Turkiston shaharlarida milliy kitoblar savdosining rivojlangan silsilasi haqida o‘sha davrning adabiy manbalari ko‘plab ma’lumot beradi. CHunonchi, etnograf, o‘zbek, tojik va arab tillari bilimdoni, pedagog va yozuvchi G.V.Andreevning o‘zbek adabiyotiga bag’ishlangan va 1908 yili “Turkestanskiy kurer” ro‘znomasida chop etilgan maqolasida shunday ta’kidni uchratamiz: “Har bir shaharchada kamida o‘nga yaqin maxsus kitob do‘konlarini topish mumkin, shuningdek, biron bir ko‘zga ko‘ringan qishloq yo‘qki, unda aqalli bir nechta shunday do‘konlar bo‘lmasin”.1 Turkiston shaharlarida milliy kitoblar savdosining rivojlangan silsilasi haqida o‘sha davrning adabiy manbalari ko‘plab ma’lumot beradi. CHunonchi, etnograf, o‘zbek, tojik va arab tillari bilimdoni, pedagog va yozuvchi G.V.Andreevning o‘zbek adabiyotiga bag’ishlangan va 1908 yili “Turkestanskiy kurer” ro‘znomasida chop etilgan maqolasida shunday ta’kidni uchratamiz: “Har bir shaharchada kamida o‘nga yaqin maxsus kitob do‘konlarini topish mumkin, shuningdek, biron bir ko‘zga ko‘ringan qishloq yo‘qki, unda aqalli bir nechta shunday do‘konlar bo‘lmasin”.1 Toshkentdagi XIX asrning so‘nggi choragi – XX asr boshidagi qo‘lyozma va bosma kitoblar bozorining qay holda ekanligini N.Likoshinning “YArim umr Turkistonda” nomli asarida ham uchratish mumkin. Muallif bu haqda shunday ma’lumot beradi: “Toshkentning eski shahar qismidagi kitob savdosi keng miqyosda olib boriladi va asosan faqat kitob do‘konlaridan tashkil topgan sohib bozorda markazlashadi… O‘ttiz kitobfurush kitob tovari bilangina band bo‘lgan savdo qatorining ikki tarafidan joy olgan. Qolgan kitobfurushlar - ularning soni sakkiz kishidan iborat - ulgurji savdogarlardir. Ular karvonsaroylarda savdo qiladilar va boshqa tovarlar savdosi bilan bir qatorda sohib bozor do‘konlarini ham kitob bilan ta’minlaydilar”. 4. Kutubxonachilik (Kutubxonashunoslik) bilimlar tizimi 4. Kutubxonachilik (Kutubxonashunoslik) bilimlar tizimi Behbudiy tomonidan Samarqandda umumistifoda jamoa kutubxonasining tashkil etilishi ham Turonzaminning madaniy hayotida jiddiy hodisa bo‘ldi. Kutubxona Samarqandning ruslar yashaydigan qismida joylashgan bo‘lib, «Kutubxonai Behbudiya» deb atalar edi. Kitobxonadan tashqari bu yerda keng va shinam qiroatxona ham mavjud edi. Behbudiyning nevarasi - Nodim Behbudiyning xotirlashicha, kitob yoki gazeta-jurnallar o‘qish uchun qiroatxonaga tashrif buyurgan har bir kishiga M.Behbudiyning shaxsiy ko‘rsatmasiga binoan qaynoq shakarli choy tortilgan. M.Behbudiy har qanday aqliy, ilmiy mehnat chog’ida qand miya va xotiraga quvvat bo‘ladi deb hisoblagan. Bu Mahmudxo‘ja Behbudiy naqadar dilkash, fidoyi inson bo‘lganini, har qanday aqliy faoliyatga hamda bilimga intiluvchi odamlarga qanchalik hurmat va e’tibor bilan qaraganini yana bir karra isbotlaydi. «Kutubxonai Behbudiya» kutubxona funktsiyalari bilan bir qatorda, kitob savdosi korxonasi vazifalarini ham bajarar edi. Soddaroq qilib aytganda, bu yangi tipdagi muassasa – kutubxona-do‘kon edi. Mazkur muassasaga tashrif buyurgan har bir kishi o‘ziga ma’qul bo‘lgan istalgan kitobni kutubxonaning alohida fondidan pulga sotib olishi mumkin edi. Bu fondda jamlangan kitoblarning bir qismini Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining 1899–1900 yillardagi va 1914 yilgi haj safarlaridan keltirgan, qolgan kitoblar esa «Kutubxonai Behbudiya» manziliga Turonzaminning turli burchaklaridan, Rossiya imperiyasining Peterburg, Qozon, Boqchasaroy, Boku, Orenburg shaharlaridan, shuningdek Eron, Turkiya, Afg’oniston, Hindiston, Misr, Livandan yuborilgan edi1. O‘sha davrda turli mamlakatlardan bunday kitob «eksporti»ni uyushtirish oson ish emasdi. Bu kishidan omilkorlikni, tadbirkorlikni, ishbilarmonlik uquvini, kitob marketingi va menejmenti sohasida chuqur bilimlarni, keng xalqaro aloqalar va katta moddiy imkoniyatlarni talab etardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |