III. BOB Sariq-yashil suvo`tlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.
O`tkazilgan tadqiqotlar natijasida Krasnodar shahrining atrofidagi nam tuproq yo`llarida 5 xil suvo`tlari uchraydi. Tadqiqot hududining algoflorasining biomorfologik spektirida Silindrospermum (Cylindrospermum) shaklidan 27 tur, keyinchalik esa Formidium (Phormidium) formasi 13 tur, uchinchi Xlorokokkum (Chlorococcum) formasi 12 tur mavjud, Batsillorofita (Bacillariophyta) formasi 11 tur bilan ifodalanadi. Ksantokokksimonlar formasi eng kam 1 turi topilgan. Eksperemental nuqtalarda olingan tuproq na`munalarining ko`pi Silindrospermum va formidiumning shakllari bilan bog`liq. Xlorokokkum va Basillariofita shakllari ham tez tez uchraydi. Ksantokokksimonlar formasi bitta na`munada aniqlangan. Birinchi tajriba nuqtasida ya`ni nazorat punkti bo`lib, Silindrospermum shaklining uzunligi kuzatiladi. Xlorokokkum formasi oz miqdoeda bo`lgan, Ksantokokksimonlar formasi vakillari topilmagan. Ikkinchi tajriba nuqtasida Silindrospermum formasi kuzatilgan. Nam tuproq namunasida Ksantokokksimonlar formasi topildi lekin uni soni Xlorokokkum kabi ko`p emas va bitta tur bilan belgilangan. Uchinchi tajriba nuqtasida avvalgilaridek Ksantokokksimonlar formasi kamligi ko`rinadi. To`rtinchi tajriba nuqtasida Formidium shakli vakillari kamroq topildi. Xlorokokkum shakli oldingi ikki formaga qaraganda ko`proq uchradi. Eng ozi bo`lib Basillariofita formasi uchradi, Ksantokokksimonlar esa uchramadi. Beshinchi tajriba nuqtasida eng ko`p Silindrospermum va Formidium formasi hamdeyarli ko`p uchragan. Oltinchi tajriba nuqtasida eng ko`p uchragan formalar Silindrospermum va Xlorokokkum bo`lgan. Yettinchi tajriba nuqtasida ham ko`p uchragan forma Silindrospermum bo`lgan va yana Xlorokokkum, Basillariofita ham belgilangan.
Tuproqlarning ekologik holatiga turli xil ifloslanishlarning kombinatsiyasi ta`sir ko`rsatadi. Bu algofloraning tarkibidan yaqqol ko`rinadi. Antropogen atrof muhit ifloslanishining ko`rsatkichlari sariq-yashil (Xanthophyta) va yashil (Chlorophyta) bo`limdan kokkoid shakldagi algofloraning sifatini yo`qolishiga olib kelmoqda. Ifloslanishga eng chidamli bo`lib ko`k-yashil (Cyanophyta) va yashil suvo`tlarning filamentli shakllari bo`lgan.
Xulosa.
Xulosa qilib aytish joizki, biz tuban o`simliklar fanini o`rganishimizdan asosiy maqsad bu fanning hali ochilmagan qirralari, o`rganilmagan jihatlari ko`p. Shu jumladan tuban o`simliklar fanining sariq-yashil suvo`tlar bo`limi, ksantokokksimonlar sinfini o`rganar ekanmiz, bu suvo`tning inson hayoti va tabiatdagi ahamiyatini foydali va zararli xususiyatlarini o`rgandim. Bu bo`lim suvo`tlari asosan monad shakl tuzilishida bo`lib, kokkoid, palmelloid va ipsimon tuzilishidagi vakillari kam uchraydi. Hujayrasi o`ziga xos tuzilishiga ega, o`simlik va hayvon belgilari mujassamlashgan. Ko`pchilik vakillarida hujayra qattiq po`st bilan o`ralgan. Xromotoforida xlorofilldan tashqari karotin, ksantofil, peridinin pigmentlari bo`lib ular hujayraga qo`ng`ir, jigarrang, sariq va ba`zan tillarang tus beradi. Assimilatsiya mahsuloti sifatida kraxmal to`planadi. Shu bilan birga, ba`zi turlarida hayvonlarning oziqlanishiga xos bo`lgan belgilardan paypaslaydigan, sanchadigan va yutadigan soxta oyoqlar mavjud.
Sariq-yashil yoki har xil xivchinli suvo`tlar bo`limi. Bu bo`lim vakillari har xil sharoitda keng tarqalgan bo`lib, chuchuk suv havzalarida ko`proq uchraydi. Ular yashil suvo`tlariga juda o`xshash. Shuning uchun ham ilgari bu bo`lim vakillari yashil suvo`tlariga qo`shib o`rganilgan. Hozir bir qancha muhim belgilarini hisobga olib, u mustaqil bo`lish sifatida ajratilgan. Eng muxim belgilari qatoriga quyidagilar kiradi: Harakatchan vakillarida shakli va uzunligi har xil bo`lgan ikkita xivchin bo`lib uzuni shoxlangan qisqasi esa silliq bo`ladi. Tuban tuzilgan vakillarining hujayra hujayra po`sti periplastdan ko`pchilik to`rlarida pektindan, ba`zi vakillarida esa sellyulozadan tashkil topgan. Ba`zan ikki qatordan tashkil topgan hujayra po`sti qum tuoroqli bo`ladi. Hujayraning yaltiroq sitoplazmasida bitta yoki ko`p sonli juda ham mayda yadrosi, disksimon, plastinkasimon, yulduzsimon yoki kosachasimon xromotofora bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |