Мавзу: Кредит шакллари, турлари ва уларни келгусида ривожлантириш истиқболлари


 Qimmatli qog’ozlar garovi asosida beriladigan (lombardli) kreditlarni taqdim



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/87
Sana20.07.2021
Hajmi2,29 Mb.
#124089
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Bog'liq
pul kredit va banklar

5. Qimmatli qog’ozlar garovi asosida beriladigan (lombardli) kreditlarni taqdim 
qilish tartibi. 
 
Lombardli kredit, kredit oluvchining asosiy faoliyatga taalluqli bo’lgan tovar - 
moddiy boyliklarni sotib olish uchun, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning 
xaqini  to’lash  uchun  qimmatli  qog’ozlarni  garovga  olib,  alohida  ssuda  hisob 
raqamidan berilgan qisqa muddatli ssudadir.   
Lombardli  kredit  ta’minotiga,  garov  shartnomasini  rasmiylashtirgan  holda, 
quyidagi qimmatli qog’ozlarni qabul qilish mumkin: 
- davlatning qimmatli qog’ozlari; 
- boshqa emitentlarning aksiyalari, obligasiyalari va depozit sertifikatlari.  
Bankning o’z aksiyalari garov sifatida qabul qilinishi mumkin emas.   
Lombard kreditining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, garovga olinadigan 
qimmatli  qog’ozlar,  shartnoma  tuzilgan      kundagi  nominal  qiymati  bo’yicha  emas, 


  
                 
 
                                                                          24 
 
balki  uni  sotishda  yuzaga  keladigan,  kursga  bog’liq  risklarni  inobatga  olgan  holda 
aniqlangan  qiymati  bilan  baholanadi.  Shuning  uchun  ham,  banklar  qimmatli 
qog’ozlarni garovga qo’yish asosida lombard kreditini berish to’g’risida qaror qabul 
qilishda, kredit oluvchining moliyaviy ahvoli va kreditni qaytarish qobiliyatini tahlil 
etish  bilan  birga,  kredit  ta’minotiga  olinadigan  qimmatli  qog’ozlar  kursi  bo’yicha 
risklar  darajasini  baholashga  ham  alohida  ahamiyat  berishlari  lozim.  Qimmatli 
qog’ozlar  bozorida  birja  kursini  tebranib  turishi  munosabati  bilan  qimmatli 
qog’ozlarni kotirovkalashda kursga bog’liq riskni mavjudligi sababli, ularning garov 
qiymati birja bahosining 75 foizidan oshmasligi kerak. 
Birjada kotirovka qilinmaydigan qimmatli qog’ozlarning garov qiymati esa, ular 
nominal qiymatining 60 foizidan oshmasligi lozim.   
 Qimmatli qog’ozlar garovi asosida beriladigan kredit 12 oygacha bo’lgan, lekin 
shu  qimmatli  qog’ozlarning  muomalada  bo’lish  davridan  oshmagan  muddatga 
beriladi.  
Kredit  shartnomasida  qimmatli  qog’ozlarning  qiymati  birjadagi  kotirovka 
kurslari, fond birjasida bo’lib o’tgan so’nggi savdodagi ma’lumotlarni hisobga olgan 
holda  aks  ettiriladi.  Davlat  qimmatbaho  qog’ozlari  yuqori  reyting  darajasiga  ega 
ekanligi uchun, ularni garovga olib kredit berilganda, kreditning maksimal summasi 
garov qiymatining 90 foizigacha yetishi mumkin.   
Kredit oluvchi fond birjasidan sotib olgan boshqa qimmatli qog’ozlarini garovga 
qo’yganida, beriladigan kreditning eng maksimal miqdori ular garov qiymatining 75 
foizidan yuqori bo’lmasligi lozim.  
Lombardli kreditlarni berish, undirish va foydalanganlik uchun foizlarni to’lash, 
alohida ssuda hisob raqami bo’yicha kreditlashga o’xshash bo’lgan umumiy tartibda 
amalga  oshiriladi.  Bunda  kredit  oluvchining  asosiy  faoliyat  bilan  bog’liq  bo’lgan 
tovar-moddiy  boyliklarini  sotib  olish  uchun,  bajarilgan  ishlar  va  ko’rsatilgan 
xizmatlar uchun pul-hisob-kitob hujjatlari to’lovga qabul qilinadi.  
Qimmatli  qog’ozlarni  garovga  qo’yish  asosida  kredit  shartnomasi  tuzilganidan 
keyin,  bank  emitentga,  uning  qimmatli  qog’ozlarini  garovga  qo’yish  to’g’risidagi 
bitim  amalga  oshirilganligi  va  qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha  daromadlar  o’tkazilishi 


  
                 
 
                                                                          25 
 
lozim  bo’lgan  depozit  hisob  raqami  to’g’risida  xabar  qiladi.Lombardli  kreditda 
garovga  qo’yilgan  qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha  olinadigan  daromadlar,  kredit 
oluvchining  muddatsiz  depozit  hisob  raqamiga  (depozit  shartnomasini 
rasmiylashtirmagan holda) kirim qilinadi va birinchi navbatda ularni saqlash bo’yicha 
harajatlarni  qoplashga  shuningdek,  kreditdan  foydalanganlik  uchun  foizlarni 
to’lashga sarflanadi.   
Bank  kreditlash  jarayonida  teleks,  kompyuter  va  boshqa  aloqa  vositalari 
yordamida  garovga  qo’yilgan  qimmatli  qog’ozlarning  birjadagi  kotirovka  kurslarini 
o’zgarishlariga  doir  axborotlarni  yig’ib  boradi.  Agar  kreditlash  davomida  fond 
birjasida bo’lib o’tgan savdolar natijasida garovga qo’yilgan qimmatli qog’ozlarning 
qiymati pasayib ketsa, u holda ana shu miqdordagi summaga kredit komissiyasining 
qarori  bilan  qo’shimcha  ta’minotni  taqdim  etilishi    talab  qilinishi  yoki  kreditning 
ta’minlanmagan qismi muddatidan oldin undirilishi mumkin. 
Kredit  oluvchiga,  garovga  qo’yilgan  qimmatli  qog’ozlar  va  ular  bo’yicha 
olingan  daromadlar,  lombardli  kredit  bo’yicha  barcha  majburiyatlar  to’liq 
bajarilganidan  keyingina  qaytariladi.  Lombardli  kredit  bo’yicha  majburiyatlar 
belgilangan  muddatda  bajarilmagan  taqdirda,  bank  imtiyozli  oy  o’tishi  bilan  garov 
xaqidagi  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  o’zining  garovga  doir  xuquqini 
amalga oshiradi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish