DARSNING BLOK CHIZMASI:
№
|
DARS BOSQICHLARI:
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog‘lash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va baholash
|
G‘olib guruhni aniqlash, rag‘batlantirish. Darsning so‘ngi xulosasini chiqarish
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
O‘qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo‘nalishini aytib o‘tadi
|
2 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism.
O‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O‘qituvchi o‘quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o‘tadi hamda o‘quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o‘tiladi:
O‘qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo‘lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tiladi.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash:
“ Guruhlarda ishlash”
O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o‘z guruhlariga nom qo‘yib olishadi hamda guruhga qo‘yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
Tasviriy san’atda keng tarqalgan uslublardan biri kubizm uslubidir. Bunday uslubda ishlagan rassomlar tasvirlanayotgan buyumlaming atrofini aylanib ko‘rayotgandek tasvirlashga harakat qilganlar. Bu intilishni yanada bo‘rttirib ko‘rsatish uchun rassomlar tomoshabinga buyumning ko‘rinmas tomonlarini ham tasvirlaganlar.
Kubizm uslubining asoschisi Pol Sezann tasviriy san’at asoslarini o‘rganuvchilar uchun kubizm uslubining muhimligini uqtirib, rassom ta’biatdagi silindr, shar, konusni ko‘rishi kerakligini ta’kidlaydi. Shundagina unda buyumlaming konstuktiv tuzilishini tahlil qilish, buyumlaming o‘zgarmas shaklini yaxlit ko‘rish malakalari shakllanib boradi, uning shakli va nisbatlarini to‘g‘ri tasvirlash orqali yaratilgan tasviriy san’at asaridan zavqlanish mumkin bocladi. Shuning uchun ham ko‘plab rassomlar kubizm uslubida rasm ishlaganlar.
Pol Sezann (1839-1906) fransuz postim- pressionizim oqimining vakili. Parijdagi Syuie Akademiyasida tahsil olgan. Kubizm uslubida, asosan natyurmort, shuningdek, manzara va portret janrlarida ko‘plab asarlar yaratgan.
Kartinalarida obyektning konstruktiv tuzilishini uzoq vaqt kuzatish asosida tahlil qilishga intilish sezilib turadi. Rassom rangtasvir asarlari- da ko‘p rang ishlatmagan, ko‘proq buyumlar ning konstruktiv tuzilishidan tashqari, ulaming fazoviy bo ‘shliqdagi, makondagi о'mini tasvir¬lashga ustuvor tarzda ahamiyat qaratadi (1- rasm).
Kubizm uslubida rasm ishlashning eng qulay janrlaridan biri, shubhasiz, natyurmort janridir. Chunki natyurmort janrida ishlash uchun qo‘yilgan buyumlar qo‘zg£almas boclib, ulaming konstruktiv tuzilishi, fazoviy joy- lashuvi, muhitdagi holatini uzoq vaqt kuzatish mumkin bocladi. 13-rasm- dagi manzara janrida yaratilgan kartinada rassom obyekt elementlarini tasvirlashda ulaming kocrinmas tomonlarini ko‘rsatishga harakat qilgan. Odatda, shu yo‘nalishda ijod qiluvchi rassomlar asar yaratayotganda kubizm uslubining qonuniyatlariga amal qiladilar.
Pol Sezanning izdoshlari sifatida Pablo Pikassoning ijodi san’at tari- xida alohida ahamiyatga ega. Chunki u tasviriy san’atning ko‘p yo£na- lishlarida ijod qilgan bo‘lsa-da, an’anaviy uslublami inkor etmagan. Shuningdek, J.Brak, F.Leje, R. Beloni kabi rassomlar ham kubizm uslubida ijod qilganlar.
13- rasm. Kubizm uslubida ishlangan manzara. Pablo Pikassoning “Xorta de Embro qishlog‘idagi fabrika” asari, 1909-yil,
1- topshiriq. Konstruktiv tuzilishiga ko‘ra uncha murakkab boclmagan buyumlardan iborat natyurmort qoЭying va undagi har bir buyumning geometrik shaklini tahlil qiling.
2- topshiriq. Kubizim oqimi vakillari kabi natyurmortdagi buyumlaming ko‘rinmas tomonlarini his qilgan holda tasvirlashga harakat qiling.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
0‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Tasviriy san’atning kubizm uslubiga qaysi rassom asos solgan?
2. Kubizm uslubida ijod qilgan qaysi rassomlar va ulaming qanday asarlarini bilasiz? Bilganlaringizni sharhlab bering.
3. Rassomlar kubizm uslubidan qanday maqsadlarda foydalanganlar?
V. Dars yakunlarini chiqarish .
1. O‘quvchilarda paydo bo‘lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e'lon qilish.
3.O‘quvchilar aytib o‘tgan fikrlari to‘planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so‘nggi xulosasi chiqariladi
V I. Uyga vazifa
Uncha murakkab bo‘lmagan uy-ro‘zg‘or buyumlaridan iborat natyur-mort tuzing va undagi buyumlaming geometrik shakllarini aniqlang.
O‘TIBDO‘:____________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |