Mavzu: Korxonani tashkil etishning xuquqiy asoslari va tamoyillari. Reja: Kirish



Download 16,86 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi16,86 Kb.
#790441
  1   2
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti AminovOlloshkur



Mavzu:Korxonani tashkil etishning xuquqiy asoslari va tamoyillari.
Reja:
Kirish.

  1. Korxonani tashkil etish tamoyillari, tartib-qoidalari va uning faoliyatini yuritish.

  2. Korxonalar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari.

  3. Korxonani ro’yhatga olish xujjatlari va boshqarishni amalga oshirishdagi vazifalar.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
O’zbekiston Respublikasining ―Korxonalar to’g’risidagi qonuniga asosan,korxonalar mulk egasi(egalari) yoki (ular)tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoai yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi.bekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam ravishda oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsad va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratadi.Milliy iqtisodiyotimizni rivojlanishida korxonaning o’rni va zarurligi kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo’jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik,izlanishlarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar berilmoqda.


1.Korxonani tashkil etish tamoyillari, tartib-qoidalari va uning faoliyatini tugatish O’zbekiston Respublikasining qonunchiliga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoa yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi.Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:

  • iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;

  • ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;

  • ishlab chiqarishga mavjud qo’shimcha resurslarni jalb qilish;

  • fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;

  • yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;

  • ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.

Yangi korxona tashkil qilishdan asosiy maqsadlar belgilangandan keyin ta’sis hujjatlari tuziladi. Ta’sis hujjatlarni tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Ta’sis hujjatlar faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxona mulkini shakllantirish manbalari:
1) Muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari;
2) Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar;
3) Qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar;
4) Banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;
5) Byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar;
6) Korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari, shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk;
7) Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga bironbir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham,  yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin. Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi;

  • korxona muassislarini tanlash;

  • taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish;

  • korxona nizom jamg’armasi tuzish uchun moliya manbalari aniqlash;

  • korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;

  • davlat ro’yxatidan o’tish;

  • muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;

  • soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish. Korxonani barpo etilishi o’ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo’ladi. 

Korxonani tuzilish uni yaratish to’g’risida tug’ilgan g’oyani asoslashdan boshlanadi  va quyidagi ketma ketlikda keltirilgan ishlar bajariladi: 

  1. korxonani ta’sis etuvchilari aniqlanadi, ularni shartnomasi tuziladi; 

  2. ishlab chiqaradigan mahsulot yoki xizmat turini belgilash; 

  3. korxonaning moliyaviy resurslari manbalarini aniqlash; 

  4. korxonaning ustav va nizomini rasmiylashtirish; 

  5. korxonani biznes-rejasini ishlab chiqish; 

  6. korxona muhiri, shtampi va boshqa rekvizitlarini tayyorlash; 

  7. korxonani soliq organidan ro’yxatdan o’tkazish; 

  8. bankda hisob raqamini ochish, bank bilan shartnoma tuzish; 

  9. korxonalar ajratmalar o’tkazish majbur bo’lgan, Respublikada mavjud maqsadli jamg’armalarda hisobga qo’yilishi; 

10.korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish va ro’yxatdan o’tganlik to’g’risida hujjat olish.
2. Davlat idoralari va o‘zga idoralar va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga ko‘rsatma berishlari mumkin. Davlat idoralari yoki o‘zga idoralar o‘z vakolatlariga yoki qonun talablariga mos kelmaydigan hujjatni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas, deb e’tirof etish to‘g‘risida ariza bilan sud yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir. Korxona huquqni buzgan davlat idorasi yoki o‘zga idora yoxud ularning mansabdor shaxslari ko‘rsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan burchlarini tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan to‘lanishi kerak. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolarni xo‘jalik sudi o‘z vakolatlariga muvofiq holda hal qiladi. Korxona huquqni buzgan davlat idorasi yoki o‘zga idora yoxud ularning mansabdor shaxslari ko‘rsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan burchlarini tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan to‘lanishi kerak. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolarni xo‘jalik sudi o‘z vakolatlariga muvofiq holda hal qiladi.
Raqobatchining obro‘sini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, ishlab chiqarish kvotalari, sotish va ta’minot bozorlarini bo‘lib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar o‘rtasida monopol narx-navoni ushlab turish haqidagi har qanday til biriktirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda korxona monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi.Davlat qonun asosida, huquqni himoya qiluvchi va moliya organlari orqali raqobat qilish erkinligini ta’minlaydi, iste’molchilarni ularning huquqlari kamsitilishidan, xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasida monopolizm ko‘rinishlaridan muhofaza qiladi.


Download 16,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish