Mavzuning maqsadi: . Logopedik o’yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi nutq kamchiliklarini korreksiyalashning samarali yo’llarini ochib berish.
Kurs ishining vazifalari:
-Ilmiy adabiyotlardan maavzuning bayon etilish holatini o’rganish.
-. Logopedik o’yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishda korreksion logopedik ishni kengroq yoritib berish:
Kurs ishining predmeti: Logopedik o’yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi nutq kamchiliklarini korreksiyalash.
Kurs ishining obyekti: Nutq kamchiligiga ega boʻlgan bola.
Kurs ishining ilmiy-uslubiy jihatlari: Kurs ishida ilmiy adabiyotlar,ilmiy maqolalar,O’zb.Res.ning me’yoriy-huquqiy hujjatlaridan,internet ma’lumotlaridan foydalanilgan.Kurs ishining hajmi va tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi; 2 ta bob, xulosa va takliflar, adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.Bob.Muammoni o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari.
1.1. . Korreksiyalash yuzasidan metodik adabiyotlar tahlili.
Nutq bola hayotida turli funksiyalarni: aloqa qilish, tajribalarni
o’zlashtirib olish, faoliyatini boshqarishni bajaradi. Bu sanab o’tilgan
funksiyalar maktabgacha ta’lim davrida shakllanadi.
Nutq inson faoliyatini boshqarish vositasidir. U xotira va idrok
jarayonlarini tashkil etadi. Shunday ekan bu vazifalarni amalga oshirishda nutq kamchiligiga ega maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni logopedik mashg’ulotlar yordamida nutqiy kamchiliklarini bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyor tarzda nutqini shakllantirish maqsadini ham ko’zlaydi.Sharqning ilk uyg’onish davri qomusiy olimlari (Abu Nasr Farobiy, Abdurahmon Jomiy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar) fikrlarga qaraganda, inson qalbi o’z tabiati bilan bir-biriga monand bo’lgan rohat nutq tovush va ritmlarni yoqtiradilar. Chunki tovushlar insonlar va hayvonlar hayotidagi eng zarur fanitorlaridanbiridir. Tovushning o’ziyoq ham insonni, ham hayvonni hayajonlantiradi, biror qo’rqinchli voqea ro’y berganda esa u bir-birini chaqirish vositasi sifatida qo’llaniladi va qayta rol o’ynaydi.
Nutq kamchiliklariga ega bolalarga maxsus logopedik ta’sir ko’rsatishning ahamiyatining ko’pgina tadqiqotchilar ham ta'kidlaganlar,(L.Mo’minova, R.Shomahmudova, M.Agapova, S. Boboyeva va boshqalar).
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tarbiya berishda ularni har
tomonlama shakllantirib borishda milliy istiqlol ruhi bilan sug’orilgan o’quv metodik qo’llanmalarni, milliy ta’lim tarbiya yo’lida xalq pedagogikasi an’analarini o’yin asosida qo’yish masalalari ko’tarilgan va shu muommoni hal etish yo’llarini izlab topish maxsus pedagogika, ya’ni logopediya fanining o’z oldiga qo’ygan muommolaridan biri hisoblanadi. Tarixdan yaxshi ma’lumki, sharq mutafakkirlari Kaykovus, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Hos Hojib, Abu Nasr Farobiy va boshqa bir qator allomalar bolalar tarbiyasida o’yinning ahamiyati qancha qanchalar beqiyos ekanligi haqida o’z fikrlarini bildirganlar. Va tabiiyki, bu fikrlarini o’zlarining durdona asarlarida muxrlab qoldirganlar. Ular o’yinning bola rivojlanishidagi-aqliy, axloqiy, jismoniy barkamol bo’lib voyaga yetishishdagi o’rni haqida qimmatli maslahatlarini tarixiy manba sifatida meros bo’lib qolgan o’lmas risolalarda ta’kidlab o’tilgan.
Hozirgi zamon pedagog tarbiyachilari ham o’tgan zamon tarbiyashunoslari Y.A.Komenskiy, I.G.Peshtolotsi, K.D.Usheniskiy,V.A.Suxammenskiy, SH.A.Amanashvilining olib borgan ishlarini davom ettirib, ularni takomillashtirib, o’yinning bolalarni o’qitishda va tarbiya berishda o’yinning ahamiyatiga katta e’tibor bermoqdalar.D.B.Elkonining “Psixalogiya uchun” kitobida “o’yin davomida bolalarda jamiyat uchun foydali bo’lishlik faoliyati tuyg’usi jamoatchilik faoliyatiga qiziqish rivojlanadi”,deb aytilgan.
L.S.Vigotiskiy, A.N. Leonite, S.L. Rubinshteyn, D.Elkonin va boshqalar o’yin faoliyatiga katta e’tibor berib, o’zlarining tadqiqot ishlarida,o’yin bola shaxsiyatining: uning eslash qobilyati, his hayajoni, so’zlashi, fiklashi, emotsional holati tashabbuskorligi, mustaqillik va ijodiy faoliyatining rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. Maktabgacha ta’lim tizimida o’yin faoliyatining bir turi o’qitish metodi, tevarak atrofni anglash yo’li sifatida peshqadam bo’lib kelmoqda.O’yin faoliyatini rivojlantirishga B.G.Anashev, Y.B.Azarov,E.S.Mahlahlar ham o’z hissalarini qo’shganlar. Ular bola shaxsining shakllanishida o’yin faoliyatining o’rni ahamiyati haqidagi fikr mulohazalarini bildirganlar. Oʻg’zaki ijodiyotining logopedik mashg’ulotlarda qo’llanishi o’zining qadimiy ko’hna tarixiga ega. Bular-tez aytishlari, hisob o’yinlari, hazilning mutoyiba va boshqalar.Bular o’yinning qiziqarligi oshiradilar va boyitadilar, shaklini esa zamonaviylashtiradilar.Bolalar o’yinni juda sevadilar va shu bois uni o’ynashni xohlaydilar.Lekin avvaliga buni qanday uddalashni bilmaydilar, anglab olgach esa,o’yindan bo’shamaydilar.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, o’yinlar, ayniqsa, xalq o’yinlari bola
shaxsining rivojlanishida bir necha vazifalarni bajarib kelgan.Birinchidan, bolada to’g’ri talaffuzni shakllantirishga ifodali she’rlarni yoddan aytib berish, o’ziga initasiyalarda hikoyalar so’zlash orqali erishilgan.Ikkinchidan, hisoblash, tez aytish, topishmoqlarni tez yod olishga o’rgatgan.Uchinchidan, Ertak va hikoyalar, ko’rgan-eshitgan voqealarini aytib berish mahoratining oshuviga erishilgan.To’rtinchidan, o’yin faoliyati orqali bolalarda o’z vatani va millatiga xalqiga bo’lgan muhabbat, o’rtoqlariga mehr-muruvvatli, birodarlik munosabatida bo’lish kabi insoniy xislatlar mujassamlashib borishi qaror topgan. O’yin chog’ida bolada mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o’ylaydi uning holati xotirasi kuchli ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo’ladi.
1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tarbiyasida o’yinlarni faoliyat sifatida o’ziga xos xususiyatlari .
Oʻyin bola faoliyatining asosini tashkil etadigan ko’rinishlardan biridir.
Bolalar kamolati yo’lida ishlab chiqilayotgan turli o’yinlar nazariyasi ta’lim-tarbiya uchun ham naqadar qimmatlidir. Jufa qadim zamondan boshlab ko’plab olimlar, tadqiqotchilar, ma’daniyat tarixchilari o’zlarining olib borgan tadqiqot ishlarida o’yinning o’ziga xosligi, uning nafaqat alohida shaxs hayoti balki jamiyat hayotida turgan o’rni va ahamiyati haqida fikrlar bildirganlar. Ular o’yinning qadrini uning shartliligini, uning bolalar xulqini shakllantirishdagi o’rnini, muomala-munosabati chog’idagi bolaning hatti harakatlarini aniqlab olishdagi ahamiyatini alohida ta’kidlaydilar. Shunday qilib, o’yinni “bolalikning hamrohi” deb atash mumkin. O’yin ayniqsa, maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmuni tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda yetakchi faoliyati sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ullanadigan ishlarning ko’pchiligi o’yin shaklida bo’ladi. O’yin chog’ida bolada mavjud barcha jihatlar ishga tushadi:bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o’ylaydi uning holati xotirasi kuchli ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo’ladi.Maxsus ta’limda ham logopedik mashg’ulotlar jarayonida olib
boriladigan logopedik o’yinlarning o’ziga hosligi va mohiyati ham alohida mazmun kasb etadi. Logopedik o’yinlarning bola tarbiyasidagi o’rni va tutgan mavqei ham o’ziga hos sifatlarga ega. Chunonchi logopedik o’yinlar o’zining tashkil etilishi va mazmuniga ko’ra, bolalarga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’yinda qo’llaniladigan buyumlarning turlicha, kelib chiqishiga ko’ra turlichadir. Logopedik mashg’ulotlar jaroyonida nutqida kamchiligi bor bolalar uchun tashkil etiladigan o’yinlarni maxsus ta’lim nazariyasiga ko’ra ikki guruhga bo’lish juda keng tarqalgan: ijodiy o’yinlar va qoidali o’yinlar.Ijodiy o’yinlar mazmunini bolalarning o’zlari o’ylab topadilar va o’z taasurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda shu o’yinga bo’lgan munosabatlarni aks ettiradilar.Qoidali o’yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bolalar hayotiga olib kiritiladi. Qoidali o’yinlar o’z mazmuniga qarab, bolalar yoshiga mo’ljallanganligiga qarab belgilanadi. Qoidali o’yinlarning ko’pchiligi xalq o’yinlari asosida tashkil etiladi. Bunday qoidali o’yinlarning ko’plari avloddan-avlodga tayyor holda o’tib bizgacha yetib kelgan.O’yinlar o’z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ko’ra shartli ravishda didaktik va musiqiy o’yinlarga bo’linadi. Didaktik o’yinlarda bolalarning avvalo aqliy faoliyati rivojlanib boradi, ular bilimlari chuqurlashadi va kengayadi; harakatli o’yinlarda bolalarning turli hatti-harakatlari takomillashadi: musiqali o’yinlarda esa musiqiy qobilyatlari rivojlanadi.Shuningdek,logopedik o’yinlar orasida ko’ngil asrlari,o’yin ovutmachoqlari ham bo’ladi.Demak har bir logopedik o’yinning o’ziga hos sifatlari mavjud, biroq ular bir qator umumiy xususiyatlarga ham egallar, ya’ni har qanday logopedik o’yinlarda maqsadning mavjudligi, o’yin sabablari, amalga oshirish vositalarning rejali harakatlar va natijaning mavjudligi kabilar xosdir. Har qanday ko’rinishdagi logopedik o’yinlar tushunib olingan va maqsadga qaratilgan faoliyat tarzida kechadi. Boshqa faoliyat turlarida bo’lgani kabi o’yin jarayoniga bolaning butun shaxsiyati- psixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti, ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi; o’yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi va o’z bilimlarini o’yin davomida qo’llaydi.Nutq kamchiligiga ega maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun o’tkazilayotgan logopedik o’yinlarning o’ziga xos xususiyatlari bor. Ular orasida sabablarning o’ziga xosligi asosiy hisoblanadi. Bola o’yindagi maqsadiga erishish uchun o’ziga sheriklar tanlaydi. Rollarni tasdiqlaydi.Hullas o’yin faoliyatini muayyan darajada rejalashtiradigan bo’ladi.Demak,shunga qarab o’yin rivojlanib boradi. Bola o’yinda amaliy ehtiyojlarga qaram bo’lmaydi. O’yin tabiatning erkinligi garchi unda mehnat bilan ko’pgina
o’xshashliklar bo’lsada jamiyat hayotida tutgan o’rni beqiyosligi bilan
belgilanadi. Bolalarning o’yindagi erkinligi mustaqilligi qo’yidagi holatlarda namoyon bo’ladi: a)o’yin yoki uning mazmunini tanlashda; boshqa bolalar bilan ixtiyoriy birladshishda b) o’yinga kirish va chiqishning ixtiyoriyligida va xokozo.K.D.Ushenskiy bolalarning o’yindagi mustaqilligiga o’ziga xos xususiyat sifatida qarab “O’yin shuning uchun ham o’yin u bola uchun mustaqil mashg’lotdir”, degan edi. Uning fikricha, o’yin-bolakaylar vaqelik voqeylik bo’lganda ham uni o’rab olgan narsalardan ko’ra juda qiziqarli voqeylikdir. U bola uchun tushunarli bo’lgani uchun ham qiziqarlidir. Haqiqiy hayotda bola bolaligicha qoladi, u hech qanaqa mustaqillika ega bo’lmagan norasida, biroq o’yinda u boshqacha odam-u endi kamol topayotgan, u endi o’z kuchini sinab ko’ra oladigan va o’zi yaratgan narsasini mustaqil idora eta olasigan insonga aylanib boradi.Turli ko’rinishdagi o’yinlarda qoidalar ham turlicha bo’ladi. Masalan,rolli ijodiy o’yinlarda qoidalar ham turlicha bo’ladi. Masalan roli ijodiy o’yinlarda qoida o’yinmazmuning o’zida rolda, syujetda mujassam bo’ladi.Katta kishi roliga kirgan bola uning u yoki bu vaziyatdagi harakat mos harakat qiladi. Misol uchun shifokor qabuliga qizchasini shakllangan ona kirib kelishi, haydovchining esa ularni mashida eltib qo’yishi.Ijodiy uchun chog’ida buyumlar, roller,harakatlarning shartli xususiyatlarni barcha o’ynovchilar tomonidan birdek qabul qilishini eng umumiy qoida hisoblanadi. Busiz o’yin bo’lishi mumkin emas.Masalan,”tabiati qo’yniga sayr” qilayotgan bolalar o’z guruhlardagi gilamni dengiz, qo’llaridagi karton trubachani durbin, stol-stullardan qurilgan inshoat-kema ekinligiga ishonmoqlari kerak.Logotip ritmikasida bolalar bilan ishlashda ikkita asosiy narsa bor yo'nalishlar:
1. Nutqdan tashqari jarayonlarning rivojlanishi: umumiy vosita ko'nikmalarini takomillashtirish, harakatlarni muvofiqlashtirish, kosmosda orientatsiya; mushaklarning ohangini tartibga solish; musiqiy temp va ritmni, qo'shiq aytish qobiliyatini rivojlantirish; diqqat va xotiraning barcha turlarini faollashtirish.
2. Nutq jarayonlarining rivojlanishibolalar va ularning nutq buzilishlarini tuzatish. Bu ish nafas olish, ovozni rivojlantirishni o'z ichiga oladi; nutqning mo''tadil tempini va uning intonatsion ekspressivligini rivojlantirish; artikulyatsiya va yuz motorikasini rivojlantirish; nutqni harakat bilan muvofiqlashtirish; tovushni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatish va fonemik eshitishni shakllantirish.
Mashgʻulotlarni tashkil etish tamoyillari nutq terapiyasi ritmikasi bo'yicha quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Tizimlilik printsipi... Logoritmik darslar haftada ikki marta o'tkaziladi. Ushbu amaliyot barqaror natija beradi: bolaning tanasida va uning psixomotor tizimida turli xil tizimlarning ijobiy qayta tuzilishi sodir bo'ladi: nafas olish, yurak-qon tomir, nutq-motor, hissiy.
Ko'rinish printsipi. Yangi harakatlarni o'rganishda o'qituvchi tomonidan harakatlarning benuqson amaliy namoyishi ularni muvaffaqiyatli o'zlashtirish uchun ob'ektiv shartni yaratadi.
Har tomonlama ta'sir qilish printsipi. Mashqlarning tanaga umumiy ta'sirini ta'minlash, chunki nutq terapiyasi ritmikasi vositalari tananing umumiy tayyorgarligini oshiradi, tartibga solishning umumiy neyro-refleks mexanizmlarini yaxshilaydi va tuzatuvchi ta'sirlarning murakkabligiga hissa qo'shadi.Semptomlarni hisobga olish printsipi.Bolalarning jismoniy imkoniyatlari nutq patologiyasi bilan bog'liq. Bunga asoslanib, tegishli yuk dozalanadi. Shu bilan birga, mashg'ulotlar hissiy yuksalish, faollik tez o'zgarishi bilan, bolalar charchamasliklari va qiziqishlarini yo'qotmasliklari uchun quriladi.
Bosqichlar printsipi.Bilim, ko'nikma va malakalarning butun majmuasini egallash, mustahkamlash va takomillashtirishning mantiqiy ketma-ketligi aniqlanadi. U “Oddiydan murakkabga” yondashuviga asoslanadi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida nutq kamchiligiga ega maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun logopedik o’yin turlari qo’yidagilar.
1.Hayvonlar, qushlar va ularning harakatini ifodalovchi o’yinlar.
2.Meva va sabzavotlarni o’rganishga oid o’yinlar.
3.Mevalarni umulashtirishni urganishga doir o’yinlar.
4.Idish tovoqlar va oziq ovqatlar mahsulotlarini o’rganishga doir o’yinlar.
5.Oila a’zolarini o’rganishga oid o’yinlar.
6.Tana a’zolari bilan tanishishga oid o’yinlar.
7.O’z uylari, manzillarini o’rganishga oid o’yinlar.
8.Hisoblash malakalarini oshirishga oid o’yinlar.
9.Yil fasillarini o’rganishga doir o’yinlar.
10. Ranglarni ajratishga doir o’yinlar.
II . Logopedik o’yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi nutq kamchiliklarini korreksiyalash.
2.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlanishida logopedik o’yinlarning roli.
Logopedik mashg’ulotlar jarayonida didaktik logopedik o’yinlar avvalo
bolalarning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo’ldi, bu narsa unga rahbarlikning tabiatini belgilaydi. Logoped logopedik mashg’ulotlar jarayonida tarbiyaviy vazifalar va bolalarning nutqini rivojlantirishda ularning imkoniyatlariga mos keladigan didaktik o’yin va o’yinchoqlarni tanlaydi, ularni o’yinni o’tkazishning turli usullari, qoidalari bilan tanishtiradi va bu qoidalarning bajarilishini nazorat qiladi.Logoped bolalarni buyum va narsalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish, buyumlarning shakllari ularning ko’lami va xokozolar haqida tasavvurlarini tarkib toptirish uchun xalq didaktik o’yinchoqlaridan, tanish buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlardan va tahloma kubiklardan (2-6 qismga bo’lingan) foydalanadi.Buyumlar haqidagi tasvvurlarni aniqlashtirish, taqqoslash malakalarini rivojlantirish uchun juft sifatlardan foydalanadi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida o’yin va o’yinchoqlar bolalarga erkin va mustaqil foydalanish uchun beriladi. Logoped ularni turli harakat vositalari va logopedik o’yin qoidalari bilan tanishtiradi.Logopedik mashg’ulotlarda didaktik o’yinlarning har bir bolalar uchun motor, sensor fikrlash kabi qator o’yin vazifalarini keltirib chiqaradi. Masalan, bola xalqalardan “exrom” asar ekan(minora), ko’rayotib, ularning kichrayuvchi va kattalashuvchi ko’lashini farqlay olishi yoki tiza olishi lozim.Biroq nutq nuqsoniga ega bolalar kattalar ko’rsatgan harakat
usullarini darhol o’zlashtiradi olmaydilar, shuning uchun o’yin topshiriqlarini sekin astalik bilan berishi, tarkib topshiriladigan ko’nikmalarni esa uzoq muddat mashqlantirib va mustahkamlab borish lozim. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida bolalarni logopedik
o’yinlarga o’rgatish o’yinning o’zida kechadi. Logoped o’yin davomida o’yin qoidalarini tushuntiradi. Takroriy o’yinlarda u qoidalarning har bir bola tomonidan bajarilishiga erishishi kerak. Logoped o’yin mazmuni va qoidalarining o’zlashtirilishi darajasiga qarab, bolalarga mustaqil tarzda o’ynashga imkon beradi, o’zi esa o’yinni ko’zatib boradi, qiyinchilik tug’ilgandagina unga aralashadi.Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlar mazmunida ularning oshayotgan tajribasi, atrofdagi xayot bilan tanishishga oid yangi vazifalari (kattaloarning xilma-xil mehnati,tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar bilan) va axloqiy faoliyatining rivojlanishi hisobga olinadi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni endi bir muncha murakkablashgan sabr-toqat, bardosh, chidamlilik, tanlab chiqilgan qirqma sifatlar va tahlama ko’biklar jalb qiladi.Logoped logopedik mashg’ulotlarda bolalarni o’yin bilan tanishtirar ekan, logoped ularga bir-ikki muhim qoidaning mohiyatini ochib beradi.Qolgan qoidalar va o’yin harakatlarini o’yin davomida aniqlashtiradi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlov guruhlarida o’tkaziladigan logopedik mashg’ulotlarda
logopedik o’yinlardagi natijalarga erishish, o’ynash, topqirlik, uddaburonlik epchilik, chidamlilik namoyon qila olish imkoniyatining mavjudligi qiziqtiradi. “Labirinit” tipidagi o’yinlar “oq va qora”, “guldur gup”, “telefon”va boshqalar ko’plab xalq o’yinlari sifatida xizmat qiladi.
Logopedik o’yinlar jarayonida logopedik o’yinlar yoki
o’yinchoqlarning barcha imkoniyatlaridan mustaqil tarzda nutq nuqsoniga ega bolalarning ayrimlari foydalanadi olmaydilar. O’yinchoq bilan o’ynaladigan o’yinning muayyan variant o’zlashtirib olingach, bolalarda unda bo’lgan qiziqish so’nadi. Logoped bunday hollarda o’yinning yangi variantni ko’rsatish yoki boshqacha variantlarini o’ylab topishi lozim.Logopedik mashg’ulotlarda logopedik o’yinlarni tashkil etish asosida didaktikaning asosiy yetakchi prinsiplari yetadi. Ulardan foydalanish maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq nuqsoniga ega bolalarning yosh psixofiziologik xususiyatlariga ko’ra ifodalangan.Logopedik mashg’ulotlarda barcha mashg’ulotlar kabi o’yin faoliyati ham bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilgandir. Shu bilan bir nutq nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan korreksion maqsadlarni ko’zlaydi. Logopedik mashg’ulotlarda logopedik o’yinlar nutqi o’quv bilish,mehnat, tasviriy faoliyatining yuzaga kelishiga ta’sir eta borib, bola shaxsini har tomonlama tarbiya etishning muhim vositasiga aylanadi. Logopedik
o’yinlarning bolalarning kundalik hayoti, mehnati, bilim olish bilan o’zaro uzviy aloqasi maxsus bog’chalarda tarbiyalashning o’ziga hos jihati sifatida namoyon bo’ladi. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq nuqsoniga ega bolaning ko’rgazmali-harakat va ko’rgazmali-obrazli tafakkurini belgilovchi o’rni ko’rgazmalilik prinsipini logopedik o’yinlar tashkil etish ishning eng oldingi o’rinlaridan biriga qo’yadi. Uning ahamiyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning asosiy mazmuni o’yin faoliyati orqali bilimga ega bo’lish, ijtimoiy hayot hamda tabiat hodisalarini bevosita idrok etish, kattalar harakatlarini ko’zatish va va hakozolar natijasida tasavvurlar darajasida shakllanadigan bilimlarning o’ziga hos tabiati bilan olib boradi. Voqelikning o’zi asosiy ko’rgazmalilik material sifatida xizmat qiladi. Ko’rgazmalilik asosida o’yin jarayonida foydalaniladigan rang-barang turlari (buyumlar, hayvonchalar, rasmlar va boshqalar) yangi predmentlar haqida batafsil aniq tasavvurni shakllantirishga imkon beradi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni endi bir muncha
murakkablashgan sabr-toqat, bardosh, chidamlilik, tanlab chiqilgan qirqma sifatlar va tahlama ko’biklar jalb qiladi.
Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinni tashkil etishda
faollik va mustaqillik prinsipining qo’llanilishi bolani faol holatiga
qo’yadigan metod va usullardan foydalanish bilan bog’liqdir. Bunday holatda turgan bola subyektiv jihatdan mustaqil “kashfiyot” qiladi. O’zi uchun hali noma’lum narsani anglab etadi. Shuningdek, bolalarni o’yin orqali o’quv bilim faoliyatining ko’nikma va malakalariga o’rgatish, ularning bilish qobilyatlarini uzluksiz takomillashtirib borish ham faollik va mustaqillikni ta’minlaydi. O’yin jarayonida logoped bolalar faoligi va mustaqilligining nisbiy tabiatliligini ham ta’kidlab o’tish lozim: ular o’qitishning, tarbiya berishning metodi va usullari hamda mazmuni biloan ta’minlanadilar.Logoped ularga shakllantiruvchi ta’sir o’tkazib turadi.Logopedik oʻyin bolalar faolligiga erishishda ko’p darajada ularning ixtiyoriy faoliyatini tashkil etishga suyanadi, qiziqarli o’yin materiallaridan foydalanadi, logopedik mashg’ulotlarni chiroyli qilib jihozlar bilan bejaydi,o’qish jarayonida bolaning hilma-hil harakatlarini (tekshiruv, o’yin materiallar bilan bajariladigan o’yinlarni) qo’shadi. Nutq nuqsoniga ega bolalarda faollik va mustaqillikni rivojlantirishda ularning mashg’ulotlarda va kundalik hayotda olgan bilimlari, ko’nikma hamda malakalarini turli o’yinlarda, mehnatda muomalada qo’llanishlari katta ahamiyatga ega.
Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarni tashkil
etishda nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda sistemalilik va izchillik ham o’ziga hos xususiyatga ega.
Mazkur prinsip avvalo o’yinning mazmuni o’yindan ko’zlangan
korreksion maqsad, bilim, ko’nikma va malakalar mazmunida mantiq
bo’lishni talab qiladi.Ushbu mantiq maktabgacha ta’lim dasturidagi u yoki bu bo’limda bir bilimdon ikkinchiga ularni kengaytirish va murakkablashtirishni ko’zda tutgan holda ifodalanishi kerak. Bu o’z navbatida bilimlar mazmunini o’zlashtirishning har bir bosqichida aniq belgilab olishni talab qiladi.Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarni tashkil etishda bolalarning kundalik xayoti va faoliyati bilan bevosita bog’liqligi (mehnat, muloqot, ta’lim bilan) mustaqillik prinsipini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarni tashkil etishdan asosiy maqsad bolalarning nutqini,tafakkurini, idrokini,diqqatini, bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish uchun maashq qilishidir.Logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlarni tashkil etishda yosh hamda individual xususiyatlarini hisobga olish, maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida muhim prinsiplardan biri hisoblanadi.Bolalarning yoshi, naqsonlaridan kelib chiqqan holda o’yinlar tanlanadi. O’yinlardan “Sexirli xaltacha”, “Notug’ri vaziyatni top”, “Ko’biklar”, “Kesma rasmlarni birlashtirish”, “Yetishmaydigan qismini top”, “4 chisi ortiqcha”, “Ranglarni ajratib ol”, “Qo’g’irchoqni ovutish”, “Mushuk va sichqon o’yini”, “Poyezd” o’yinlari yordamida bolalar nutqidagi kamchiliklari to’g’irlab borildi. «Qo’g’irchoqni ovutish» o’yini.O’yinning qisqacha mazmuni. Bolalar stulchalarda yarim doira bo’lib o’tiradilar. Ularning qo’llarida qo’g’irchoq bo’ladi. Tarbiyachi shunday deydi: Qo’g’irchoqlar yig’lashyapti, ularni ovutish kerak. Qaranglar, men qo’g’irchog’imni tebrataman. A tovushini bolalarga tanish bo’lgan alla ashulasining ohangiga solib aytib, qo’g’irchoq tebratiladi. Qani bolalar sizlar ham tebratib ko’ringlar-chi? Qo’g’irchoqni bolalar avval navbatma-navbat a tovushini talaffuz etib tebratadilar, so’ngra a tovushini birgalikda talaffuz etib turib, qo’g’irchoqni tebratadilar. Bu o’yinni o’tkazish chog’ida bolalar a tovushini juda baland talaffuz etmasligi lozim. O’yinni diqqat bilan kuzatib borish kerak.
« Ajoyib xaltacha » o’yini .O’yinning qisqacha mazmuni. Tarbiyachi bolalarga a tovushi bor bo’lgan narsalar va rasmlar solingan chiroyli xaltachani ko’rsatadi. Birinchi bo’lib, xaltachaning ichidan biror narsani olib ko’rsatadi va nomini aytadi. Narsaning nomini aytganda a tovushini boshqa tovushlarga nisbatan, ajratib cho’zibroq talaffuz etadi. So’ngra bolalar ham navbatma-navbat xaltachaning ichidagi narsa yoki rasmlardan birini olib, uning nomini aytadilar. Bunda a tovushini boshqa tovushlarga nisbatan cho’zibroq talaffuz qiladilar.
«Mushuk va sichqonlar» o’yini. O’yinning qisqacha mazmuni. Bolalar doira bo’lib yuradilar, o’rtada mushuk rolidagi bola o’tiradi. Bolalar yura turib quyidagi she’rni past ovozda aytadilar: “Sekin sichqonlar, sekin sichqonlar. Tom boshida mushik bor. Sichqon, sichqon, ehtiyot bo’l! Mushik seni tutmasin!”Mushukni tasvirlovchi bola she’r matni tugashi bilan baland ovozda miyovlaydi va bolalar ketidan quvadi. Ushlangan bola mushik bo’ladi. Bunda bolalar ovozi juda baland ham, past ham bo’lmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |