Tijorat krediti – kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda qadimda paydo bo‘lgan. Uning vujudga kelishi bevosita tovarlarni ishlab chiqarish va ularning realizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tijorat kreditining obyekti bo‘lib – savdo kapitali hisoblanadi. Tijorat krediti sotuvchi tomonidan sotib olingan tovarlarning to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro bank amaliyotida ushbu kreditni vekselli kredit sifatida ta’kidlaydi. Veksel tijorat kreditining “quroli” hisoblanib, asosan barcha tijorat kreditlari veksel yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |