Mavzu: Kurash texnika va taktikasi. Yumshoq yiqilishlar. Turish, siljish holatlar



Download 2,55 Mb.
bet2/3
Sana22.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#399913
1   2   3
Bog'liq
kurash-texnika-va-taktikasi

3.O’quv jarayoning amalga oshirish

texnologiyasi:

Uslub:Aralash

Shakl: Amaliy. Jamoa va kichik

guruhlarda ishlash



Baholash: Rag’batlantirish.

4.Kutiladigan natijalar:

O’quvchilarda kurash yordamida

kuch, qayishqoqlik, jasorat, tez-

korlik va qat`iylik, ahillik, do’sto-

na munosabatni rivojlantirilib,

kurash texnikasi va taktikasini

takomillashtirish.

Tashkiliy qism

  • O'quvchilarni saflantirish
  • Navbatchi axborotini eshitish.
  • Salomlashish .
  • Saf mashqlarini bajartirish.
  • Turgan joyda o`nga, chapga, orqaga burilishlarni bajartirish.
  • Tanani qizdiruvchi mashqlar bajartirish.
  • O'quvchilarni 3 guruhga saflantirib U.R.M. bajartirish .

Asosiy qism

.

Kurash — sport turi sifatida o'rnatilgan qoidalar asosida ikki raqib orasida o'tkaziladigan yakkakurashdir. Kurash tarixiga turli mamlakat polvonlarining kuchi, chaqqonligi va botirligini ifoda etuvchi ko'pdan ko'p afsonalar hamda san'at, adabiyot asarlari bag'ishlangan. Kurash barcha xalq yoshlarini ismoniy chiniqtirishning zo'r vositasi bo'lib kelgan. Tabiiylik, qulaylik, his-hayajonlilik hamda yuqori sog'lomlashtiruvchi ahamiyati — bular sport kurashining afzalliklaridir. Kuchini sinab ko'rish hamda o'zining tap tortmasligi, chaqqonligi, mohirligi va qo'rqmasligini ko'rsatish istagi — bu yosh yigitlarning tabiiy intilishidir.



Polvonlarning zamonaviy bellashuvi oldida alohida talablar mavjud. Kurashish san'ati vaziyatni samarali nazorat qilish va uni o'z foydasiga hal qilishdan iborat. Bunga polvon yakkakurashlarda raqibi harakatlaridagi noaniqliklardan foydalanishga harakat qila- di, chalg'ituvchi harakatlar bilan uni yanglishtirib, murakkab kombinatsiyalarni amalga oshirib, raqibining rejalarini oldindan bilib olishga intiladi. Bunday sharoitlarda ziyraklik, o'ylab ish qi­lish, kuzatuvchanlik, hushyorlik, tezda to'g'ri qarorlar qabul qilish, raqib ustunligini iloji boricha kamaytirish, bellashuvning borishini o'z foydasiga hal qila bilish, u yoki bu vaziyatda raqibi o'zini qanday tutishini oldindan ko'ra bilish, usullar qo'llash yordamida uning kuragini yerga tekkizish kabi xislatlar kurashchiga tegishlidir.

Bellashuvda vaqtning ko'p qismi o'z raqibini qulay ushlab olish vaziyatini kutishga, uni amalga oshirish maqsadida biror yo'sinda harakat qilishga, raqibni ushlab qolish va siqishga va uning harakatchanligini chegaralashga sarflanadi. Shunga muvofiq bellashuv maromi o'zgartiriladi, hujumlar qilinadi, muvozanatdan chiqariladi va hokazo. Bularning hammasi vaqtning qat'iy chegaralanganligi, raqibning kuchli qarshiligi va qattiq olishuv vaziyatida bo'lib o'tadi.









.

„Dzyudo" yaponcha so'z bo'lib, „Yumshoq yo'l" degan ma'noni anglatadi. Bu sport turiga Kontonon maktabi murabbiysi Dzigaro Kano 1882-yili asos soldi. U jiu—jitsu usulini takomillashtirdi. U kurashning bu usulining inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan tomonlarini olib, sof jismoniy tarbiya sifatida shakllantirdi.



Dzyudo—bu kurashning bir turi bo'lib, unda hamla qilish bilan birga og'ritish va bo'g'ish usullariga ruxsat berilgan. Kalta kamzul (kimo­no) va shim kiygan sportchilar oyoqyalang bo'­lib, maxsus tatami (gilam ma'nosida) ustida kurashadilar. Tik turib kurashgan vaqtda oyoq- dan chalib, irg'itish usullaridan foydalanib, ku- rashchilar birini-biri tatami ustiga irg'itishga inti- ladilar. Yotib kurashishda ushlab olish va ag'darish usullarini qo'llab, raqibini yelkasi bilan tatamiga 30 soniya davomida bosib turish yoki faqat og'ritish va bo'g'ib olish bilan raqibga yengilganini tan olishga majbur qilinadi.

O'zbekistonga dzyudo 1972-yildan kirib kela boshladi. 1973-yilda dzyudo federatsiyasi tuzildi.

Dzyudo bo'yicha musobaqalar erkaklar va ayollar o'rtasida muntazam ravishda o'tkazib turiladi.

Mustaqillik sharofati bilan o'zbekistonlik sportchilar yirik musobaqalarda, turnirlarda qatnasha boshladilar va qator g'alabalarni qo'lga kiritdilar.

Yaponiyaning Osaka shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida terma jamoamizning olti nafar vakili — Kamol Murodov, Armen Bogdosarov, Abdulla Tangriyev, Andrey Shturbabin, Man- sur Jumayev, Alisher Muxtorovlar faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdilar.

Amerika, Yaponiya dzyudosi o'z maktabiga ega. Biri ikkinchisidan farq qiladi. O'zbekiston dzyudosi ham ushbu davlatlarnikidan o'ziga xos tarzda ajralib turadi. O'zbek dzyudosi kurashning eng yaxshi usullarini o'zida mujassamlashtirgan bo'lib, bu uning boshqalar o'rga- nishiga arzigulik tomoni bo'lib hisoblanadi.














Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish