Tarkibiy jihatdan rivojlanish.
- Bu bosqichning asosiy belgisi iqtisodiyotda kredit munosabatlarini davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir. Davlat miqyosida kredit munosabatlarining markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki umummilliy davlat kredit institutlarining paydo bo‘lishi naqd pulsiz hisob kitoblarni olib borish uchun qo‘l keldi hamda tijorat banklarining operatsiyalari va xizmat ko‘rsatish ko‘lamining kengayishiga olib keldi, masalan, fond bozoriga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha.
Hozirgi ahvoli.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, korxonalarning ishlab chiqarish fondlari (qiymat shaklidagi mehnat vositalari va predmetlari) muayyan bir muddatda pul (P), ishlab chiqarish va tovar (T) shakllarida bo‘lishi mumkin. Korxona ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |