Tanish til: Ishlab chiquvchilar ma'lumotlar manbalarining har bir turi yoki ma'lumotlar formati uchun yangi so'rovlar tilini o'rganishlari shart emas.
Kamroq kod yozish: Bu an'anaviy yondoshuv bilan taqqoslaganda yoziladigan kod miqdorini ancha kamaytiradi.
Tushunarli kod: LINQ kodni yanada tushunarli qiladi, shuning uchun boshqa ishlab chiquvchilar uni osonlikcha tushunishlari va saqlab turishlari mumkin.
Bir nechta ma'lumot manbalarini so'rov qilishning standartlashtirilgan usuli: Bir xil ma'lumot manbalariga so'rov yozish uchun bir xil LINQ sintaksisidan foydalanish mumkin.
So'rovlarning vaqt xavfsizligini kompilyatsiya qilish: kompilyatsiya vaqtida obyektlarning turini tekshirishni ta'minlaydi.
IntelliSense-ni qo'llab-quvvatlash: LINQ umumiy to'plamlar uchun IntelliSense-ni taqdim etadi.
Ma'lumotlarni shakllantirish: Siz har xil shakldagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin.
LINQ dan foydalanish LINQ dan foydalanish uchun bizga .Net Framework 3.5 va C# 3.0 kerak bo’ladi(foydalanish uchun minimum versiyalar).
System kutubxonasiga qo’shimcha ravishda System.Linq kutubxonasidan foydalanamiz.
C# tilida querylarni yozishning 3 xil usullari mavjud. Har bir usulning o'ziga yarasha kerakli tomonlari mavjud:
1.
Query Syntax 2.
Method Syntax 3.
Mixed Syntax (Query + Method)
Query Syntax usuli har qanday murakkab querylani oson, tushunishga qulay va sodda ko'rinishga ega usul hisoblanadi. Bu usul ko'p hollarda SQL queryga juda o'xshab ketadi. Quyida siz ushbu usulning sintaksisini ko'rishingiz mumkin:
1
from obj in dataSource
2
where condition
3
select obj
Copied!
Ikkinchisidan davom ettiramiz: Method Syntax bugungi kunda eng mashhur usullardan hisoblanadi (serioz). Chunki ko'pgina murakkab vazifalarni ushbu usul bilan osonlikcha hal qilsa bo'ladi. Bu usul sintaksisi o'qishga juda oson hisoblanadi (ko'pchilik dasturchilar tomonidan tasdiqlangan). Lekin murakkab querylar uchun ushbu usulni Query Syntaxga nisbatan yozish birmuncha qiyin. Bu usulda query bir necha metodlar (albatta nuqta(.)) bilan aralashgan holda yoziladi. Quyida sintaksisini ko'rishingiz mumkin:
DataSource.ConditionMethod().SelectionMethod()
Copied!
Uchinchisi bilan tugatamiz: Mixed Syntax. Bu usul joriy usullar, Query Syntax va Method Syntaxlarning kombinatsiyasi desak adashmaymiz. Ushbu usul bilan querylarni yozish bir muncha osonlashishi mumkin. Sintaksisi quyidagicha
Operatorlar odatda harakat yoki jarayonni (harakat va jarayonni ham bo’lishi mumkin) ifodalovchi belgidir. Ular matematika va logikani yaxshi biladigan har qanday inson uchun muammo tug’dirmaydi. Ya’ni ularning asosini aynan shular tashkil qiladi. Operatorlar ma’lum bir qiymat yoki operandlarni boshqarishga qodir bo’ladi. Operatorlar har qanday dasturlash tilining asosini tashkil qiladi. Ular oddiy hisoblashlardan tortib, hattoki xavsizlikni shifrlash kabi murakkab algoritmik vazifalarni ham bajara oladi!