Mavzu: “Kulcha Non” P.Mo’min she’ri I.Hamroyev musiqasi Po’lat mo’min hayoti va ijodi - Po‘lat Mo‘min adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U o‘zining quvnoq she’rlari, zavqli qo‘shiqlari, qiziqarli doston va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biri bo‘lib qolgan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Po‘lat Mo‘min 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
- U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So‘ng, Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), o‘qituvchilik qiladi. 1948-1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951-1952 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limining mudiri bo‘lib ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. Po‘lat Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholangan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. 1998 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Ibrohim Hamroyev hayoti va ijodi - Ibrohim Hamroyev (1916.25.12, Buxoro — 1999.17.1, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975), Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konservatoriyasi (A.F. Kozlovskiy sinfi; 1945)ni tugatgan. 1939-yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog (1977-yildan dotsent). Toshkent musiqa bilim yurti direktori (1950-57). Operalar ("Oyjamol", 1969; "ChoʻL chaq-mogʻi", 1973), musiqatkdrama va komediyalar ("Shoir-nitxg orzusi", "Meli xobbonu Nabi tovon", "Bir gʻuncha ochilguncha"), vokal-simfonik asarlar ("Oʻzbekiston xotin-qizlari" kantatasi va boshqalar), orkestr joʻrligida chang uchun, fortepi-ano joʻrligida rubob uchun konsertlar, qoʻshiqlar ("Tinglang meni, say-yoralar", "Oʻzbekistonim mening" va boshqalar), shuningdek, bolalar uchun musi-qali spektakllar, xorlar muallifi. Musiqa oʻquv yurtlari uchun darslik va metodik qoʻllanmalar yozgan (2 qismli "Solfejio", T., 1971, 1978 va boshqalar). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1959, 1970).
Tempi: o’rtacha tez O’lchovi: 2/4 Tonalligi: d-moll Tonalligi: d-moll Asar bandli shakilda yozilgan bo’lib, repriza, liga, volta, chorak nimchorak notalar, pauzalar uchraydi. - Asar bandli shakilda yozilgan bo’lib, repriza, liga, volta, chorak nimchorak notalar, pauzalar uchraydi.
- Ovoz diapazoni: 1-oktava redan 2-oktava dogacha.
- Dinamik belgilari: f hamda p mavjud.
E’tiboringiz uchun rahmat - Tayyorladi: 21/1-MUT(Kunduzgi) guruh talabasi
Toshpo’latov Jasur
Do'stlaringiz bilan baham: |