmalarni xisobga olish lozimligida kurinadi. Ta’lim
mazmuni ilmiylik va amaliy ahamiyat talablarini tuldirishi, ukuv jarayoniga
ajratilgan vaqtga muvofiq tashkil etilishi, shuningdek ta’lim mazmuni va uning
ukuvchilar tomonidan qabul qilinish darajasining uzaro mosligi inobatga olinadi.
Shu bois vaziyatning murakkabligi, ukuv fani asoslarini uzlashtirishdagi
qiyinchiliklarni bartaraf etish yullari avvaldan aniklab olinishi shart.
Odatda ijobiy yakuniy natijalarga erishishga intilgan pedagog ukuv dasturida
belgilangan mazmun buyicha ish kuradi. Shu asosida uzining shaxsiy faoliyat
dasturini yaratadi.
O’qituvchining shaxsiy faoliyat dasturida o’quvchilar tomonidan chuqur
uzlashtirilishi zarur bulgan bilimlar, kursining asosiy tayanch tushunchalari, o’quv
axborotlarni uzlashtirish psixologiyasi hisobga olinishi lozim.
1 Demak pedagog loyihalash texnologiyasini kullashda ukuvchilarning
ehtiyojlari, ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida darsga tayyorlash imkoniyati,
ukuvchilarning uz-uzini rivojlantirish qobiliyatlarini ustirishni asosiy masalalar
sifatida tan olsagina muvaffaqiyat kozonadi.
Uqituvchi faoliyatida kelajakka muljallangan va tezkor loyihalash turli
darslarda turlicha moslashtiriladi. Pedagog loyihalashga kirishda xox, u dars, xox u
tarbiyaviy tadbir bulsin, har bir pedagogik vazifaning yaxlit pedagogik jarayon
tizimidagi urnini bilishi lozim.
Malakali, tizimli modellashtirish layokatiga ega pedagoglar davomli
texnologiyalarni yarata oladilar. Ular muayyan sharoitga mos (lokal)
modellashtirishni amalga oshira olish layoqatiga ega pedagoglardan keskin
farklanadilar. Binobarin, ikkinchi gurux, pedagoglari faoliyatida yaxlit fan (yoki
pedagogik jarayon) emas, balki dars (yoki tarbiyaviy tadbir) texnologiyasi yetakchi
urin tutadi.
Agar pedagog faoliyati ukuvchilarning talablarini kondirish, ya’ni, yakuniy
maqsadlarga qaratilsa, u xolda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida
dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyixalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi.
Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ta’lim jarayonini samarali tashkil
etish, uning izchilligi va uzluksizligini ta’minlashga erishish masalalari yetuk
mutafakkirlar hamda shoir pedagoglarning diqqat-e’tiborlarini jalb etib kelgan.
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasini tashkil etishning ushbu jihatlari uz davrida Abu Ali
ibn Sino, Mirzo Ulugbek Yan Amos Komenskiy, Dmitriy Konstantinovich
Ushinskiy, Abdulla Avloniy, Xamza Xakimzoda Niyoziy, Abdukodir Shakuriy va
boshqalar tomonidan urganilgan.
Axborotlar almashinuvining globallashuvi, shuningdek ilm-fan, texnika va
ishlab chiqarish soxalarida ruy berayotgan ilmiy yangiliklarning son va sifat
jihatidan keskin usib borishi uz-uzidan ukuvchilarga ular borasida tezkor sur’atda
va batafsil ma’lumotlar berishni kun tartibiga kuymokda. Ushbu talabning ijobiy
ravishda kondirilishi, eng avvalo, ilmiy-nazariy hamda amaliy bilimlarni
uzlashtirishning kulay, ma’qul shakli bulgan ta’lim jrrayonida amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishi ukuv manbalari
(ukuv dasturi, rejasi, darslik qo’llanmalar) saviyasi, shuningdeq pedagogning bilim
darajasi va pedagogik mahoratiga bevosita bog’liqdir.
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni kullashda ukuv dasturi
mazmunining mukammalligi, darslik hamda qullanmalarning zamonaviy talablar
asosida yaratilganligi, ukuv rejasi mohiyatining nazariy va amaliy xususiyatlariga
kura yagona maqsadga erishish uchun xizmat kilishi, mashgulotlarni samarali
tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligi,
uqituvchi hamda uquvchilar urtasida ijobiy, samimiy munosabatlarning qaror
topishi kabi masalalar inobatga olinadi.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli kullashning
yana bir omili - bu muayyan, yaxlit ta’limiy jarayonni oldindan loyihalash,
ukuvchilar tomonidan uzlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, kunikma va
malakalar darajasini tashhislash hamda ta’lim maqsadining muvaffaqiyatli
natijalanishini avvaldan bashoratlay olishdan iboratdir. Ayni vaktda pedagogik
yunalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot institutlari, xalq ta’limi
muassasalari va oliy ukuv yurtlari oldida ukuv jarayonini loyihalashning eng
ma’qul, barcha turdagi uquv muassasalarida shakli, metod va vositalaridan qat’iy
nazar tashkil etiladigan ta’lim jarayoni uchun birdek xizmat kiluvchi andozani
yaratish maqsadga muvofikdir. Bu borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qulga
kiritilgan, ular tugrisidagi ma’lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning
mohiyatini ochib beruvchi, chunonchi, B.P.Bespalko, M.V.Klarin, V.Slastenin,
M.O.Ochilov, N.Saidahmedov, K.Zaripov va boshkalar tomonidan yaratilgan
adabiyotlar orkali xabardor bulishimiz mumkin. Kuyida biz yukorida nomlari
keltirilgan pedagog olimlarning nazariy qarashlariga tayangan holda ta’lim
jarayonini loyihalash borasidagi shaxsiy mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz.
Muayyan ukuv mashguloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish kuyidagi
bosqichlardan iborat buladi:
1-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi ukuv
predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir
manbalarni urganish, chunonchi, materiallarni yigish va ularning goyasi (mohiyati)
bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan goyalarni umumlashtirish,
turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat.
Ukuv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar
mohiyatini urganib chiqish uqituvchi uchun ukuvchilar e’tiboriga takdim
etilayotgan mavzu (faoliyat mazmuni) xususida ularga batafsil, mukammal ma’lu-
motlarni bera olish, ta’limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini beradi.
2-bosqich.
Ikkinchi bosqich ukuv predmetining mavzusi (faoliyat
mazmuni) yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad
doirasida kichik bulim (band) lar buyicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham
belgilash, ta’lim maqsadiga erishish yulda ijobiy hal etib borilishi lozim bulgan
vazifalarni ishlab chiqishga yunaltiriladi.
Ta’lim maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi uqituvchi,
shuningdeq ukuvchilar faoliyatini muayyan yunalishga solish, ta’lim maqsadiga
erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin
bulgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud shart-
sharoitlardan okdlona foydalanishga zamin x,ozirlaydi. Ikkinchi bosqich natijasi
ukuv predmeti (faoliyat mazmuni) ning mavzusi buyicha yagona, umumiy hamda
xususiy maqsadlar, shuningdeq vazifalarni qayd etish bilan tavsiflanadi.
3-bosqich.
Ta’lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta’lim
maqsadi va vazifalariga tayanilgan holda,ukuv jarayonining mazmunini ishlab
chikishdan iboratdir.
Ta’lim jarayoni ukuv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi
muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) buyicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini
ifoda etish imkonini beradi. Ta’lim mazmunida, shuningdeq ukuvchilar tomonidan
uzlashtirilishi lozim bulgan tushuncha, kunikma hamda malakalarning hajmi ham
uz ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta’lim mazmunining goyaviy jihatdan
mukammalligi ukuvchilar tomonidan muayyan bilim, kunikma va malakalarning
uzlashtirilish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchi bosqich samarasi ukuvchilar to-
monidan ma’lum tushunchalarning uzlashtirilishi, kunikma va malakalarning
shakllanishini ta’minlovchi shartlarning ishlab chiqilganligida namoyon buladi.
4-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan
turtinchi boskichda mashgulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi
harakatlar amalga oshiriladi.
Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashgulot shakli, metod va
vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyati ta’minlanishiga olib keladi. Ular
yordami bilangina ukuv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi
nazariy bilimlar ukuvchilarga uzatiladi, ukuvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar
qabul qilib olinadi. Muayyan mashgulot uchun eng maknul deb topilgan shakl,
metod va vositalarning belgilanishi ta’lim jarayonining qariyb 90 foizlik
muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib beriladi. Ukuvchilarni ijodiy
izlanish, faollik erkin fikr yuritishga yunaltiruvchi ta’lim shakli, metod va
vositalarining tugri tanlanishi mashgulotlarning k.izik.arli, bahs-munozaralarga
boy bulishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi. Mana shu
holatdagina ukuvchilar tashabbusni uz kullariga oladilar, ukituvchining zimmasida
esa ularning faoliyatini ma’lum yunalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni
nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yul-yuriq kursatish, maslaxatlar berish
hamda ular faoliyatini baxolash kabi vazifalar krladi.
5-bosqich.
Navbatdagi (beshinchi) bosqichda ukuvchilar tomonidan bilim,
kunikma va malakalarning uzlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt
hajmi, ya’ni, muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma’lum tushuncha,
kunikma va malakalarning ukuvchilar tomonidan qancha vaqt oraligida
uzlashtirilishi mumkinligi aniqlanadi.
6-boskich.
Oltinchi bosqichda mashq (topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi.
Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriqlar tizimining
samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti
hisoblanadi.
Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashklar tizimini kuyidagi guruhlarga
bulish maqsadga muvofikdir:
a)
mashg’ulot jarayonida o’quvchilar tomonidan yechilishi (hal etilishi)
lozim bulgan mashklar;
b)
darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi kuzda tutilgan mashqlar (uy
vazifalari).
Ukuvchilar e’tiboriga xavola etilayotgan mashklar bir-birini tuldirishi, uzaro
alokadorlik bog’liqlik va eng muhimi evolyusion xususiyat kasb eta olishi lozim.
7-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichida
ukuvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat kilish va test tizimini ishlab chiqish
kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Nazariy va amaliy jihatdan tufi bulgan test tizimining ishlab chiqilishi
ukuvchilarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan muayyan tushunchalarni
uzlashtirish, shuningdek amaliy kunikma va malakalarni shakl lantira olganlik
darajalarini aniq va xolis aniklay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab
chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir-biri bilan uygun bulishlariga ahamiyat
berish maqsadga muvofikdir.
8-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning sunggi bosqichi yaratilgan loyiha
(andoza) ning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonining yakuniy darajasi
(samaradorligi) ni urganish bilan nihoyalanadi.
Mazkur bosqichda ta’lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq
hamda yul kuyilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari taxlil etiladi,
navbatdagi mashg’ulotlar jarayonida sodir bulgan kamchiliklarning oldini olishga
qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi.
Bildirilgan fikrlardan anglanganideq har bir bosqichda amalga oshirilayotgan
vazifalar urtasida muayyan izchillik mavjud bulib, u ta’lim jarayonini samarali
tashkil etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |