Mavzu. Kreditlashni tashkil etish asoslari Reja: Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari



Download 110,46 Kb.
bet3/7
Sana02.07.2022
Hajmi110,46 Kb.
#729517
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu (1)

Kreditning asosiy tamoyillari:
Kredit munosabatlari ma'lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit quyidagi tamoyillarga ega:
Kreditning qaytarilishi. Bu tamoyil kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, lekin u o'z- o'zidan vujudga kelmaydi. U moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi - bu qaytarib berish emas, qaytarib berish uchun zamin tayyorlash hisoblanadi. qaytarib berishlik obyektiv belgi hisoblanadi va bu tamoyil boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan moliyadan farq qiladi.
Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko'chirish yo'li bilan to'lanadi. Shu yo'l bilan banklar kredit resurslarini qayta tiklanishini ta'minlaydi. Sobiq ittifoq davrida «qaytarilmaydigan ssuda» tushunchasi mavjud bo'lib, u qishloq xo'jaligida ham keng tarqalgan edi. Bu banklarni korxonalar moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilib, aslida u budjet subsidiyasining qo'shimcha shakli sifatida namoyon bo'ladi.
Kreditning muddatliligi. Bu kreditning ma'lum muddatga berilishini anglatib, u qisqa va uzoq mudatli kreditga bo'linadi. Bu muddat qarzdor uchun xohlagan muddatda emas, balki u shartnomada belgilangan muddat hisoblanadi. Kreditning o'z vaqtida qaytarilishi ikkala tomon uchun ham muhim hisoblanadi. Qarz bergan tomon uchun kreditni o'z vaqtida foiz bilan qaytarilishi uni yana kreditga berish imkoniyatini yaratadi, qarzdorni esa shartnomada ko'zda tutilgan jazo choralaridan ozod etadi. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarning tejamli va qayta ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning jo'natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma mablag'larning doiraviy aylanishining tezligiga bog'liqdir.
Kreditning tovar-moddiy boyliklar bilan la'minlanganhgi. Bu tamoyilning mohiyati shuki, bunda xo'jalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablag'larining bir so'miga muayyan boyliklarning har bir so’mi qarama-qarshi turishi kerak. Berilgan kreditlar tovar- moddiy boyliklari va ma'lum xarajatlar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. Ta'minlanmagan kreditlarning berilishi kreditlarni bankga qaytib kelmasligiga sabab bo’ladi. Buning uchun hozirgi sharoitda qarz oluvchilar bankga tovar yoki tovar xujjatlarini, mulkni garovga qo'yadi. Kredit varrant (garov uchun xizmat qiluvchi xujjat) yoki uchinchi shaxs kafolati asosida ham berilishi mumkin.
To'lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag'larini hisoblangan foizi bilan to'liq o'tkazadilar. Kredit uchun haq to'lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o'rtasidagi qo'shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo'ladi. Hozirgi sharoitda ssuda foizi miqdori shartnomada o'z aksini topadi va u kreditlashning o'rtacha normasi va bank marjasidan tashkil topadi.
Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog'liqki, qarz oluvchi olingan kreditni ma'lum maqsadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va boshqalar) yo'naltirilgan bo'lishi zarur. Bu maqsadlar kredit beruvchi va kredit oluvchi o'rtasida tuzilgan shartnomada o'z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko'rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi kerak.

Download 110,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish