Xullas, Kuntugʻmish feT-atvorida siz havas qiladigan, ergashadigan insoniy sifatlar juda koʻp. Xolbeka siymosi ham dostonda baxshi bobomiztomonidan alohida mehr, iliqlik bilan tasvirlangan. U oʻz soʻzida turadigan, barcha hunarlarga mohir qiz. Oʻzi qanchalik bir ishga mohir boʻlsa, boʻlajak jufti halolidan ham shuni talab qiladi. Shu maʼnoda Xolbeka oʻz xulqi va fazilatlari bilan har jihatdan Kuntugʻmishga teng va munosib boʻlgan inson. U haqiqiy muhabbatni tan oladi va unga ishonadi, eʼtibor bering: u oʻz suratini chizdirib, Kuntugʻmish yurtiga yuborar ekan, agar “shu koʻrgan tushim rahmoniy boʻlsa, oshiq-maʼshuqlik awaldan pok boʻlsa, Xudoyo xudovando shu sandigʻim senga omonat, toʻradan boshqasiga tegmasin”, deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |