Texnika taktikaning asosiy vositasi hisoblanadi. Muayyan taktikani tanlash ham usullar jamg‘armasiga bog‘liq. Kо‘pincha u dzyudochining jismoniy qobiliyatlari: kuchi, tezkorligi, chaqqonligi bilan aniqlanadi. Ushbu sifatlardan biron birining yuqori darajada rivojlanganligi shu jismoniy sifatga urg‘u bergan holda (hal etuvchi harakat bilan) taktikani tuzishga imkon yaratadi. - Texnika taktikaning asosiy vositasi hisoblanadi. Muayyan taktikani tanlash ham usullar jamg‘armasiga bog‘liq. Kо‘pincha u dzyudochining jismoniy qobiliyatlari: kuchi, tezkorligi, chaqqonligi bilan aniqlanadi. Ushbu sifatlardan biron birining yuqori darajada rivojlanganligi shu jismoniy sifatga urg‘u bergan holda (hal etuvchi harakat bilan) taktikani tuzishga imkon yaratadi.
- Musobaqalarda bellashuvni olib borish taktikasi, asosan, raqib tayyorgarligi darajasiga bog‘liq. Bellashuv taktikasini tо‘g‘ri tuzish uchun, birinchi navbatda, raqibning qanday hujum harakatlarini qо‘llashi, qanday himoyalanishi, uning jismoniy tayyorgarligi qandayligini bilish lozim. Musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichlarida taktikani о‘z tayyorgarligining kuchli tomonlari va muayyan raqibning bо‘sh tomonlarini hisobga olgan holda rejalashtirish shart. , agar kurashchi katta kuchga ega bо‘lsa, unda hal qiluvchi hujumni kuch usulida qurish lozim. Agar raqib harakatlarni tez bajara olsa, unda uning harakatlarini ushlab olishlar bilan bо‘g‘ish va kuch bilan bostirish zarur. Agar u jismonan kuchli bо‘lsa, uning harakatlaridan ilgari harkatlanish va murakkab hujumlar bilan ustunlikka erishish lozim. Raqibning yaxshi kо‘rgan hujumlarini bilgan holda qarshi hujum harakatlarini tanlash zarur.
4. Belbog’li kurash sport turining texnikasi va taktikasi - Belbog‘li kurash texnika va taktikasiga o‘rgatish Belbog‘li kurash usulida kurashchining turish holati majburiy ixtiyoriy shaklda bo‘ladi. CHunki kurashchilar belbog‘ni ushlagandan so‘ng raqibining holatiga muvofiq harakat qiladilar. shunga qaramay kuchli va tajribali kurashchilar belbog‘dan ushlash bilanoq raqibni o‘z harakatlariga bo‘ysundirishga erishadilar. Mohir kurashchilar belbog‘dan ushlash bilan usul qo‘llashga harakat qiladi. Ayniqsa bo‘ holat kichik va o‘rta vaznli kurashchilarda kuzatiladi. Og‘ir vaznli kurashchilarning harakatlari salobatli va sekin bo‘lganligni uchun dastlabki daqiqalar bir birini nazorat qilish, usul qo‘llashga payt poylashdan iborat bo‘ladi. Belbog‘li kurash usullarida qarshi harakatlar va qarshi hujum qo‘llash imkoniyati chegaralangan bo‘lib, bunda kurashchidan katta kuch va maxorat talab qilinadi. SHuning uchun kurash harakatida usul qo‘llashga birinchi uringan, tezkor va kuchli kurashchi usulni samarali bajarishga erishadi. Kurash boshlanishidan avval kurashchilar belbog‘larni ko‘krak qismidan erkin shaklda o‘lchanib dastlab qizil belbog‘li kurashchi belbog‘ni ushlaydi, so‘ng raqib belbog‘ni ushlab olishga qulay sharoit yaratib beradi. Kurashchilar belbog‘dan ushlashgandan so‘ng bellarini orqaga qilib, yarim egilgan holda hakam buyrug‘i bilan bellashuvni boshlaydilar. Kurash dastlab boshlanishida kurashchining boshi raqibning elka qismida turadi va oyoqlari bilan yon tomonga, orqaga va oldga siljish harakatlari bajaradi. SHu yo‘sinda harakatning uyg‘unlashuvi va raqibning harakatlarini nazorati.
Do'stlaringiz bilan baham: |