Mavzu: Lirik asarlarni tahlil qilish metodikasi



Download 37,38 Kb.
bet1/3
Sana22.07.2022
Hajmi37,38 Kb.
#835504
  1   2   3
Bog'liq
Gavhar1


Mavzu: Lirik asarlarni tahlil qilish metodikasi

Taʼlim tizimida oʻquvchilar lirik turning deyarli barcha janrlari bilan tanishish, ulardan estetik zavqlanish imkoniga ega. Lirik asarlar tahlili bilan bogʻliq eng muhim jihat tahlilning birinchi bosqichi bilan aloqador, yaʼni tahlilning birinchi bosqichida badiiy matn oʻqib-oʻzlashtiriladi, tahlilga tortilishi lozim boʻlgan jihatlar belgilanadi. Lirik turda badiiy matn nafaqat oʻqib eshittirish, balki yoddan ifodali aytib berish imkoniyati mavjud. Chunki oʻrganilayotgan lirik asar butunlay yoki uning ayrim qismlarini oʻqituvchi yoddan ifodali aytib bersa, bu birinchi navbatda, oʻquvchilarning diqqatini oson jalb qiladi. Ular oʻz oʻqituvchisining adabiyotga,sheʼriyatga muhabbatini his qiladilar, butun eʼtiborlarini sharhlanishi lozim boʻlgan sheʼr matniga, uning shakliy tarovati, mazmuniy mohiyatiga yoʻnaltiradilar. Ikkinchidan, tahlil qilinayotgan sheʼriy matn qismlari oʻrtasidagi yaxlitlik, uzviylik ham buzilmaydi.


Adabiy taʼlimda nafaqat oʻqituvchi,balki oʻquvchilarning ham koʻplab sheʼr yodlashi muvaffaqiyat garovidir. Sheʼrni yod olish oʻquvchi xotirasi bilan bogʻliq jarayon boʻlsa-da, sheʼrdagi estetik mohiyat, hissiy-emotsional ifoda, badiiy latofat uning qalbiga ham “yuqadi”, hislarini tarbiyalashga, kommunikativ, ogʻzaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga, maʼnaviyatini boyitishga munosib hissa qoʻshadi. Shuning uchun ham, bugungi adabiy taʼlimda oʻquvchilarni koʻproq sheʼr yodlashga undash joiz.
Lirik asarlarni tahlil qilishda samarali natijaga erishish uchun adabiy taʼlim jarayonida lirik asarlar tahlilini quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq.

  1. Oʻrganilayotgan har qanday lirik asar iloji boricha oʻqituvchi yoki oʻquvchi tomonidan yoddan ifodali aytib eshittiriladi. Yoki mohir suxandonlar tomonidan ifodali ijro etilgan video-audio tasmalaridan foydalansa ham boʻladi. Sheʼriy asarni ifodali oʻqishda, avvalo vazn talablarini nazarda tutish, mazmunga munosib ohang tanlash maqsadga muvofiq.

  2. Sheʼr oʻqib eshittirilgach, uning mavzu yoʻnalishini aniqlashtirish kerak. Sheʼrning mavzusi va mazmuni bilan tanishgach, dasturga tayangan holda uning oʻrganilishi koʻzda tutilgan asosiy jihatlarini belgilash tahlilni maqsadli amalga oshirishga imkon tugʻdiradi.

  3. Sheʼriy matndagi lugʻat soʻzlar izohi ustida ishlash. Tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlarni, avvalo darslik yoki majmua mualliflari shu sheʼriy matn oxirida keltirib oʻtishadi, shunday boʻlsa ham soʻz maʼnosi izohlanayotganda uning asosiy leksik maʼnosi hamda sheʼriy matn mazmunida ifodalanayotgan maʼnosidagi farqlanishlar ustida toʻxtalish.

  4. Sheʼriy matnning umumiy mazmuni va gʻoyaviy yoʻnalishi sharhlangach, shoirning badiiy niyatini shakllantirishga xizmat qilgan, mazmunni gavdalantirgan shakliy unsurlar aniqlanadi. Bunda, birinchi galda band, bayt, misralarni tayin etgan qofiya, radif, turoqlar va ularning mazmunni yuzaga chiqarishga va maʼno qatlamlarini shakllantirishga qoʻshgan hissa ustida toʻxtalish joiz.

  5. Lirik asar badiiyatini taʼminlagan yetakchi obrazlar aniqlanadi. Shuningdek, sheʼrda ishtirok etayotgan obrazlarni shakllantirgan, ularning badiiy salmogʻini tayin etgan tasviriy ifodalarga ham eʼtibor qaratish lozim.

  6. Sheʼriy asar haqidagi umumiy tasavvurlar shakllangan bandlar alohida-alohida, baytma-bayt, misrama-misra tahlilga tortiladi va hokazolar.

A.Oripovning turli sheʼriy shakl va janrlarga murojaat etishi haqida gap borar ekan, uning ruboiylari haqida hali qisqacha toʻxtab oʻtish lozim. Shoir oʻzi kamtarlik bilan bu asarlarni koʻpincha “toʻrtlik” deb ataydi, biroq ularning koʻpi mazmun jihatdan goʻzal ruhli, chuqur falsafiy maʼnoli ruboiylarni esga soladi.
Tingla, bu abadiy sado boʻladi
Gadoning dushmani gado boʻladi
Ikkovi bir-birin yegunicha to
Oʻrtada bu dunyo ado boʻladi.
Tugʻilsang baxt bilan kamol oʻshadir.
Tark etsang olamni zavol oʻshadur.
Oxir chogʻ tuprogʻing ustiga kelib,
Kimdur yod aylasa, iqbol oʻshadir.
Abdulla Oripov sheʼrlariga xos yana bir xususiyat inson ruhiyati manzaralarining toʻlaqonli chizilishidadir. Shoir qaysi mavzuda yozmasin, Navoiy taʼkid etganidek “ruh mayli”dan kelib chiqib ish koʻradi.
Yozmoqda bu ishqi jovidona
Maqsudim emas edi fasona.
Mazmuniga boʻldi ruh mayli
Afsona edi aning tufayli
Muhabbat adabiyotda hamisha navqiron va koʻhna mavzulardan biridir. Turli yillarda yozilgan “Birinchi muhabbatim”, “Muhabbat”, “Sevgi oʻlimi”, “U qoʻshiq kuyladi” “Gʻazallar toʻqirdim senga bir zamon” kabilar shular jumlasidandir. Ularning har biri badiiy jihatdan yuksak. Insondagi eng oliy tuygʻu muhabbat, uning armonlari, sogʻinch-iztiroblari, hijroni kuylanadi. “Ayol” sheʼrida muhabbatning qanoti boʻlgan sadoqat ulugʻlanadi.
Shoirning butun sheʼriyati singari muhabbat lirikasi ham oʻziga xosligi, teranligi, tuygʻularning tabiiyligi, hayotiyligi, real voqelikka monandligi bilan ajralib turadi. Sevgi haqidagi hazin, mungli ohanglar har qanday oh-vohlar, oʻldim-kuydimlardan tamomila yiroq.
“Eslang”, “Derazangni qoplar oqshom zulmati”, “Chuvaladi oʻylarim sensiz”, “Xayr endi” kabi oʻnglab sheʼrlarni koʻngilxushlikdan butunlay begona chinakam oshiqning yuksak pardalarda ifodalangan ohi, nidosi deyish mumkin. Shoir nazdida sevgi talqini, vafo va sadoqat tushunchalari maʼnaviy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz chashmasidan suv ichadi.
Shoirning “Muhabbat” sheʼri bunday boshlanadi:
Hayot mendan ayamadi neʼmatlarini
Ne istasam berdi doim, hech bir tonmayman.
Faqatgina bir gʻam oʻrtar yuraklarimni
Men muhabbat taqdirimdan maqtanolmayman.
Lirik qahramon oʻzining rad etilgan, javobsiz qolgan sevgisi tarixini hech kimdan yashirmasdan toʻkib soladi. Sheʼrda Odam Ato va Momo Havodan meros moʻjizaviy tuygʻuning odam baʼzan hatto oʻz-oʻziga ochiq iqror boʻlishiga botinavermaydigan pinhoniy jihatlari qalamga olinadi.
Yoki “Birinchi muhabbatim” sheʼrini yurakda armon boʻlib qolgan muhabbat haqidagi mungli, hazin kuyga qiyoslash mumkin. Har bir bandi mustaqil qofiyalangan bu sheʼr xalqimizning sevimli hofizi Sherali Joʻrayev tomonidan qoʻshiq qilingan.
Ona haqidagi sheʼrlar va umuman, ona obrazi shoir ijodidagi ayol obrazini yanada mukammallashtiradi va konkretlashtiradi, bu timsolni oliy maqomlarga olib chiqadi. Shoirning “Koʻzlarim yoʻlingda”, “Onajon”, “Ruhim”, “Yurtim shamoli”, “Yillar armoni” “Ishonch koʻpriklari” singari toʻplamlaridagi sheʼrlar bagʻridan mushtipar ona koʻzlari doimo bizga termilib turadi. Bu toʻplamlarning “Onamga xat”, “Onajon”, “Ona”, “Alisherning onasi”, “Onamni eslab” singari ona timsoliga maxsus bagʻishlangan sheʼrlar oʻrin olgan. “Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi” nomli fantastik sheʼrida ham ona va mehr muammosining oʻziga xos talqiniga duch kelamiz.
Shoir sheʼrlarida uch oliy tushunchaga ona nisbatini beradi: ona-vatan, ona sheʼriyat, ona sayyora.
“Onajon” sheʼri shoirning mumtoz asarlaridan biri. Bu sheʼr volidayi muhtaramasi qarshisida ayni vaqtda elning buyuk sanʼatkori boʻlgan A.Oripovning ona haqidagi guhar tuygʻulari talqinidan tizilgan marjondir. Abdulla Oripov bu sheʼrida mehribon volidaning nurli qiyofasini yaratadi.
Ota-ulugʻ zot. Uni madh etuvchi sheʼrlar ham anchagina. “Tabiat” deb atalgan sheʼrida shunday misralar bor:
Oʻtgan kunlarimga boqib muntazir —
Sogʻinchdan yonadi yongan bu jonim
Afsuski, yonimda emassiz hozir,
Donishmandu ustozim — siz otajonim .
Endi men eslayman, koʻzlarimda nam
Hikmatli soʻzlarning otash sehrini
Qoʻmsab talpinaman gohi-gohi dam
Donishmand otamning shafqat, mehrini
Shunday paytda oʻzing aylagil shafqat
Ota boʻla qolgil, menga, tabiat.
Yoxud boshqa bir sheʼrida “Otalar ilgida zamon bilan vaqt” deb yozadi.
“Qarshi qoʻshigʻi” sheʼrini otasiga bagʻishladi.
Qaysi bir shoir oʻz vatani haqida sheʼr yozmaydi? Qaysi bir kitobxon Oybekning “Bir oʻlkaki, tuprogʻida oltin gullaydi” deb boshlangan “Oʻzbekiston” sheʼrini qayta-qayta oʻqimaydi deysiz? Biroq A.Oripov na Oybekni takrorlaydi, na Hamid Olimjonni va na Uygʻunni. Oybekda Oʻzbekistonning tarixiga tegishli voqealar qiyoslangan, H.Olimjonda goʻzal oʻlka bahor nafasiga yoʻgʻrilib romantik ohangda beriladi. Uygʻun Vatanining qudratiga urgʻu beradi. A.Oripov esa “Oʻzbekiston” sheʼrida ustozlardan saboq olib, ularni takrorlamagan holda, vatani haqida jozibali sheʼr yaratadi.
U sheʼrda qariyb ming yillik tarixni mujassam etadi. Xalqi yaratgan ulugʻ siymolar taqdirini jamlaydi, “Deding, paxtam qoldi-ku axir, yigʻishtiray kelmasdan ayoz” deya, orom olishni bilmasdan sovuq dalada ter toʻkayotgan yalangtoʻsh bobodehqon obrazini joylaydi. Shoir ulugʻlar shajarasini Beruniydan boshlaydi:
Uxlar edi Kolumb ham hali
Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Beruniyning aql mashʼali.
Osmon ilmi tugʻilgan ilk bor,
Koʻragoniy jadvallarida” deya davom ettiradi shoir. Yoxud Navoiy dahosini shunday taʼriflaydi.
Temur tigʻi olmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Shular asosida shoir ulugʻ xalqqa taʼrif beradi.
U suhbatlaridan birida “Sevinchim-dardim Vatan” deyishi bejiz emas. Shoir “Yurtim shamoli”, “Oʻzbekistonda kuz”, “Qarshi qoʻshigʻi”, “Kenglik nuqtasi”, “Toshkent shaʼniga”, “Momo oftob”, “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni?” kabi oʻnlab sheʼrlarida Ona-Vatanning zavol bilmas qiyofasini yaratadi.
Oʻzbekiston mustaqilligi munosabati bilan A.Oripov ijodida ona-yurt va Vatan mavzusining yangicha talqinlari maydonga keldi. “Adolat oftobi”, “Uygʻonish zamoni”, “Erk haqida” sheʼrlari ana shular jumlasidandir.
Semantik yukning koʻpayishi va atamalar sonini aniq fanlarni oʻqitish uchun maktablarda dars soatlarining boʻshlanishi bilan uygʻunlashtirish kerak. Shuning uchun sheʼrni tahlil qilish materialni taqdim etish va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Tahlil oʻtkazib, bolalar barcha atamalarni tezda takrorlaydilar, amalda ular turli xil sheʼriy vositalar qanday farq qilishini koʻrishadi.
Sheʼrlarni tahlil qilish uchun siz badiiy uslublarning butun majmuasini bilishingiz, uslub tendensiyalari, qofiyalar turlarini aniqlashingiz, sheʼriy matnning grafik tasvirini yaratishingiz, poetik fonetika va sintaksis vositalarini bilishingiz kerak. Qoida tariqasida, sheʼriy asarni tahlil qilish koʻp vaqt talab etadi, nasriy matnni tasvirlash qiyinroq koʻrinadi. Sheʼrlarni oʻrganish, ularning tavsifi, tahlilga bagʻishlangan insholar yaratish odatda oʻquvchilar uchun katta qiyinchiliklarga olib keladi. Hatto tilshunoslik sohasidagi oʻrta bosqich talabalari ham har doim adabiy vositalardan bemalol foydalana olmaydilar, baʼzida ular matn tuzilishini koʻrmaydilar va qofiya, badiiy vositalar turini toʻgʻri aniqlay olmaydilar, muallif va lirik qahramon qiyofasini aralashtirib yuboradilar.
Barcha qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun, birinchi navbatda, berilgan algoritmdan chiqmasdan tahlilni qatʼiy sxema boʻyicha qanday bajarishni oʻrganish muhimdir. Bunday holda, siz faqatgina faktlarga tayanishingiz va sheʼriy matnni uning tuzilishi sohasida tadqiq qilayotganda atamalarning aniq maʼnosini bilishingiz kerak. Shuningdek, koʻpincha, ayniqsa maktab oʻquv dasturi doirasida, oʻz oʻqish holati yoritilishi, oʻqilgan sheʼrning shaxsiy taassurotlarini sunʼiy ravishda ifodalash talab etiladi. Bu odatda mini kompozitsiya shaklida amalga oshiriladi. Bunday holda, fikrlarni vakolatli taqdim etish koʻnikmasi, mavzuni toʻliq ochib beradigan savolga javob beradigan mantiqiy va toʻliq matn tuzish qobiliyati foydali boʻladi.
Shunday qilib, sheʼrni toʻgʻri tahlil qilish uchun adabiy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmui, mavzuni, matn gʻoyasini aniqlash qobiliyati zarur.

Download 37,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish