2. Integratsiyalashgan o‘sish strategiyasi.
Har yili ilgariga qara-ganda
ma'lum darajada o‘sish bilan tavsiflanadi va amalga oshiriladi. Integratsiyalashgan
o‘sish strategiyasini o‘z firmasini har tomonlama rivojlantirish uchun stagnatsiya
holatidagi bozorlarni tark etish maqsadidagi rahbarlar qo‘llab – quvvatlaydilar.
O‘sish tashqi va ichki bo‘lishi, masalan ichki o‘sish tovarlar assortimentini
ko‘paytirish yuli bilan tashqi o‘sish esa bir tarmoq gorizontal va vertikal o‘sish
shaklida bo‘lishi, boshqa firmani birlashishi va boshqa ko‘rinishlarda amalga oshishi
mumkin.
3. Diversifikatsiyalangan o‘sish stategiyasi
. Agar firmalar faoliyat
yuritayotgan tarmoqda, bozorda o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bilan rivojlana
olmasa, bu strategiyani amalga oshirishi mumkin.
Ushbu strategiyani tanlashning asosiy omillari quyidagilarga olib keladi:
- bozorlar ushbu mahsulot bo‘yicha to‘yingan yoki mahsulotning hayotiylik
sikli tugashi natijasida unga bo‘lgan talab tezlik bilan qisqaradi;
- firmaning bo‘sh pul mablag‘lari foydaliroq bo‘lishi mumkin;
- yangi biznes amaldagi faoliyatga nisbatan strategik samara berishi mumkin,
masalan, ishlab chiqarish apparatining yaxshiroq kooperatsiyalashuvi hisobiga;
- firmalar o‘zi faoliyat yuritayotgan biznesni kengaytirish uchun antimonopol
qonunlar mavjud;
- soliqlarni qisqartirish;
- jahon bozoriga chiqishni kengaytirish;
- kadrlar potensialidan unumli foydalanish.
4. Qisqartirish strategiyasi.
Ushbu strategiyaga firmalar pasayish davrida,
ma'lum o‘sish davridan keyin qayta tarkibiy tuzish yoki samaradorlikni oshirish
zarurati bilan bog‘liq holda, murojat etadi. Bu holda ishlab chiqarishni maqsadli va
rejali qisqartirish zarurati paydo bo‘ldi. Bunday siyosatni amalga oshirish firma
uchun og‘riqsiz kechmaydi, lekin hodisalar yuz berganda biznesni saqlab qolish,
rivojlantirishning yagona yo‘li ushbu strategiyadir.
Strategiyada qarorlar, rejalar, farmoyishlar shaklida namoyon bo‘ladi. Uni
hayotga tadbiq qilishda esa boshqarishning barcha bo‘g‘inlari ishtirok etishadi.
Korxonada strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqich-larni o‘z ichiga oladi:
- vazifalarni aniqlab olish;
- yangi mahsulotni yaratish va o‘zlashtirish texnologiyasi joriy etish
rejasini tuzish;
- SWOT tahlilni amalga oshirish;
- qabul qilingan yechimlarni baholash;
- asosiy strategik yechimni tanlab olish.
Strategiyalarni amalga oshirish usullar marketing faoliyatini amalga oshirishga
shakllanadigan mavjud munosabatlardan ob'ektiv sur'atda kelib chiqadi.
Strategiyalarni amalga oshirish usul va uslubiyatlarini iqtisodiy, tashkiliy
(ma'muriy), ijtimoiy – ruhiy psixologik usullarga bo‘lishga imkon beradi.
Strategiyalarni amalga oshirish usullarini, ularda aks etadigan iqtisodiy va boshqa
munosabatlari turlariga qarab turkumlash bilan bir qatorda, bu usullarda
hodimlarning faoliyat sabablarini hisobga olib turib, ularga ta'sir ko‘rsatish nuqtai
nazaridan ham farq qilish mumkin. Ular quyidagilardir:
har bir xodimning huquqi va burchlaridan kelib chiqadigan faoliyat
sabablari (majburiy motivatsiya);
moddiy manfaatlardan kelib chiqadigan sabablar;
ma'naviy (ruhiy) sabablar.
Shunga muvofiq strategiyalarni amalga oshirish usullari ham quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
bevosita direktiv usullar;
xodimlar va jamoani moddiy rag‘batlantirishga asoslangan usullar;
mehnatni ma'naviy (ruhiy) rag‘batlantirishdan foydalanishni ko‘zda
tutuvchi usullar.
Strategiyalarni amalga oshirish usullari – hozirgi ob'ektiv qonunlar-dan
foydalanish mexanizmi tizimidagi eng muhim qismidir.
Strategiyalarni amalga oshirishning iqtisodiy usullarini ikki asosiy turga:
direktiv reja topshiriqlari va turli tuman iqtisodiy omillarga bo‘lish mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1.Raqobat strategiyasini ishlab chiqishda klassik yondashuv?
2.Raqobat strategiyasining "g‘ildiragi"?
3.Raobatbardosh korxona strategiyasi?
4.Strategik ustunlikning asosiy variantlari?
5.Strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish shartlari?
6.Xarajatlarni boshqarishning strategik modeli?
7.Korxonaning roliga asoslangan strategiyalar?
8.Korxonaning raqobatbardosh holatining turlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |